INGLIZ TILI KURSLARI Bu chet ellik talabalar uchun asosiy ta’lim bo‘g‘ini hisoblanadi. Avstraliyada ko‘p miqdorda xususiy til o‘rgatuvchi markazlar va kollej xamda universitetlar qoshida tashkil etilgan maxsus til o‘rgatuvchi bo‘limlar mavjud. Kurslarni tanlash ixtiyoriy:
-akademik maqsadlar uchun ingliz tili;
-o‘rta maktablar uchun ingliz tili;
-rasmiy muloqot uchun ingliz tili;
-40 yoshdan oshganlar uchun ingliz tili;
-IELTS, TOEFL imtihonlari uchun tayyorlov kursi.
Qoidaga ko‘ra, umumiy kursda mashg‘ulotning boshlanishi har dushanba. Ushbu kurslarga qabul qilinish uchun talaba etarli tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Universitetdagi til o‘rgatuvchi bo‘limlar ta’lim protsessini 5 haftalik blok asosida tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarning borishi talabaning rejalaridan kelib chiqadi va haftasiga 15 soatdan 30 soatgacha o‘zgartiriladi. Kursning davomiyligi 2 haftadan 52 haftagacha bo‘lishi mumkin.
BIZNES KOLLEJLAR Avstraliyaliklar TAFE (Technical and Further Education) sistemasidagi davlat kollejlaridan va Avstraliya ta’lim Ministrligidan ruxsatnoma bilan kasb tanlashadi.
Bu o‘quv muassasalarda biznes, axborot texnologiya, menejment, ishlab chiqarish, qurilish kabilarni o‘rganish mumkin. O‘quv programmalari kollejlarda turli kvalifikatsiyalarni egallashga olib keladi. O‘rta ma’lumotli sertifikatga ega bo‘lish muddati 12 hafta, diplomga ega bo‘lish muddati 40 haftadan ko‘p muddatni talab qiladi.
UNIVERSITETLAR Hozirgi kunda mamlakatda 38 ta davlat va 2 ta xususiy universitet mavjud. Bu universitetlarda umumiy miqdori 700mingdan ko‘proq talaba ta’lim oladi. Biznes va iqtisod bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassisliklar keng tarqalgan. CHet ellik talabalarning yarmidan ko‘pi aynan shu mutaxassisliklarga topshirishadi. Ulardan keyin tabiiy, gumanitar va umumiy fanlar, san’at, ulardan so‘ng injenerlik mutaxassisliklar turadi. Ko‘pchilik universitetlarda tayyorlov bo‘limlari faoliyat yuritadi. Bu o‘z o‘rnida xorij o‘quv muassasasidagi o‘rta ta’lim bilan Avstraliya universitetidagi ta’lim o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi. Bu xorij talabalariga universitetda o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun bilim va ko‘nikmalarni beradi. Avstraliyadagi tayyorlov bo‘limlarining asosiy xususiyati shundan iboratki, universitetlar 1-kurs tinglovchilari uchun oldindan joy band qilib qo‘yishadi. Tayyorlov bo‘limlariga qabul yilda 2 marta tashkillashtiriladi – yil boshida va yil o‘rtasida (ba’zilarida 3marta).
Qabul uchun o‘rta ta’lim ma’lumoti haqidagi attestat va ingliz tilini yaxshi bilish talab qilinadi (IELTS bo‘yicha 6.0ball, TOEFL bo‘yicha 550-570ball).
Avstraliyada tibbiyot, huquq, injenerlik ishi, tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarni egallashdan tashqari bakalavr darajasi 3 yilda egallanadi. Mutaxassisligidan kelib chiqib magistrlik dasturi 1-2 yil davom etadi.