Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Maktabda olingan a’lo baholar oq’ishga kirishga kafolat bera olmaydi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə62/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Maktabda olingan a’lo baholar oq’ishga kirishga kafolat bera olmaydi
Amerika universitetlarida tanlov mezonlari Rossiya va MDH mamlakatlaridan farq qiladi, chunki AQSH universitetlari eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan abituriyentni emas, universitetga ko'proq foyda keltiradigan kuchli motivatsiyaga ega bo’lgan abituriyentni afzal ko'radi. Motivatsiyaning isboti ixtiyoriy ish, diplom, sport yutuqlari, shuningdek, yaxshi motivatsion xat bo'ladi. Bundan tashqari, xorijiy talabalar yaxshi TOEFL/IELTS reytingini olgan holda ingliz tilini yuqori darajada tasdiqlashlari kerak.
Fakt: xalqaro qabul mezonlari mahalliy talabalardan farq qiladi. Ko'pgina universitetlar xalqaro talabalarni SAT topshirishni talab qilmaydi, ba'zilari esa o'qituvchilarning motivatsion maktubi va tavsiyalarini so'ramaydi.
Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim tarbiya-maktab va maorif ishlarining yo’lga qo’yilishi
Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo’naltirish hamda o’rta-ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda yengil pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el-tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi islohotlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda chet-el ta’limi bo’yicha ko’pgina maqolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag’ishlab seminarlar, anjumanlar, o’quvlar, uchrashuvlar o’tkazildi.
Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet-ellarda o’quv tarbiya ishlarining qo’yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir.
Xalq ta’limi tizimlarida chet-el ta’limini o’rganish bilan shug’ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o’quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda, malaka oshirish markaziy instiutida bir qator kafedralarish bilan shug’ullanmoqdalar.
Chet-el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchilik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg’armasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, «Silm A. SH.» firmasi, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar yaqindan yordam bermoqdalar.
Darhaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag’ni miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina bo’lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.
Ta’lim to’g’risidagi g’amxo’rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun ham AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab isloxotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni hxarakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqikotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQSHda halqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
—yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir.
Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan kimyo, fizika, chet-tillari kiritilgan o’quv dasturlari hamma amalga oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chiqib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlaka to’quv dasturida bir qator farqlar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakulьtativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi muqika ta’limi o’quv dasturiga milliy va jaxon mumtoz musiqasini o’rganish ham kiritilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 60-80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, bazi hollarda astranomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSH va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’qitiladi. O’quv predmetlarining integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda to’liqsiz o’rta-maktablar o’quv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.
Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o’quv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to’la amalga oshirildi-Fransiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o’quv soatlari ajratildi.
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi.
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan o’quvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang’ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, Fransuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’quvchilarini uchtabaqaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular quyidagilar :
1.Gomogenlar matematika va gumanitar yo’nalishda isholib borsa bo’ladigan o’quvchilar.
2.Yarim gomogen—tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil o’quvchilar.
3.Gegeron—barcha predmetlarni har xil saviyada o’zlashtiradigan o’quvchilar va hokazo.
Tabaqalashtirish jarayoninig yangi muhim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmoqda.
To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi, AQSH va G’arbiy Yevropada o’zlashtirmovchi hamda ulgurmovchi o’quvchilarning ko’payib borayotganligi, funksional savodsizlik avj olayotganligidir.
80 — yillarda AQSH o’quvchilarinig 50 — yillarga nisbatan reyting ko’rsatkichi 973 dan 893 ga tushdi. Fransiyada xar uch litseychidan biri bu salbiy xolatni bartaraf etish to’ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.
To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSHda bu xizmatga ommaviy axborot vositalarinig imkoniyatlari xam safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv ko’rsatuvlari tashkil etildi.
O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet mamlakatlarining ko’pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda.
Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha bora ilgarilab ketgan bolalar ko’plab topilmoqda. Ular o’quvni juda erta boshlab ta’lim kurslarini o’zlashtirishda katta shov — shuvlarga sabab bo’ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar.
Shunday iqtidorlar maktabi G’arbda 60-yillardayoq paydo bo’lgan edi. Bunday maktablarning o’quv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to’la ro’yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.
Iqtidorli bolalarga qarama–qarshi qutbda turgan aqli zaif o’quvchilarning taqdiri ham chet-ellik xamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday xolni kelib chiqish sabablarini o’rganish, oldini olish bo’yicha ko’pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini ko’rsatayotir.
70-yillarda AQSHda kelajak maktabi umummilliy loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o’qituvchi buyrug’I bilan ish tutish, ko’proq o’quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg’ulot, o’qituvchi konsulьtatsiyasini o’zichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini qiskartirish sari yo’l tutilgan. Bunday o’quvchilarning har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u o’qituvchidan konsulьtatsiya ola di.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlari :
-maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarini kuchaytirish.
-o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish.
-tarbiyaning yangi formalarida-o’quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish.
-Maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish.
-Maktabni mexnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish.
-Tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga qo’yish, maxsus o’quv muassasalarini (xam talantlar, xam aqliy, jismoniy zaif o’quvchilar uchun) rivojlantirish.
-Yangi, ya’ni o’quv texnik vositalarini ta’limdagi salmog’ni oshirish, o’qituvchilar korpusida kompьyuter ta’limini yo’lga qo’yish.
-Pedagogik g’oyalarni amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment— tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Chet el ta’limidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida qo’llash yosh, mustaqil Resublikamizda o’quv—tarbiya ishlarini isloh qilish jarayonini tezlashtiradi.



Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin