II BOB voleybol bilan shug’ullanuvchilarning organizmi
1.1 voleybol sport turing organizmga ta’siri
Ma‟lumki, harakat (yuklama) hajmi va shiddati inson salomatligi, uning jismoniy va funksional shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Lekin barcha harakat turlari, jumladan sport to„garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi hamda shiddati shug„ullanuvchining funksional imkoniyatlariga mos kelishi yoki xiyolgina yuqori bo„lishi lozim. Chunki biologiya fanida azaldan o„z isbotini topgan qonuniyatlarga ko„ra, ontogenetik taraqqiyotning muayyan bosqichlarida bajariladigan kundalik jismoniy yuklamaning (nagruzka) yalpi ta’sir «kuchi» organizmning funksional imkoniyatlaridan doimo yuqori bo„lsa, shu organizmda (organlar, mushaklar, tomirlar, hujayralar, to„qimalar, yurak, o’pka, taloq, jigar va h.k.) zo’riqish yoki tez toliqish
alomatlari paydo bo’ladi. Bunday salbiy «izlar» odamning, ayniqsa bolaning odatiy funksional faoliyatini izdan chiqaradi, kayfiyatni tushiradi, uyquni buzadi, pirovardida ish qobiliyatini susaytiradi va uni to’liq tiklanishiga to„sqinlik qiladi. Agar shunday yuklamalar ustunligi bola faoliyatida surunkali qaytarilib tursa, organizmning nafaqat normal o„sishiga ta‟sir etishi mumkin, balki ushbu yuklamalar ustunligi turli funksional «obyekt»larda lokal yoki global patologik asoratlar paydo bo„lishiga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Aksincha, kundalik yoki yalpi yuklamalar, shu jumladan jismoniy tarbiya darslari va trenirovka mashg„ulotlariga oid yuklamalarni bolalarning yoshi, jinsi, jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab «to„lqinsimon» prinsipda oshira borish darkor. Demak, bolalar sportiga oid mashg„ulotlarni tashkil qilishda pedagogik va tibbiy nazoratga asoslanish sog„lom, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining ajralmas qismidir.
Shunday ekan, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlar (jismoniy tarbiya darsi, trenirovka mashg„uloti, sport musobaqalari) mazmunini maqsadli rejalashtirish va boshqarish har bir mutaxassis (o„qituvchi, murabbiy, tashkilotchi, uslubchi, yo’riqchi) va rahbar shaxsga katta mag’uliyat yuklashi, ular jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik va sport masalalariga oid bilimlarni o’zlashtirishlari, muvofiq kasbiy-pedagogik malaka va ko’nikmalarni puxta egallashlari zarurligi isbot talab qilmaydi.
mashg’ulot yuklamalari hajmi va
Alohida e’tibor qaratish muhimki, bolalar sportini samarali tashkil qilish, ko„p yillik sport trenirovkasi jarayonida shug„ullanuvchilar sog„ligi va ularning sport mahoratini shakllantira borish ustuvor jihatdan jismoniy tayyorgarlik ko„rsatkichlariga bog„liqdir.
Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kabi sifatlar ilmiy obyekt sifatida azaldan ko„pdan-ko„p tadqiqotchi olimlar diqqatini jalb qilib kelgan. Ularning tadqiqotlarida jismoniy sifatlarning mohiyati, mazmuni, ularni jismoniy tarbiya va sport hamda boshqa jarayonlardagi ahamiyati va rivojlantirish muammolari atroflicha yoritilgan. Ushbu muammolarni turli yoshdagi o„quvchi yoshlar va bolalar sporti misolida o’rganishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari ham talaygina ilmiy nashrlarda o’z ifodasini topgan.
Ta’kidlash joizki, jismoniy tarbiya va sport turlari nazariyasi va uslubiyati bo„yicha nashr etilgan darslik hamda qo„llanmalarda jismoniy tayyorgarlik tushunchasi – bu muayyan kasbiy faoliyat yoki sport turida ma‟lum jarayon samaradorligini belgilab berish darajasida shakllangan tayyorgarlik – ish qobiliyati, harakat sifatlari, malakalari va ko„nikmalarining integral ifodasini anglatadi. Sport amaliyotida (kasbiy amaliyotda ham) jismoniy tayyorgarlik, odatda, ikki bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lgan – umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik turlariga bo’linadi Hayot davomida inson sog’ligi, uning aqliy va jismoniy faolligi, ko’p yillik sport trenirovkasi davomida sport mahoratining shakllana borishi ustuvor jihatdan shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni va darajasi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarida qo„yiladigan asosiy maqsad – sog’liqni mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga erishish avvalambor yoshlikdan boshlab umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratadi. Aksariyat olimlarning ta’kidlashicha, muayyan sport turi bo„yicha muntazam o„tkazib boriladigan hamda hajm, shiddat va mazmun jihatdan to’g’ri tashkil qilingan mashg„ulotlar bolalar va o’smirlar organizmiga ijobiy ta‟sir ko„rsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslangan va tor doirada ixtisoslashtirilgan mashg’ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. Binobarin, dastlabki o„rgatish bosqichida jismoniy va texnik-taktik mashqlar nisbatini to’g’ri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
2.2 Yosh sportchilarni iste’dodilarini aniqlash
Voleybol bo‘yicha maxsus - ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar 10-12 yoshdan boshlab o‘tkaziladi. Lekin “chuqur” ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik jarayonigacha yosh sportchilar har tomonlama jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikka ega boiishlari maqsadga muvofiq 15-16 yoshga toigan o‘smirlar bilan ishlashda universalizatsiya prinsipi ustun turadi. 17-18 yoshda - o‘quv-trenirovka jarayoni individuallashgan yo‘nalishda boiadi. 0 ‘yinchilarni mahorat-iste’dodi doirasida ulami egallagan o'yin funksiyalari yanada chuqur ixtisoslashtirilib, shakllantirilib boriladi. Voleybol - sport turi sifatida insonni har tomonlama jismoniy jihatdan rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, zamonaviy voleybol o’z xususiyati, mohiyati, mazmuni bilan kishi organizmiga kata talablar quyadi. Voleybol bo'yicha muntazam trenirovka qilish barcha jismoniy, texnik, taktik, psixo-ftmksional sifatlarni takomillashtiradi. Voleybolga xos turli yo‘nalishda va tezlikda uzoq vaqt davomida (1,5-2 soatgacha) ijro etiladigan texnik va taktik malakalar shug'ullanuvchini umumiy va maxsus chidamkorligini shakllantirib boradi. 0 ‘yinda ijro etiladigan yakka, guruh va jamoa harakatlari o‘zaro qo‘llab-quwatlash, o'zaro yordam hamjihatlik xislatlarini namoyon qiladi.
