Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə155/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Rag’batlantirish:


  • O’quvchining zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklash

  • Estalik sovg’alarini berish (badiiy kitob va o’quv qurollari)

  • Maxsus stipendiyalar

  • Qo’llab-quvvatlash

  • Safda birinchio’ringa qo’yish

  • Maqtash(ota-onalar hamda o’quvchilar jamoasi oldida)

  • Maqtov yorlig’I bilan mukofotlash

  • Fotosuratni hurmat taxtasiga ilish

  • Jamoa nomidan minnatdorchilk bildirish

  • Musobaqalarda bayroqdor bo’lish

  • Maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali nomini qayd etish

Har qanday rag‘batlantirish mavjud pedagogik talablarga muvofiq bo‘lishi, ketma-ket bo‘lmasligi zarur, shuningdek, o‘quvchini yoki uning xatti-harakatlarini haddan oshirib maqtash, boshqa o‘quvchilarga taqqoslash, ularni kamsitmaslik, talabchanlikni bo‘shashtirmaslik kabi shartlarga muvofiq qo‘llaniladi.
Jazolash tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Jazo ham o‘quvchining individual xatti-harakatlari va umumjamoaning faoliyati uchun qo‘llaniladigan eng so‘nggi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo‘llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash kabi usullardan foydlanish mumkin emas, o‘quvchini qo‘rqitish, g‘azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Aksincha, o‘quvchi qo‘rqqanda yolg‘on gapirishni o‘rganadi, ikki yuzlamachi bo‘lib qoladi.
Maktablarda qo‘llash mumkin bo‘lgan jazo choralariga quyidagilar kiradi:
Jazolash:

  • Tanbeh berish

  • Ogohlantirish

  • Hayfsan berish

  • Uyaltirish



Tanbeh berish – eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘qituvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Ogohlantirish – sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Hayfsan berish – o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar asosida baholash. Agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o‘quvchi belgilangan intizomni buzaversa, uning aybi qay darajada bo‘lishi va intizomni qanday sharoitda buzganligini inobatga olib unga hayfsan e’lon qilish mumkin.
Uyaltirish - o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan sub’ektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm-hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
Jazo puxta o‘ylab qo‘llanilishi lozim, aksincha, jahl ustida jazolash mumkin emas. Jazolar yakka xarakterda, ya’ni, birgina usulni qo‘llash asosida bo‘lsin, o‘quvchining aybiga mos, muvofiq bo‘lishi, tez-tez qo‘llanilmasligi, jazolanuvchida jazoning to‘g‘ri belgilanganligiga nisbatan shubha tug‘ilmasin va ular o‘z ayblarini sezsin. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Barcha holatlarda ham jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azob-uqibatlariga solmasligi, uni tahqirlamasligi, sha’nini erga urmasligi kerak.
Xulosa qilib aytganda yuqorida ta’riflangan tarbiyaning umumiy metodlari o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish sohalarini qamrab olmaydi.
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib borar ekan, unga muvofiq ravishda tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.
Tarbiya jarayonining umumiy holatidan kelib chiqqan holda tarbiya metodlarini quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin:



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin