Nazorat uchun savollar: 1. Axloq tushunchasi qachon paydo bo‘lgan?
2. Ijtimoiy ish sohasida axloq tushunchasining tutgan o‘rnini qanday baho-laysiz?
3. Yunon mutafakkirlari axloqiy qarashlarining o‘ziga xos xususiyatlari nima-lardan iborat?
4. Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarida axloq tushunchasining asoslan-ganligini qanday baholaysiz?
Mavzu bo‘yicha test savollari: 1. Ma’naviy fazilatlarning inson hayoti va faoliyatidagi o‘rni masalasi Sharq mutafakkirlari ijodida o‘ziga xos tarzda talqin etilgan. Qaysi Sharq mutafakkiri insonda va jamiyatda fazilatni hamma narsadan yuqori qo‘yadi va uni asosan axloqiy kategoriyalar bilan bog‘laydi? A. Konfutsiy
B. Abu Nasr Farobiy
C. Ibn Sino
D. Alisher Navoiy
2. Men-TSzi insonda ezgulik nechta fazilat orqali amalga oshishini ta’kidlab, ularning asosini bilim tashkil qiladi deb hisoblaydi? A. 4 B. 5
C. 3 D. 2
3. Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida shahar hokimi oqil bo‘lib, u tabiatan nechta xislat – fazilatni o‘zida birlashtirgan bo‘lishi zarurligini ta’kidlab o‘tgan? A. 12 B. 10
C. 8 D. 6
4. “Ma’naviy fazilatlar tabaqaga qarab, ya’ni faylasufda donishmandlik fazilati, hunarmandda mo‘tadillik, jangchida esa qahramonlik va botirlik namoyon bo‘ladi” –degan fikr muallifini ko‘rsating. A. Platon
B. Konfutsiy
C. Forobiy
D. Suqrot
5. Ijtimoiy ish xodimlarning muhim kasbiy sifatlarini o‘rgangan olimni ko‘rsating. A. A.Kalyujniy
B. Meri Richmond
C. Grem Teylor
D. Jeyn Adams
6. Ma’naviy fazilatlar nimalar bilan bog‘liq? A. Barcha javoblar to‘g‘ri
B. insonning ma’naviy qiyofasi
C. ijtimoiy hayot
D. ong va munosabatlar
7. Alisher Navoiyning qaysi asarida komil insonga xos xususiyatlar, ularning sharqona fazilatlari kabi sifatlar keltirib o‘tilgan? A. “Nasoyim ul-muhabbat”
B. “Xamsa”
C. “Lison ut-tayr”
D. “Mahbub ul-qulub”