Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Ijtimoiy ish sohasida faoliyat olib boruvchi agentlik, muassasa va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda ijtimoiy ish xodimi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə100/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   193
Ijtimoiy ish sohasida faoliyat olib boruvchi agentlik, muassasa va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda ijtimoiy ish xodimi quyidagilarga amal qilish lozimligi ko‘rsatilgan:
1. Ijtimoiy siyosat, ijtimoiy ish uslublari va amaliyoti doirasida mijozlarga sifatli yordam ko‘rsatish va ijtimoiy ishni kasbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan agentlik, muassasa va tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikda ishlash;
2. Agentlik, muassasa yoki tashkilotning nizomdagi maqsadlari va vazifa-lariga to‘la mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish. Ijtimoiy ishning eng yuksak stan-dartlariga erishish maqsadida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatni, uning uslubiyoti va amaliyotini ishlab chiqishga o‘z hissasini qo‘shish;
3. Mijoz taqdiriga to‘la mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish; ijtimoiy siyosatga, uning uslubiyoti va amaliyotiga zarur o‘zgarishlarni tegishli agentliklar va tashkilotlar orqali kiritish. Bunda barcha imkoniyatlardan foydalanish, biroq o‘zgartirishlarni kiritishning imkoni bo‘lmasa, holat yuzasidan yuqori tashkilotlarga yoki manfaatdor keng jamoatchilikka yetkazish;
4. Mijozga to‘g‘risidagi yoki jamoaga tegishli ijtimoiy ish samaradorligi to‘g‘risidagi axborotni mijozlarga, agentlik va tashkilotlarga yetkazish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni davriy tahlil qilib borish, shuning-dek, shaxsiy faoliyat davomida kuzatiladigan axborotlarni tahlil qilish orqali kasbiy hisobotlar tayyorlash va taqdim qilish;
5. Ijtimoiy ish axloqiy tamoyillariga mos kelmaydigan harakat, protsedura va amaliyotiga zid bo‘lgan xatti-harakatlarni qilmaslik belgilangan.
Ijtimoiy ish xodimi o‘z hamkasblar bilan o‘zaro munosabatlarda quyi-dagi standartlar amal qilishi lozimiligi ko‘rsatilgan:
1. Hamkasblaringiz va boshqa mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va amaliy faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, ularga ijtimoiy ish samaradorligiga erishishlarida qo‘lingizdan kelgan yordamni bering;
2. Hamkasblaringiz va boshqa mutaxassislarning turlicha fikrlari va amaliy yondashuvlariga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, tegishli instansiyalarda tanqidiy mulohazalaringizni to‘la mas’uliyat bilan bayon qiling;
3. Hamkasblaringizga, boshqa mutaxassislar va ko‘ngillilar orasida bir-birlarini o‘zaro mukammallashtirish va o‘zlarini namoyon qilish maqsadida bajarayotgan ishlarida ko‘maklashing. Shuningdek, bilim va ko‘nikmalarni boyitishga, masalaning ijobiy yechimiga doir bo‘lgan g‘oyalarini targ‘ib etishda ko‘maklashing;
4. Mijozlar manfaatlari yoki axloq normalari buzilishi to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotlarni tegishli idoralarga yetkazing;
5. Hamkasblaringizni adolatsiz xurujlardan himoya qiling.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin