Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


I BOB. Yosh avlodni jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarini tarbiyalash



Yüklə 194 Kb.
səhifə3/11
tarix18.04.2023
ölçüsü194 Kb.
#100044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti

I BOB. Yosh avlodni jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarini tarbiyalash.
1.1.Voleybolchilarda texnik kobiliyatlarni shakllantirishda
jismoniy sifatlarning ahamiyati.


Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakalari uziga xos texnik tartibda ijro etiladi. Texnika tushunchasi yunoncha suz bulib, uzbek tiliga ugirilganda tom ma’noda san’at tushunchasini anglatadi. Sport turlariga hos harakat malakasi san’at darajasida ijro etilganda samarali natijaga erishish mumkin. Harakat malakasi sportda, jumladan sport musobaqalarida muayyan maqsadga qaratilgan, yuqori natijaga olib keluvchi harakat vositalari va ularning turli usullarini anglatadi. Ushbu vositalar va ularning bajarilish usullari jismoniy sifatlar evaziga bajariladi. Sport vositalari va ularning turli usullari o‘rgatuvchi hamda takomillashtiruvchi mashqlar yordamida shakllantiriladi. Urgatuvchi va takomillashtiruvchi mashqlar tayyorlovchi, yordamchi, yondoshtiruvchi va asosiy mashqlardan iborat buladi. Har xil sport turlarida asosiy mashqlar uziga xos xususiyat va mazmun asosida ijro etiladi. Qayd etilgan sport mashqlarining xususiyati va mazmunidan qat’iy nazar ularni ijro etish samaradorligi umumiy va maxsus jismoniy sifatlarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq buladi. Jumladan, umumiy va maxsus jismoniy sifatlarning uzaro uzviy bog‘liqligi, ushbu sifatlarni rivojlantirishda shug‘ullanuvchilarning yoshiga, funqsional imkoniyatlariga, tanlangan sport turining uziga xos xususiyatlariga e’tibor berilishi kerak. Ayniqsa, yosh sportchilar mashg‘ulotlarida xajm va shiddat jihatida me’yoridan ortiq yuklamali mashqlarni zurma- zurakay ishlatish hollari uchrab turadi. Jismoniy mashqlar yoki umuman mashg‘ulotlarning samaradorligini aniqlab borish nazardan chetda qolib ketadi. Ma’lumki, inson faoliyati qanday maqsadda yoki qaysi yunalishda ijro etilmasin uning unumdorligi harakat samaradorligi bilan bog‘liqdir. Harakat samaradorligi esa uz navbatida muvofiq jismoniy sifatlar, harakat malakalari, kunikmalari va albatta organizmning funksional imkoniyatlariga asoslanadi Barcha harakat turlari, jumladan sport tugaraklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi shiddati shug‘ullanuvchining funksional imkoniyatlariga mos kelishi yoki ozgina yuqori bulishi mumkin. CHunki, bajariladigan kundalik jismoniy yuklamaning yalpi ta’sir kuchi organizmnin funksional imkoniyatlaridan doimo yuqori bulsa, shu organizmda zuriqish yoki tez charchash alomatlari paydo buladi. Bunday salbiy izlar odamning, ayniqsa bolaning odatiy funksional faoliyatini izdan chiqaradi kayfitini tushiradi, uyquni buzadi, ish qobiliyatini susaytiradi va uni tuliq tiklanishiga tusqinlik qiladi. Agar shunday yuklamalar ustunligi bola faoliyatida surunkali qaytarilib tursa, organizmning turli funksional ob’ektlarda patologik asoratlar paydo bulishiga sababchi bulishi ehtimoldan holi emas. Aksincha, kundalik yoki yalpi mashg‘ulo yuklamalari xajmi va shiddati funksional imkoniyatdan past bulsa jismoniy sifatlarning shakllanishi susayadi, ish qobiliyati kuchaymaydi. Binobarin, kundalik yoki yalpi yuklamalar, shu jumladan: jismoniy tarbiya darslari va mashg‘ulotlariga oid yuklamalarni bolalarning yoshi, jinsi, jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab oshirib borish kerak. Jismoniy tarbiya va sport buyicha utkaziladigan mashg‘ulotlar mazmunini maqsadli rejalashtirish va boshqarish har bir mutaxassis va rahbar shaxsga ko‘p mas’uliyat yuklashi, ular sport masalalariga oid bilimlarini uzlashtirishlari, muvofiq kasbiy – pedagogik malaka va kunikmalarni puxta egallashlari zarurligi talab qilinadi.
Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi sifatlar ilmiy ob’ekt sifatida azaldan tadqiqotchi olimlar diqqatini jalb qilib kelgan. Jismoniy tarbiya va sport turlarinazariyasi va uslubiyati buyicha nashr etilgan darslik va qullanmalarda jismoniy tayyorgarlik tushunchasi - ish qobiliyati, harakat sifatlari, malakalari va kunikmalarining jamlangan ifodasini anglatadi. Jismoniy tayyorgarlik, odatda ikki bir- biriga chambarchas bog‘liq bulgan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik turlariga bulinadi. Hayot davomida inson sog‘ligi uning aqliy va jismoniy faolligi, kup yillik sport trenirovkasi davomida sport mahoratining shakllana borishi ustivor jihatdan shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni va darajasi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida quyiladigan asosiy maqsad sog‘likni mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga erishish, avvalam bor yoshlikdan boshlab umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratadi. Aksariyat olimlarning ta’kidlashicha, muayyan sport turi buyicha muntazam utkazilib boriladigan hamda xajm, shiddat va mazmun jihatdan tug‘ri tashkil qilingan mashg‘ulotlar bolalar va usmirlar organizmiga ijobiy ta’sir kursatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslanmagan va tor doirada ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama rivojlanganlik darajasini anglatadi. Xar bir sport turining o‘ziga xos va mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko‘proq kuch-tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchida chidamkorlik sifati etakchi o‘rinni tutadi yoki uchinchi turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu fikrdan muayyan sport turida ma’lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa chiqmaydi. SHunday ekan, jismoniy tayyorgarlikni belgilovchi harakat sifatlarini dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlab rivojlantirish, keying uquv mashg‘uloti bosqichlarida mazkur sifatlarni tanlangan sport turi xususiyatiga ixtisoslashtirib shakllantira borish bolalar sportini tashkil qilishning muhim shartlaridan biri bulishi lozim. Sport tugaraklarida shug‘ullanuvchi bolalarda qaysi yoshda qanday jismoniy sifatlarni rivojlantirish kerak degan savol to‘g‘iladi.Ilmiy adabiyotlarda bu savol buyicha turlicha fikr va tavsiyalar berilgan. Mualliflarning ma’lumotiga kura, 8-9 yoshli bolalarda tezkor - kuch va chaqqonlik sifatlarining yaxshi rivojlanishi kuzatilsa, tezkorlik va egiluvchanlik qobiliyati biroz susayar ekan. 11-12 yoshli bolalar mashg‘ulotlarida tezkorlik, kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga urg‘u berilishi, 13-14 yoshda- kuproq tezkorlik va chaqqonlik, 14-15 yoshda tezkorlik va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish maqsadga muvofiq deb topilgan. Ma’lumki, mushaklar kuchi suyak va mushak tuqimalarining usishi, tolalarning yo‘g‘onlashishi, bug‘imlarning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Tezkorlik kursatkichlari ham yosh ulg‘ayishi bilan tulqinsimon ravishda usib boradi. YOshdan yoshga harakat reaksiyasi ham qisqarib boradi, harakatning maksimal chastotasi esa ortib boradi.CHaqqonlik va chidomlilik sifatlari 3-4 yoshdan 16-17 yoshgacha 3-4 barobargacha o‘sadi. Egiluvchanlik harakatni katta amplitudada bajara olish qobiliyatini anglatib, ug‘il bolalarda, masalan umurtqa egiluvchanligi, 7-14 yoshgacha, qiz bolalarda 7-12 yoshgacha ortib borishi kuzatiladi, keyin esa egiluvchanlik sifati susaya boshlaydi. Turli bug‘imlarda egiluvchanlik uziga xos kursatgichlarga ega buladi. Lekin, jismoniy va sport mashqlarini tanlash va ularni qullashda mazkur yosh davriga prinsiplar yondoshish ayrim salbiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan holi emas. CHunki, har bir muayyan yosh organizm uziga xos nasliy qobiliyatlariga va hayoti davomida orttirgan jismoniy funksional zahiraga ega buladi. Bolalar sporti doirasida utkaziladigan mashg‘ulotlar davomida jismoniy tayyorgarlikni shakllantirish masalalari har bir sport turi xususiyatiga mos mashqlarni tanlash va ularni uziga xos texnologiyalar asosida qullash zarurligiga e’tibor qaratadi. Ayrim sport uyinlari (futbol, voleybol, gandbol) xususiyatiga xos jismoniy sifatlarni rivojlantirishga muljallangan kupgina mashqlar majmualarini alohida guruhlashtirib qullashni tavsiya etishgan. Jumladan, 1 guruh mashqlari uyin qoidalari doirasida ijro etiladi. 2 guruh - uyin qoidalari doirasidan tashqari vaziyatda, 3 guruh mashqlari yakuniy zarba berish yoki tup otish bilan, 4 guruh – har bir shug‘yllanuvchi yakka holda uz mahoratini shakllantiruvchi mashqlarni bajaradi. Bundan tashqari sport mahorati shakllana borgan sari tezlik- kuchga oid mashqlar sekin ixtisoslashtirib borilishi darkor.11-12 yoshli voleybolchi bolalar mashg‘ylotida tezkor-kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar xajmini kupaytirish tavsiya etiladi, 13-14 yoshda tezkorlik, chidamkorlik, 14-15 yoshda egiluvchanlik va tezkor- kuchni rivojlantirishga oid mashqlar hajmini oshirish maqsadga muvofiq. Darhaqiqat, jismoniy tayyorgarlik malakali sportchilarni tayyorlashda eng muhim poydevor sifatida sport mahoratini samarali shakllanishida beqiyos omil bulib hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda ilmiy ma’lumotlarning taxliliga kura har qanday jismoniy tayyorgarlik jarayoni ham jismoniy sifatlarn samarali rivojlanishiga olib kelavermaydi va texnik – taktik mahoratni shakllanishiga ijobiy ta’sir etaolmasligi mumkin.
1.2 jismoniy sifatlarni yosh avlodga tarbiyalash
Shug‘ullanuvchilar uchun beriladigan jismoniy mashqlarga quyidagilami kiritish mumkin:
a) tana, qo‘l, oyoq mushaklarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi kuch va tezkorlik-kuch mashqiari;
b) chidamlilik sifatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi (tezkorlik-chidamlilik, tezkorlik-kuch chidamliligi) mashqlar;
d) harakatlanish tezkorligiga ta’sir etuvchi mashqlar;
e) chaqqonlik sifatiga ta’sir etuvchi mashqlar;
f) egiluvchanlik sifatiga ta’sir etuvchi mashqlar.
Bu mashqlardan foydalanish texnik va taktik usullami bajarish sifatiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir etadi Tezkorlik deb, muayyan faoliyatni qisqa muddat xchida ijro Etilishiga aytiladi. Tezkorlik namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakllari mavjuddir:
1. Harakat reaksiyalarining latent (yashirin) vaqti.
2. Ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kiehik bo‘lganda).
3. Harakatlar chastotasi.
Tezkorlik namoyon bo‘lishining shakllari bir-biriga nisbatan bog‘liq emas. Ko‘rsatib o'tilgan uchta shaklning birgalikda kelishi tezkorlik namoyon bo‘lishining barcha holiarmi belgilaydi. Biroq murakkab- koordinatsion yaxlit harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga ham bog‘liq. Shuning uchun yaxlit harakat tezligi kishining tezkorligini faqat bilvosita ifodalaydi. Kishining tezlik qobiliyatlari umuman o‘ziga xos bo‘ladi. Faqat bir-biriga o‘xshash harakatlardagina tezkorlik to‘g‘ridanto‘ g‘ri yoki bevosita bir-biriga ko‘chishi mumkin. Tezkorlikning fiziologik va biokimyo asoslari. Reaksiyaning latent vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat:
1) retseptorda qo‘zg‘alishning paydo bo'lishi;
2) qo‘zg‘alishni markaziy asab tolasiga uzatish;
3) qo‘zg‘alishning asab yo‘llari bo‘ylab o‘tib borishi va effektor signal hosil bo‘lishi;
4) signalning markaziy asab tolasidan mushakka o‘tkazilishi;
5) mushakning qo‘zg‘alishi va unda mexanik faollikning paydo bo‘lishi.
Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xususiyatlarga ko‘ra sustroq harakatlardan farq qiladi. Bular orasidagi eng muhim farq shundan iboratki, harakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog‘lanishlar hosil bo‘lishi qiyinlashadi:
reflektor yoy impulslami tashib ulgurolmaydi. Tezlik juda kata bo‘!ganida harakatlarni yetarlicha aniqlik bilan bajarishning qiyinligi mana shu bilan bog‘liqdir. Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalash. Harakatlantiruvchi reaksiya tezligi ta’sirga javob berishning latent vaqti bilan belgilanadi. Reaksiyalar oddiy va murakkab bo‘ladi.' Oddiy
reaksiya oldindan ma’lum bo‘lgan signalga Ugandan ma’lum Tezkorlikning juda ko‘p o‘tishi (boshqa biror harakatga o‘tishi) oddiy reaksiyalar uchun xarakterlidir: ayrim vaziyatlarda tezda biror qarorga keluvchi kishilar boshqa sharoitdarda ham tezroq biror fikrga keladilar. Tez bajariladigan xilma-xil mashqlar bilan sfaug‘ullanish oddiy reaksiya tezkorligini yaxshilaydi. Harakatlantiruvchi reaksiya tezkorligini anchagina yaxshilash
g‘oyat murakkab vazifadt. Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalashda bir necha usullardan
foydalaniladi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani to‘satdan paydo bo‘ladigan signalga yoki tevarak-atrofdagi vaziyatning o‘zgarishiga javoban mumkin qadar tezroq reaksiya ko‘rsatish usulidir. Bu usul yangi shug‘ullanuvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda tez orada ijobiy natijalar ko‘rsatadi. Afsuski, shundan keyin reaksiya tezkorligi stabillashib qoladi va uning yaxshilanishi ancha qiyin boiadi. Reaksiya tezkorligi katta ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda uni takomillashtirish uchun maxsus usullardan foydalaniladi. Bu usullardan biri - reaksiya tezkorligini yengillashtirilgan sharoitlarda va uni keyingi harakat tezligini ayrim-ayrim takomillashtirishdan iboratdir. Reaksiyaning latent vaqti reaksiya ko‘rsatishdan oldingi ratsional xatti-harakat hisobiga birmuncha yaxshilanishi mumkin. Jumladan, diqqatning yo‘nalishi ahamiyatga ega bo‘ladi: agar diqqat bajarilajak harakatga qaratilgan bo‘lsa (reaksiyaning motor tipi), u holda reaksiya ko‘rsatish vaqti diqqat signalni idrok qilishga (reaksiyaning sensor tipi) qaratilganligidan ko‘ra kamroq bo‘ladi. Mushaklar bir oz kuchlanganda ham reaksiya tezkorligi ortadi. Reaksiya tezkorligi, Shuningdek, signalni kutish vaqtiga ham bog‘liq: dastlabki va ijro komandalari orasidagi optimal vaqt 1,5 sek.ga yaqindiR

Yüklə 194 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin