Tezkor va tezkor-kuch chidamkorligi Bu maydoncha bo‘ylab harakatlanish va î‘yin malakalarini katta tezlikda ko‘p marta samarali ijro etish imkoniyatini anglatadi. Ushbu sifatlarni rivojlantirish yuqori tezlikda ijro etiladigan maxsus mashqlami ko‘p martalab qaytarish yordamida amalga oshiriladi. Bu sifatlarni rivojlantirishda o‘ta charchash yoki zo'riqish hoilarini oldini olish uchun katta tezlik bilan ijro etilayotgan mashqlar (yoki mashqlar majmuasi)ning bir marta qaytarilishi 20-30 s bo‘lishi, mashqlami ijro etish oralig‘i (dam olish) 1-3 daqiqa, qaytarilish soni esa 4-10 martaga teng boiishi maqsadga muvofiqdir.
Namunaviy mashqlar:
- “mokkisimon” yugurish;
- “archasimon” yugurish;
- “yulduzsimon” yugurish;
- maydonchada diagonal yo‘nalish (X)da yugurish;
- shu mashqlarni og'irlik moslamalar bilan bajarish;
- 2, 3, 4-zonalarda to‘siq qo‘yish taqlidi;
- 2, 3 ,4-zonalarda zarba berish taqlidi;
- turli zonalarda to‘pni yiqilib “olish” taqlidi va hokazo.
Sakrash chidamkorligi Zamonaviy voleybolda deyarli barcha o‘yin malakalari (to‘p kiritish, qabul qilish va uzatish, zarba berish va to‘siq qo‘yish) aksariyat hollarda sakrab ijro etiladi. Demak, bir uchrashuv (o‘yin) davomida sakrab o'yin malakasini ijro etish juda ko‘p marta qaytariladi. Shuning uchun bu sifat aslida tezkor-kuch sifatini ifoda etsa-da, uni rivojlantirishga va bu sifatni tarbiyalovchi mashqlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir,
Namunaviy mashqlar:
- 20 kg shtanga (yoki biror yuk) 1,5 daqiqa o‘tirib turish;
- oyoq va belga joylashtirilgan og‘irlik moslamalari bilan imkoni boricha sakrash;
- 1 daqiqa davomida har 30 s dam olishdan so'ng to‘siq malakasini taqlid qilish (3-5 marta);
- qurbaqacha sakrash estafetasi;
- kengurucha sakrash estafetasi;
- chumchuqcha sakrash estafetasi;
- qopni kiyib sakrash estafetasi;
- trenajyorlarda mashq qilish va hokazo.
Chaqqonlik - bu integral (yig‘ma) sifat bo‘lib o‘z ichiga kuch, tezkorlik, chidamkorlik, egiluvchanlik, sakrovchanlik, qisqa vaqtda vaziyatni farqlab olish va tezkor ravishda to‘g‘ri qarorga kelib, shiddatli harakat qilish sifat hamda qobiliyatlarini qamrab oladi.
Ushbu sifatlarning yuqori saviyada ijro etilishi vestibulyar apparatining funksional imkoniyatlari shakllangan bo‘lishini taqozo etadi.
Namunaviy mashqlar:
- 5 marta oldinga o‘nbaloq (kuvirok) oshish - sakrab zarba berish taqlidi 5 marta orqaga o‘nbaloq oshish - yiqilib to‘pni qabul qilish — taqlidi;
- shu mashq to‘siq qo‘yish va sakrab to‘p uzatish taqlidi bilan bajariladi;
- shu mashq sakrab o‘ng va chap tomonlarga 360° aylanib qo‘nish mashqi bilan ijro etiladi. Bunday o'yinlar partiyalari oraliqlarida qisqa muddat ichida ijro etiladigan maxsus mashqlar qo‘llanilishi mumkin. Namunaviy mashqlar:
- 15 marta o‘ng oyoqda sakrash va mashq tugashi bilan sakrab to‘p uzatish taqlidi;
- 15 marta chap oyoqda sakrash va mashq tugashi bilan sakrab to‘p uzatish taqlidi;
- shu sakrash mashqlari qaytariladi va mashq tugashi bilan to‘pni yiqilib qabul qilish, zarba berish, to‘siq qo‘yish malakalari taqlid qilinadi;
Kup yillik sport mashg‘uloti jarayonining dastlabki tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlar mazmunini rejalashtirish uziga hos xususiyatlariga ega .Aksariyat olimlarning fikriga kura, aynan shu bosqichda tanlangan sport turiga xos harakatli uyinlardan foydalanish jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ham, texnik mahoratlarini shakllantirishda ham juda katta ahamiyatga ega. Buning asosiy sabablaridan biri agar dastlabki tayyorgarlik bosqichida faqat standart mazmunga ega jismoniy yoki ixtisoslikka oid mashqlarga ustunlik berish yosh sportchilar qiziqishini sundirishi mumkin va ularning harakat imkoniyatlarini ochib berishga ojizlik qilishi aniklangan. Bundan tashqari har bir sport turida har bir jismoniy sifatning uziga hos ustivorligi kuzatiladi. Zamonaviy voleybolda samarali o‘yin ko‘rsatish va yuqori natijalarga erishish faqat yaxshi rivojlangan jismoniy sifatlar evaziga amalga oshirilishi mumkin. Bu borada ayniqsa chidamkorlik sifati, jumladan o‘yin chidamkorligi va sakrash chidamkorligi muhim ahamiyatga ega. Olimlarningg fikriga ko‘ra voleybolchilar uchun jismoniy sifatlar ichida eng e’tiborlisi sakrash chidamkorligidir. Ammo, qanday maxsus chidamkorlik bo‘lmasin u faqat umumiy chidamkorlik negizida shakllanishi mumkin. SHuning uchun umumiy chidamkorlikni tezkorlik sifati bilan birga rivojlantirish muammolariga oid ilmiy ma’lumotlarni taxlil qilish maqsadga muvofiqdir. Sport tayyorgarligini shakllantirish samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri barcha jismoniy sifatlarning bir- biriga bog‘lab rivojlantirishga bog‘liqdir. Bu masalada muhim shartlardan biri jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi maqsadga muvofiq test mashqlari yordamida baholanib borilishi lozim. Dastlabki tayyorgarlik guruhida utkaziladigan uquv- mashg‘ulotlarining asosiy yunalishi ularni universallik prinsip asosida tashkil qilishdan iboratdir. Bu mashg‘ulotlarda quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:
-sportchi salomatligini mustahkamlash;
- bolani jismoniy jihatdan tug‘ri taraqqiy ettirish (vazni, tana va
tana qismlarining ulchamlari, upkaning tiriklik sig‘imi);
- hayotiy zarur harakat malakalarini (yurish, chopish, sakrash, tuxtash,
tortilish) shakllantirish;
- jismoniy sifatlarini rivojlantirish;
- maxsus jismoniy sifatlarni ustirish (sakrovchanlik, maxsus
tezkorlik va kuch, maxsus chidamkorlik);
- voleybolda harakatlanish holatlari, tupni uzatish, qabul qilish,
zarba berish va tusiq quyish malakalariga urgatish. Dastlabki tayyorgarlik guruhlarida utkaziladigan har bir mashg‘ulotning davom etish muddati 2 akademik soatdan oshmasligi lozim. Ushbu jadvalda mashg‘ulotlar yunalishi buyicha soatlar hajmi berilgan soatlar taqsimlanmagan Texnik tayyorgarlikni shakllantiruvchi mashqlar esa asosan ixtisoslashtirilgan mashqlardan iborat. Fikrimizcha, texnik malakalarni shakllantirishda voleybolga mos keladigan harakatli o‘yinlardan foydalanish samarali natija beradi. Ayniqsa, shu harakatli uyinlarni uyin malakalari xususiyatiga moslashtirib qullash texnik tayyorgarlik kursatgichlarini yanada tezroq shakllantirishga olib keladi.