33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)
Tavsiyalar: Chet el tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim mazmunini qayta qurish ishida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Fikrimizcha, bu sohada samaraliroq yo‘l integratsiya va ixtisoslashtirishga asoslangan o‘quv dasturlarini yaratishdir.
Pedagogik jarayonda o‘quvchilarga individual va differensial yondashuv shaxs rivojlanishida muhim omil hisoblanadi, chunki aynan shunday yondashuv bolalardagi iqtidor va qobiliyatni ko‘ra bilish, shaxs rivojlanishiga sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.
Ta’limning turli bosqichli differensiyasi o‘quv jarayonining turli bosqichlarida keng qo‘llanilishi lozim: bu yangi materialni o‘rganish, differensiyalangan uy vazifasi, darsda bilimlar o‘lchovi, o‘tilgan mavzuni egallaganlikni joriy tekshirish, mustaqil va nazorat ishlar, xatolar ustida ishlash, mustahkamlash darslarida amalga oshirilishi kerak.
Ko‘pincha darslarda uy vazifasi so‘ralganda o‘quvchilar bilimidagi kamchiliklar qidiriladi. Aslida yutuq, bilim, malakalari aniqlanishi kerak, zero uy vazifasi so‘ralganda asosiy vazifa o‘rgatish, yordam berish va qo‘llab-quvvatlashdir. SHu o‘rinda o‘quvchilardan uy vazifasini so‘rashda differensial ta’lim usullaridan foydalanish zarur.
5.O‘quvchilarning individual xususiyatlarini bilish, zarurat bo‘lsa korreksion samaraga erishish maqsadida differensial ta’lim amalga oshirilishi kerak, bu esa o‘qituvchilardan o‘quvchilarning individual qobiliyatlari va o‘qish imkoniyatlarini (diqqat, fikrlash, xotira va boshqalarning rivojlanish darajasi), aniq fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalar darajasini o‘rganishni talab qiladi. Differensial ta’lim –o‘quv jarayonini o‘quvchilar guruhining etakchi xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish bo‘lsa, individual ta’lim har bir o‘quvchining qobiliyati, iqtidoriga qarab beriladi. Demak, differensial ta’limni samarali tashkil qilish uchun dastur, darslik, didaktik materiallarning yangi variantlari yaratilishi lozim bo‘ladi.