Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


III BO‘LIM. IJTIMOIY ISHDAGI KASBIY-ETIK QADRIYATLARNING AMALIY AHAMIYATI



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə3/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
III BO‘LIM. IJTIMOIY ISHDAGI KASBIY-ETIK QADRIYATLARNING AMALIY AHAMIYATI.............................................................................................

343


12-bob

Turli mijoz va guruhlar bilan ijtimoiy ish olib borish amaliyoti etik masalalari…….…

343

13-bob

Bolalarga qaratilgan ijtimoiy ishning etik tamoyillari...................................................

364

14-bob

Oila bilan ishlashning axloqiy tamoyillari.....................................................................

396


KIRISH

Har bir kasb o‘zining rivojlanish tarixiga ega bo‘lib, jamiyatda ifodalangan muammoning yechimini topishi natijasida yuzaga keladi hamda insonning umumiy va xususiy tayyorgarliklari hamda aniq harakatlarni amalga oshirish uchun o‘zlashtirilgan bilim va orttirilgan tajribalari natijasida egallagan amaliy ko‘nikmalarining yig‘indisi hisoblanadi. Bu jarayonda bajariladigan har bir harakat o‘z mazmuniga ega bo‘lib, ijtimoiy muammoni bartaraf etishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jumladan, tug‘ma nogironligi, orttirilgan nogironligi, kasbiy nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli ijtimoiy xizmat olishga ehtiyojmandlarga yordam berish nafaqat tuzilishi balki maqsadi va xizmat ko‘rsatish tarzi bilan ham ajralib turadi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida turli xil nizoli vaziyatlar, inqirozlar, hissiy muammolar, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, giyohvandlik, majruhlik, ishsizlik, nogironlik, nochorlik, tobelik, darbadarlik va hokazolarda amaliy yordam berish uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mutaxassislari faoliyat yuritadi. Madaniy-tarixiy yondashuv asosida ta’kidlash lozimki, har bir kasb jamiyatda ifodalangan muammoning yechimini amaliy jihatdan hal etish natijasida yuzaga kelgan. Ijtimoiy ish insonga jismoniy, ma’naviy va psixologik ko‘maklashishda bilim va tajriba orttirib, uni amaliyotda qo‘llash natijasida institutsonallashdi va bugungi kunda tarmoqlashuv jarayoni ham kechmoqda. Bu jarayonda bajariladigan har bir harakat o‘z mazmuniga ega bo‘lib, ijtimoiy muammoni bartaraf etishga yo‘naltirilgandir. Oxir-oqibatda ijtimoiy ish ijtimoiy xohish-irodaga aylanib fenomenlashmoqda va natijada ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlarini o‘rganishga nisbatan bo‘lgan talab kuchayib bormoqda. Ayniqsa, 2020-yilda dunyoda ro‘y bergan COVID-19 pandemiyasi1 davrida insoniyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solish xavfi-ning kengayishi natijasida ijtimoiy ish va xizmat ko‘rsatishga nisbatan talabning yanada oshishiga sabab bo‘ldi. Shu boisdan ham inson hayoti va faoliyatiga, jamoa a’zolarining jismoniy, ma’naviy va psixologik salomatligiga ta’sirini tushuntirib berishga, shaxsiy va kasbiy vazifalarni bajarish uchun faol harakatlarni amalga oshirishga, inson kamolotini ta’minlashda “Inson – Tabiat – Noosfera” orasidagi munosabatlarni ziddiyatsiz kechishini ta’minlashga doir bilimlarni yetkazishga, turli shakl va ko‘rinishdagi xavf va tahdidlar inson, jamiyat va davlat darajasida namoyon bo‘lganda, maqbul harakatlarni amalga oshirish texnikasini o‘rgatishga nisbatan talablarning oshganligini nazarga olgan holda tayyorlanayotgan ijtimoiy ish mutaxassis kadrlariga chuqur bilim berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish yanada dolzarblashdi.


O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida: “Ijtimoiy xizmatlar shaxsning turmushi sifatini oshirishga, unga jamiyat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng bo‘lgan imkoniyatlarini yaratishga va o‘zining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga, xizmatga muhtoj shaxslarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’limga oid, tibbiy, reabilitatsiya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar majmuyi”ligi2 belgilangan bo‘lib, bunda ijtimoiy ishning huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’limga oid, tibbiy, reabilitatsiya chora-tadbirlari majmuyidan tarkib topgan va kasbiy faoliyat sifatida bir qancha sohalarga daxldorligi ko‘rsatib o‘tilgan. Hozirgi davrga kelib ijtimoiy ish kasb sifatida jamiyat hayotida amaliy ahamiyat kasb etib, uni bir qator tarmoqlari, aniqrog‘i, yordam ko‘rsatish sohalari vujudga kelganligini ta’kidlash joiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-sonli qabul qilingan Farmonida “aholining imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan guruhlari huquqlarini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining “hech kimni orqada qoldirmaslik” tamoyiliga muvofiq himoya qilishni ta’minlash, davlat va jamiyatning alohida himoyasiga muhtoj bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish; keksa odamlarning ijtimoiy integratsiyasi, bolalar, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va migrantlar huquqlarini himoya qilish sohalarida huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish; oila institutini, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish, oilada zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa jihatlardan qo‘llab-quvvatlash darajasini oshirish”3 kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilanganki, bu esa aholiga xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish va ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlariga amal qilish uchun muhim institutsional asos sifatida xizmat qilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O‘zbekiston shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o‘zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi”4.
Shuningdek, so‘nggi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O‘zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilindi. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi5 qonunning qayta tahrir etilib, 2020-yil 23-sentabrda qabul qilinishi ta’lim sohasida yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet va o‘quv markazlari tashkil qilishga ruhsat etildi. Shuningdek, o‘qituvchilarga mualliflik dasturi va o‘qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o‘qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi6”.
Mazkur o‘quv qo‘llanma ijtimoiy ishdan ko‘zlangan maqsad, ya’ni muhtoj insonlar iqtidori va ko‘nikmalarini rag‘batlantirib, ularning ijtimoiylashuvi muvozanatini ta’minlash uchun maishiy, ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, tibbiy, psixologik, jismoniy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatishni e’tiborga olgan holda, shuningdek, ijtimoiy ish faoliyat sifatida ijtimoiy siyosat amaliyotini ta’minlovchi, rejalashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, shakllantiruvchi va tatbiq etuvchi vositasi ekanligi nazarda tutilib, jamiyatdagi ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ilmiy-bilish va amaliy-tashkiliy kabi qismlari harakatini ta’minlash nuqtayi nazaridan ishlab chiqildi va undan ijtimoiy ish sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan bakalavr yo‘nalishii talabalari, magistratura mutaxassisliklari, malaka oshirish tinglovchilari, ilmiy izlanuvchi va tadqiqotchilar hamda sohaga qiziquvchi barcha kishilar uchun mo‘ljallangan.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin