Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə133/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Musulmon maktablarida ta’lim tizimi va mazmuni qanday edi?
2.Qur’oni Karimda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar haqida so‘zlang.
3. Hadis ilmida qaysi davr “Oltin davr” deb nom oldi.
4. “Hadim” va “Sunna” tushunchalarining mazmunini so‘zlab bering.
5. Hadislarda ilgari surilgan axloqiy tamoyillarni daftaringizga yozib chiqing.
6. So‘fiylik ta’limotining jadvalini tuzing va uning asosiy suluklarining ma’nosini tushuntirib bering.

17-mavzu: SHARQ UYG’ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLARINING RIVOJLANISHI
REJA

  1. Sharq uyg’onish davrida ilm-fan va madaniyat

  2. Al- Xorazmiy va Ahmad al Farg’oniylarning ilmiy faoliyati. Ularning tarbiyaviy ahamiyati.

  3. Al Farobiy, A.R.Beruniy, Ibn Sino asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari.

Tayanch iboralar: Al-Ma’mun, Movarounnahr, Xuroson, Samoniylar, Xorun ar-Rashid, «Al-Qonun», «Hay ibn Yaqzon», «Risolat at-tayr», «Risolat fi-l ishq», yolg‘onchilik, noinsoflik, fisqu fasod, bevafolik, mehrsizlik, dag‘allik, qo‘pollik, baxillik, nomardlik, quvlik, hurmatsizlik, nodonlik, johillik, haromxo‘rlik, ochko‘zlik
Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona islom dinining tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etadi. Unda katta ko’tarinkilik ruhini paydo qildi.
Bu ko’tarinkilik butun arab halifaligini, Yaqin va O’rta Sharqni qamrab olganligi uchun Sharq Uyg’onish davri deb ataldi. Bu jarayon IX asrdan boshlanib, XV-XVI asrlargacha davom etdi.
Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bog’dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishiga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi bo’ldi.
Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833) va uning o’g’li Ma’mun davrida Bag’dodda «Baytul hikma» (Donishmandlik uyi) (hozir Akedamiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm soxiblari to’plangan markazga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan, rasadxona ham bo’lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida Sharq va G’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning yuksalishiga ta’sir etgan. Bu o’rinda xalifa Al-Ma’muning ilm fan ravnaqida ko’rsatgan xomiyligini alohida ta’kidlash joiz.
Zero, xalifa Al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lgan vaqtida ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to’plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Xuddalil, al-Javxariy, al-Farg’oniy, al-Marvaziy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo’lgan, al-Ma’mun xalifalik taxtiga o’tirgach, u olimlarning barchasini Bog’dodga chaqirib oladi.
Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular Xox Yunon, xox arab, Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo’lsin, uyg’onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qilgan.
Agar arablar O’rta Osiyoni bosib olib, bu yerda ilgari mavjud bo’lgan fan va madaniyat o’choqlarini yo’qotgan bo’lsalar, ko’p o’tmay, qadimiy ilmiy an’ana asta sekin tiklanib, natijada ilm-fanning yetuk siymolari yetishib chiqa boshlaydi. Ularning barchasining bir-biriga qo’shuluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi.
Yaqin va O’rta Sharqda, jumladan Eron, Kavkaz orti vaO’rta Osiyoda savdo aloqalarining rivojlanganligi, xunarmandchilikning taraqqiy etishi, iqtisodiy va ma’naviy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo’ysingan mamlakatlarning xo’jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va uning oqibatida turli madaniyatlar-hind, O’rta Osiyo, Eron, arab, Yunon, Rim madaniyatlarining yaqindan o’zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta rol o’ynadi.
Bu davrda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer maydonlari kengaydi, ko’plab sug’orish inshoatlari tiklandi va yangilari qurildi, paxta, zig’ir, kanop ekilib, ular tolasidan mato to’qilgan. Movarounnahrda xususan, Urganch, Farg’ona, Samarqand va Buxoro to’qimachilik maxsulotlari, ayniqsa Samarqanda va Buxoro shoyisi dunyoga mashxur bo’ldi.
Qishloq xo’jaligi va xunarmandchilik sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarilishi savdoni rivojlanishiga yo’l ochdi. Natijada Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Hitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko’lami ortib bordi.
Taniqli olima F.Sulaymonova Sharq mamlakatlarining Ispaniyaga va u orqali Ovropaga ta’siri haqida gapirar ekan, «Piriney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixida Yangi sahifa ochdi. Makidoniyalik Aleksandr orzu qilgan Sharq va G’arbning hayotida Yangi davr boshlandi. Bu jarayoning ayniqsa, Ovropa uchun ahamiyati beqiyos bo’ldi. Sharq faqatgina Ovropa madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay, balki umuman, Ovropalik odamning psixologiyasi, tafakkuri, harakteri, hayot tarzini, tarixiy jarayonni tubdan o’zgartirb yubordi», - deydi va matematik, falsafa, astranomiya, tibiyot, xulq-odob, turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga qay darajada ta’sir etganligiga ishonarli dalillar keltiradi.
X asrdan boshlab Movraunnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar – Toxiriylar, Samoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlarining paydo bo’lishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi.
Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotidagi o’zgarishlar, albatta madaniy hayotga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi.
Samoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o’sha davrning madaniy markazlaridan sanalardi.
Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi, ammo yoziladigan hujatlar ishlar fors-tojik tilida bo’lsa ham, arab imlosida yozilar edi.
O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo’lgan, kitob do’konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy baxs, munozaralar o’tkazganlar.
Abu Ali ibn Sino kitob do’konlaridan birida Farobiyning Aristotel «Metafizika»siga yozgan sharxlarini sotib olganligini tarjimai xolida hikoya qiladi. Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubhona mavjud bo’lgan, bu kutubhonaning o’sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olgan.
Samoniylar davrida Ro’dakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar yashab ijod etganlar.
X asrning ikkinchi yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ham ba’zi xonlar o’z saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va xatto G’arbiy Yevropa olimlarining asarlari ham mavjud edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. Yusuf xos Xojib, Maxmud Qoshg’ariy kabi olimlar o’zlarining jahon ahamiyatiga ega bo’lgan asarlarini yaratdilar.
XI asr boshida G’aznaviylar davlati keyinroq Sarjuqiylar, Xorazimshoxlar davlati tashkil topdi. G’aznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoi-falsafiy fikrlar rivojlandi. Maxmud G’aznaviy o’z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to’playdi, olimlarni ilmiy ishga jalb etadi. Jumladan, Abu Rayxon Beruniy ham Maxmud saroyida yashab, mashxur «Hindiston» asarini shu yerda yaratgan.
XI asrda Xorazimda ilm-fan ayniqsa taraqqiy etadi. Xorazm shoxi Ma’mun o’z saroyiga eng zabardas olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan «Baytul hikma» - «Donishmandlik uyi»da qomusiy olimlar Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl al-Masixiy, tabib Abdulxayr hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug’ullanganlar, lekin toju-taxt uchun kurash natijasida bu ilm dargohi o’z faoliyatini to’xtatadi.
Saljuqiylardan Ali Arslon Muxammad hokimiyatni boshqargan davrda uning vaziri Nizom ul-Mulk o’z davrining mashxur siyosiy arbobi va ma’rifatparvar inson sifatida dovruq qozondi. Uning to’liq ismi Abu Ali al-Xasan ibn Ali ibn Isxoq at-Tursiy bo’lib, Nizom ul-Mulk uning faxirli taxallusidir. Nizom ul-Mulk 1018 yil (ba’zi manbalarda 1019-1020 yillarda ko’rsatiladi). Tusning Mashxadga yaqin Radikan degan joyida tug’ilgan. Nizom ul-Mulkning otasi G’aznaviylar xizmatida bo’lgan, lekin Abu Ali balog’atga yetgandan so’ng Sarjuqiylar xizmatiga o’tib, Chaqribek xuzurida dabrlik qilgan (xat tashuvchi chopar). 1053-54 yilda Abu Ali vazir etib tayinlanadi hamda «Nizom ul-Mulk» taxallusini oladi. Kelajakda bu nom butun dunyoga ma’rifat, odillik, aql-idrok timsoli sifatida taniladi.
Bu G’aznaviylar ish uslubiga bir oz o’zgartirishlar kiritib, hokimiyatni boshqarishning o’z uslubini ishlab chiqadi va uning o’zining «Siyosatnoma» asarida (1091-92) bayon etadi.
Nizom ul-Mulkning morifni rivojlantirishdagi xizmatlari beqiyos. U 1067 yilda Bog’dodda o’zinig shaxsiy jamg’armasiga o’sha davrning eng mashhur o’quv yurti - «Nizomiya» madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so’fiylarga katta e’tibor berib, ularga xomiylik qiladi.
Uning katta xizmatlaridan yana bir xizmatlaridan yana bir taqvimi isloh qilish bo’ldi. U 1074 yil. O’rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar-taqvim tuzadiki, bu taqvim xozirgacha eng takomillashgan taqvimlardan hisoblanadi.
Nizom ul-Mulk 1092 yilda muxoliflar tufayli o’z vazifasidan ketishga majbur bo’ladi va 14 oktyabrda noma’lum shaxs tomonidan o’ldiriladi.
Sharq «Uyg’onish davri»da ilm-fan rivojlanishi uch yo’nalishda bo’ldi.
Birinchi yo’nalish-matematika-tabiiyot yo’nalishi bo’lib, bularga matematika, astronomiya, Kime, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, farmakalogiya va boshqa shularga turdosh fanlar kiritilib, Muhammad Muso Xorazmiy, Axmad Farg’oniylar matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy Kime va tibbiyotga oid, ibn Sino,Jurjoniy tibbiyot va falsafa, Abu Rayhon Beruniy tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar.
Ikkinchi yo’nalish-ijtimoiy-falsafiy yo’nalish bo’lib, bunda falsafa,tarix, mantiq, fiqh, ruxshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bo’lib, bu sohada Forobiy, al-Kindiy, Ibn Sino, Zaxriddin Bayxaqiy, Muxammad Narshaxiy va boshqalar faoliyat ko’rsatganlar.
Biz yuqorida zikir etgan olimlar qomusiy olimlar bo’lib, ular o’z sohalarida ish olib borish bilan bir qatorda boshqa bir qancha fanlarga doir ham tadqiqotlar olib borganlar.
Uchinchi yo’nalish-ta’limiy-axloqiy yo’nalish bo’lib bu sohada qomusiy olimlar o’z qarashlarini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlari tarkibida yoki axloqiy asarlarida bayon etsalar, adib va tarbiyashunos olimlar ta’limiy*didaktik asarlarida ifodalaganlar.
2.
Jahon ilm-ma’rifatining buyuk nomoyondasi Muxammad Ibn Al Xorazmiy taxminan 783 yilda Xorazmda dunyoga kelib, 847-850 yillar oralig’ida Bog’dodda vafot etgan.
Xorazmiy tug’ilib voyaga yetayotgan davrda Movarounnahr yirik madaniy va savdo markazlaridan biri edi. Olimning to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al Xorazmiy al-Majusiydir. «Abu Abdulloh Muhammad» islomga o’tganlarga beriladigan an’anaviy ism bo’lgan. Xorazmiyning avlodlari majusiy kohinlaridan, ya’ni «Mug’lar»dan bo’lib, islomni otasi qabul qilgan bo’lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarida yozishiga ko’ra Xorazmiy boshlang’ich ma’lumotni o’z uyida olgan, chunki uning otasi qadimiy diniy urf-odatlarni, yerli xalq yozuvini bilgan va diniy hamda duyoviy bilimlardan xabardor bo’lgan. Shu tufayli Al Xorazmiy bolaligidanoq bu ilmiy manbalardan o’rganish imkoniyatiga ega bo’lgan. Muhammad Xorazmiy matematika bilan juda berilib shug’ullangan, bu sohaga oid barcha asarlarni qunt bilan o’rgangan. Arab, fors, xind, Yunon tillarini ham o’rganib, bu tilda yaratilgan asarlarni ham o’qiy oladigan bo’ladi. Lekin Xorazmiyning vatanidan chetga yashaganligini turlicha sharxlashadi. Chunonchi otasi Majusiy kohinlaridan bo’lgani uchun ham arab mutaassiblari uni ta’qib qilganligi sababli u Xorazmni tashlab ketishga majbur bo’lgan, degan fikrlar ham mavjud.