Maxsus mashqlar ikki guruhga bo‘linadi: tayyorgarlik mashqlari; yaqinlashtiruvchi mashqlar. Tayyorgarlik mashqlaridan asosan maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalashda foydalaniladi. Yaqinlashtiruvchi mashqlardan aniq texnik harakatlarni egallashga qaratilgan jarayonda foydalaniladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlardan asosiy jismoniy sifatlarni tarbiyalashda va zarur jismoniy harakat ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishda foydalaniladi. Barcha mashqlar o‘zining yo‘nalishiga qarab trenirovkalarning tarkibiy qismiga kiritiladi. Bu tayyorgarliklar quyidagilardir: umumiy jismoniy; maxsus jismoniy; texnik; taktik; integral (yaxlit o‘yin). Har bir tayyorgarlik turlarining o‘ziga xos yetakchi vositalari mavjud bo‘lib, ular yordamida mos vazifalar yechiladi. Shu bilan birga bir tayyorgarlik turiga oid bo'lgan mashqlar boshqa tayyorgarlik turidagi mashqlar bilan yaqindan bog‘langan boTadi. Masalan, shug‘ullanuvchida tezkor-kuch sifati zarur darajada rivojlanmagan bo‘lsa, u hujum zarbasi berish texnikasini bajara oimaydi. Bu holda tezkor-kuch sifatini rivojlantirishga oid mashqlar ni berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki hujum zarbasini berishning takrorlash hajmini oshirish bu holda samara bermaydi. Uslublami tanlash qo‘yilgan vazifa, shug‘ullanuvchilaming tayyorgarlik darajasi, aniq shart-sharoitiarga bog‘liq holda tanlanadi va amalga oshiriladi.
Sport trenirovkasi quyidagi qonuniyatlar asosida olib boriladi: “Yuqori natijalarga yo‘naltirish”, “Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini ta’minlash”, “Trenirovka mashg‘ulotlarining uzluksizligi”, “Nagruzkani asta-sekin va maksimal tarzda oshirish”, “Nagruzkani toiqinsimon tarzda qoilash (o‘zgartira borish)”, “Trenirovka jarayonini qaytalanish (sikl) asosida tashkil qiladi
2.3 Fikrlash qobiliyatini oshirish
Taktik mahoratni samarali o‘ziashtirish imlconiyati jismoniy, taktik va psixofunksion tayyorgarlikning shakllanganlik darajasiga bog‘liqdir. Taktika - bu shakllangan jismoniy sifatlar va texnik mahoratni unumli qo‘llash asosida foydali natija yoki g‘alabaga erishish tushunchasini anglatadi. Demak, taktik harakat samaradorligi qator omillarga asoslanadi Voleybolchiga xos ushbu psixologik xislatlar mashg‘ulotlar davomida o‘z holicha ham shakllanishi mumkin. Masalan, shug‘ullanuvchilarda jismoniy va funksional imkoniyatlar hamda texnik-taktik mahorat shakllangan sari, jamoa tarkibida mashg‘ ulot va musobaqalarda o‘yin tajribasi ortgan sari ularda iroda, oraliq-vaqtni his qilish, ko‘rish doirasi, to‘pni yo‘nalishi, tezligi, baland-pastligini oldindan bashorat qilish, vaziyatga mos va raqib taktikasi qarama-qarshi foydali taktikani tanlash xislatlari sayqal topib boradi. Ma’lumki, har bir sportchi musobaqalarda ancha barvaqt vamusobaqa oldi vaziyatlarda mahorati va tajribasidan qat’i nazar turli xil psixologik holatlar (lixoradka-talvasaga tushish, apatiya - tushkunlikka tushish, jangovor holat, hayajonlanish va h.k.)ga duchor boiadi. Agar o‘yinchi va jamoa uchun bo‘lajak raqibning o‘yin va psixologik modeli (jismoniy, fimksional, texnik-taktik, psixologik imkoniyatlar) yaxshi, batafsil tanish bo‘lmasa, salbiy psixologik hissiyotlar kuchayishi, hatto o‘z-o£zini boshqaraolmaslikkaolib kelishi mumkin. Shuning uchun musobaqaoldi mashg‘ulotlarda bo‘lajak raqibning barcha imkoniyatlari, shu jumladan uning psixologik imkoniyatlari puxta o‘rganiladi. Bunda videofilmlar, “sport razvedkasi” taqdim etgan ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlardan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |