Dars – o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Sinf – yoshi va bilim jihatdan bir xil bo’lgan, ma’lum mikdordagi o’quvchilar guruhidir. Dars – o’qituvchining rahbarligida muayyan vaqtda sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan mashg’ulot. Hozir maktablarimizda sinf - dars tizimi asosan quyidagi shakllarda olib boriladi:
1. Yoshi va saviyasi bir xil bo’lgan bolalarning doimiy guruhi bilan;
2. Dars mashg’uloti 45 daqiqaga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval asosida o’tada;
3.Dars o’qituvchi va o’quvchilar aktivligida asoslanib bevosita o’qituvchining rahbarligida o’tadi;
4. O’tiladigan materialning mazmuniga qarab turli metodlar qo’llaniladi. Darsda bir narsa haqida tugal bilim berilishi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirishga zamin yaratishi kerak.
Biroq maktablarda hozir faqat mashg’ulotlar sinf-dars tizimida olib borilmaydi. Shuning uchun maktabda ta’lmni yo’lga qo’yish shakllari ikki turga ajratiladi:
1. Sinf - dars tizimida olib boriladigan mashg’ulotlar;
2. Amaliy va tajriba ishlar shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.
Hozirgi zamon darsiga qo’yilgan talablar quyidagilardir: 1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni nazarda tutishi va puxta rejadashtirilgan bo’lishi lozim.
2. Har bir darsda mustahkam g’oyaviy-siyosiy yo’nalish bo’lishi lozim. Dars o’quvchilarni siyosiy tarbiyalashni, jamiyat va tabiatning taraqqiyot qonuniyatlarini, bilimning turlari bilan bog’lanishini ta’minlashi darkor.
3.Har bir darsda xilma-xil metod, metodik usul, vositalardan keng va unumli foydalanish lozim.
4. Darsga ajratilgan har bir soatni tejash, undan samarali foydalanish kerak.
5. Darslikda yuksak darajada intizom bo’lishi kerak.
6.Har bir dasrda xalqning boy pedagogik merosi, urf-odati va qadriyatlaridan keng foydalanmoq kerak.
7. Dars nazariy bilimlarni amaliyotida tadbiq qilishga o’rgatishi kerak.
8. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchilarning aktiv faoliyat birligini ta’minlamog’i kerak.
9. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyati birlashgandagina qo’yilgan maqsadga erishishi mumkin. Buning uchun: o’qituvchining darsga pyxta tayyorlangan bo’lishi bilan birga, uni amalga oshirish uchun qanday dars tipi va o’qitish metodlaridan foydalanishni aniq belgilash;
- vositalarni to’g’ri tanlashi va ishlatishi;
- sinf jamoai va har bir o’quvchi bilan mos muamolada bo’lishi;
- sinf o’quvchilarining darsdagi aktivligi va mustaqilligini ta’minlash choralarini rejalashtirish (og’zaki, yozma, grafik shaklidan) unumli va samarali foydalanish va h.k.
10. Dars mashg’uloti butun bir sinf o’quvchilari diqqatini, bir yerga to’plagan holda olib borilishi va ayni vaqtda har bir o’quvchining individual va yosh xususiyatlarini hisobga olishi kerak va h.k.
Hozirgi maktablarda darslar uchta vazifani bajaradi: Birinchi vazifasi qanaqa fan bo’lishidan qat’iy nazar o’quvchilarga ta’lim beradi. Ya’ni mazkur fanga mos ilmiy bilimlar, saboqlar beradi. Ikkinchi vazifasi mazkur fanning o’z mazmuni va xususiyatlaridan kelib chiqib o’quvchilarni tarbiyalaydi. Ya’ni o’quvchining mafkurasi, dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy, vatanparvar, insonparvar kabi fazilatlarini shakllantiriladi. Uchinchi vazifasi birinchi va ikkinchi vazifalari natijasi hisoblanib o’quvchi shaxsini rivojlantirish. Soddaroq qilib izohlasak, o’quvchining olgan ta’lim-tarbiyalarini amalda qo’llashga o’rgatish vazifasidir. Ta’limning umumiy vazifasi o’quvchi shaxsini shakllantirishdir.