Xorazmiyshunos olim A.Axmedov xalifa Xorun ar-Rashidning o’g’li Ma’mun ar-Rashid Marvda xalifa noibi bo’lib turganida saroyida juda ko’p olimlarni to’plagani, so’ng xalifa bo’lib ko’tarilgach, ularni ham Bog’dodga olib ketganini ta’kidlaydi.
Biz A.Axmedovning fikriga qo’shilgan holda yana quyidagilarni ham bayon etmoqchimiz.
Buning sabablari – birinchidan, o’sha davrlarda barcha ilmga intilgan olimlar ma’lum fanlarni egallab olgandan so’ng ilm-fan markazlariga safar qilganlar va u yerda yetuk olimlar bilan muloqotda bo’lib, turli fanlar bo’yicha baxs munozara yuritganlar. Maxsus tayyorgarlikdan va sinovlardan o’tganlar, o’zlarini fan olamida sinab ko’rganlar. Ikkinchidan, xalifalikda ilm markazi sanalgan Damashiq va Bog’dodda ilm-fanning taraqqiy etganligi va shaxsan xalifalarning ilm-fan taraqqiyotiga xomiylik qilganligi ham olimlarni jalb etgan.
Chunki Xorun ar-Rashid va uning o’g’li al-Ma’mun xalifalik qilgan davrlarda Yaqin va O’rta Sharqda ilm-ma’rifat rivoj topgan edi. Bog’doddagi bu ma’rifat markazi ko’plab Sharq mutafakkirlari ilmiy ish olib borayotgan «Baytul hikmat» (Donshmandlik uyi) deb atalgan. Fanlar Akademiyasiga tenglashadigan bu ilm markaziga xalifa Ma’mun xomiylik qilgan va Xorazmiyni ham bu yerga taklif etgan. 813-833 yillarda Xorazmiy anna shu «Akademiya»da faoliyat ko’rsatgan. Mazkur «Akademiya»da Axmad ibn-Muhammad Farg’oniy, Axmad ibn-Abdullo Marvaziy, uning o’g’li Abu Jafar, Abbos ibn-Said Javhariy kabi olimlar Xorazmiy bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib borganlar.
«Baytul hikmat»da matematika, giodeziya, geografiya, falakiyot va boshqa sohalar bo’yicha tadqiqotlar olib boriladi va Al Xorazmiy maktabi yaratiladi. Olimning, ayniqsa, matematikaga oid ilmiy merosi jahon axamiyatiga ega bo’ldi.
Xalifa al-Ma’mun hatto Muhammad al-Xorazmiy boshchiligida Hindiston va Rum (Vizantiya), Hazariya (Volganing quyi oqimidagi o’lka)ga bir necha marta ilmiy safarlar uyushtiradi.
Olim insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarda ilm-fanning muhimligi g’oyasini ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida ham munosib o’rin egallaydi. Xorazmiy matematika, geografiya, geodeziya, falakkiyot sohalarida yirik tadqiqotlar olib borgan. Lekin u matematik sohasida yangilik yaratgan nazaryotchi hamda pedagog-uslubiyatchi olim sifatida tarixda qolgan.
Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazaryasiga o’zining ulkan hissasini qo’shdi. «Al kitob al muxtasarfi hisob al jabr va muqobala» asarida («Al jabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob») sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar, ularni yechish yo’llarini bayon etadi.
Risola uch qismdan iborat bo’lib, birinchisi-algebraik qism, uning oxrida savdo muomlasiga oid kichik bir bo’lim keltiriladi. Ikkinchi-geometrik qism algebraik usul qo’llab o’lchashlar haqida, uchinchi qism vasiyatlar haqida bo’lib, muallif uni «Vasiyatlar kitobi» deb ataydi.
Al Xorazmiy matematika fanida abstraksiya (mavhumiylik) tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo’li bilan umumiy yechish usullarini hal etdi, deduksiya yo’li bilan umumiy usullar yordamida turli xususiy masalalarni yechdi.
«Aljabr va muqobala» asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib, o’zidan avvalgi bilimlarni o’rgandi va ularni sintezlashtirdi hamda amalda qo’llash usullarini bayon etdi.
Shu asar tufayli «Al Xorazmiy» nomi lotincha transkripsiyada «Algoritm» shaklini oldi, keyinchalik hozirgi zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi algoritm algorifmga aylandi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yo’llarini ham berdi, meros taqsim qilishda, vasiyatnomalarni tuzishda, mol taqsim qilishda ham katta rivojlantirishlar kiritdi.
O’rta asrlarda dunyo mamlakatlarini yetti iqlimga bo’lib o’rganish an’anaga aylangan edi. Qadimiy eronliklarning yetti kishvar haqidagi tushunchalari astronomiya va geografiya tarixiga ko’chgan. Yetti iqlim nazariyasida mamlakatlar Sharqdan boshlab yetti iqlimga bo’linadi. Har bir iqlimga kirgan joylar alohida-alohida o’rganilgan. Ahmad Farg’oniy ham mamlakatlarni shu usulda o’rgangan va tekshirgan. U tuzgan jadvalda viloyatlar Sharq tomondan g’arbga qarab ma’lum bir izchillikda bayon qilinadi
Al-Farg’oniyning «Sayyoralar ilmi» («Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob») asari taxminan 824-855 yillar atrofida yozilgan bo’lib, uning qo’lyozma nusxasi Misrdagi «Dor al-kutub» kutubxonasida saqlanadi. Bu asar lotin tilida 1669 yili nashr etilgan.
Sharqshunoslar Farg’oniyning «Astrolyabiya haqida mukammal kitob»ining uch nusxasi borligini aytishadi. Asarning uchala nusxasi ham Berlin kutubxonasida saqlanayotir. Ahmad Farg’oniyning «Astrolyabiya san’ati haqida», «O’ttiz bobdan iborat al-Majastiyga kirish fasllari risolasi» yoki «O’ttiz fasllik astronomiya kitob»i Parijda, «Oy Yer ustida yoki uning ostida bo’lgan paytdagi vaqtlarni o’rganish haqida risola» nomli asari Kohiradan «Yetti iqlim hisobi», «Astroliyabiya san’ati va uning dalilari haqida kitob», «Astronomik asboblarda marmarning xizmati haqida kitob» nomli qo’lyozma asarlari Berlinda saqlanayotir. Mazkur qo’lyozmalar haqid arab olimi Ibn al-Kiftiyning 198 yilda Misrda arab tilida nashr etilgan «Tarix al-Hukamo» nomli kitobida to’liq ma’lumotlar berilgan.
Axmad Farg’oniyning «Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining muajmuasi haqida» kitobi uning astranomiyaga bag’shlangan asosiy asaridir. U asar «Astranomiya negzlari» deb ham yuritiladi. Bu kitobda Farg’oniy o’z davridagi astranomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, ularni yangi ma’lumotlar bilan boyitdi, astranomik asboblar, quyosh soati tuzilishining bayonini berdi. O’sha davr an’anasiga muvofiq, mamlakatlarni yetti iqlimga bo’lib o’rgandi, joylarning giografik kordinatalrini Sharqdan G’arbga yo’nalishda berdi. Bu asar astranomiya bo’yicha arab tilida yozilgan dastlabki risolalardan hisoblanadi. Astranomiyaga oid bilimlar qomusi bo’lmish bu asar Ovropada Kopernikkacha bo’lgan astranomiyadan asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qildi.
3.
O’rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog’liq bo’lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’limoti ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o’z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir – «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.
Abu Nasr Forobiy (to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Forobiy) hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da Shosh-Toshkentga yaqin Forobiy (O’troq) degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tug’ilgan. Forobiy boshlang’ich ta’lim olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqandda ta’lim olganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin Arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bog’dodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yig’ilganligi, uning yirik ilmiy markaziga aylanganligi tufayli Forbiy ham ilm olish istagida Bog’dodga jo’naydi. Bog’dodda Forobiy o’rta asr fanini, turli fan sohalarini o’rganadi. Masalan, uning Yunon tilidan Abu Bashar Mata (Mata ibn Yunus), tibbiyoti va mantiqdan Yuxanna ibn Xaylon (Jilon) ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Bog’dodda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tibiiyot, huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug’ullanadi, turli tillarni o’rganadi.
Ba’zi manbalarda Forobiy yetmishdan ortiq tilni bilganligi haqida gapiriladi.
Forobiyning ta’lim-tarbiyaga bag’ishlangan asarlaridan ta’lim-tarbiyaning muhimligi, uning nimalarga e’tibor berilishi zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida», «Ixso-al-ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi asarlarda ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan.
Forobiy o’z ishlarida ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borishi haqida ta’lim bergan bo’lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkizishda o’z o’rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Forobiy «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida» asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o’rgangach, tabiy ilmlarni, tabiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng, umuman, jonli tabiat – o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganildi, dedi.
Forobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lishi, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo’ladi deb, hisoblaydi.
Bunga Forobiy ta’lim-tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham ahloqiy jihatdan kamolga yetkazdi, xususan inson tabiati va jamiyat qonun-qoidalarini to’g’ri bilib oldi va hayotda to’g’ri yo’l tutadi, boshqalar bilan to’g’ri munosabatda bo’ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.
Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Forobiy ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim – degan so’z insonga o’qitish, tushintirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - nazariy fazilatini, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o’rgatishdir, deydi olim.
Abu Nasr Forobiy yana aytadi: «Ta’lim – degan so’z xalqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu hulqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir».
Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq-odobda ham qay darajada pok bo’lishi kerakligini «Falsafani o’rganishdan oldin nimalarni bilishi kerakligi to’g’risida»gi risolasida shunday ta’riflaydi: «Falsafani o’rganishdan avval o’zingizni xirs-xavaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shaxvoniy kabi noto’g’ri tuyug’ularga emas, balki komolotga bo’lgan hirs-havas qolsin.
Bunga xulq-atvorning faqat so’zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so’ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo’lini tushinib olishga boshlovchi (notiq – so’zlovchi, fikrlash ma’nosida) nafsni, jonni, ruhni tozalash zarur».
Forobiyning ta’lim-tarbiya yo’llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insondagi go’zal fazilatlar ikki yo’l – ta’lim va tarbiya yo’li bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlani birlashtirsa, tarbiya esa tug’ma fazilat-nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta’lim so’z va o’rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi deydi. Har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo’ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko’nikmalarni qay darajada o’rganganligiga qarab paydo bo’ladi deb ko’rsatadi.
Forobiy ta’limda barcha fanlarni nazariy asoslari o’rganilsa, tarbiyada ma’naviy axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o’rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshirilad, Forobiy ta’lim-tarbiya ishlarini ikki yo’l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
«Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalalari»ga kelganda, bu odat ikki yo’l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi – qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, qasd-intilish harakatga aylanadi.
Ikkinchi yo’l (yoki usul) – majbur etish yo’li. Bu usul gapga ko’nmovchi qaysakr shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlariga nisbatan qo’llaniladi.Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o’rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo’ladi. Kasb-hunarlarni va juz’iy san’atalrini egallashga intilishi bo’lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularning fazilat egasi qilish va san’at ahillariga aylantirishdir.
Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, va majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovarda insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko’zlaydi.
Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotning asosidagi omil inson shakllantirish, insonning o’z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarash yotadi.
Insonning komolotga yetishishida ham aqliy, ham ahloqiy tarbiyaning o’zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy tavsiya etgan ta’limot va tarbiya usullari hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganligi bilan diqqatga sazovardir.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin