Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ijtimoiy ish bo‘limi 3-kurs talabalari uchun “Sotsial xizmat” fanidan 4-semestr mashg‘ulotlari kalendar rejasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə33/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Ijtimoiy ish bo‘limi 3-kurs talabalari uchun “Sotsial xizmat” fanidan 4-semestr mashg‘ulotlari kalendar rejasi

Sana

Ma’ruza

Seminar

Mavzular



imzo


2

2

Sotsial xizmatning rivojlanishi.





4

4

Ijtimoiy xizmat professional faoliyat sifatida.





4

4

Sotsial xizmatning nazariya va modellarining turlari.







2

2

Sotsial xizmatning texnologiya va usullari





4

4

Sotsial xizmatning sotsiologik asoslari





2

2

Ijtimoiy xizmat aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida





4

4

Oilaga yo‘naltirilgan sotsial xizmat.





2

2

Bolalarga qaratilgan sotsial xizmat.





4

4

Nogironlarga qaratilgan sotsial xizmat





4

4

YOshlarga qaratilgan sotsial xizmat.





2

2

Ayollarga yo‘naltirilgan sotsial xizmat




Jami:


34

34







1-MA’RUZA

1-mavzu

Sotsial xizmatning rivojlanishi

(2 soat)
Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi

Vaqti – 2 soat

Talabalar soni:

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ko‘rgazmali-tematik ma’ruza

Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi

1.Ijtimoiy ishning dolzarbligi.
2.Fanning qisqacha tavsifi va uning ijtimoiy ishning mohiyatini yoritishdagi o‘rni.
3. Ijtimoiy ishning faoliyat sifatida vujudga kelishining tarixiy zaminlari



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarda ijtimoiy ishning fan va faoliyat turi sifatidagi mohiyatini tushuntirish,hozirgi kunda uning dolzarbligini asoslash, ijtimoiy ishning faoliyat sifatida vujudga kelish zaminlarini yoritib berish

Pedagogik vazifalar:

  • Ijtimoiy ishning faoliyat sifatida yuzaga kelishidagi tarixiy shart-sharoit haqida tushuncha berish;

  • Qadimda ijtimoiy yordam turlari haqida ma’lumot berish;

  • G‘arbiy Evropa va AQSHda ijtimoiy ishning rivojlanishi bosqichlari haqida ma’lumot berish;




  • Ijtimoiy ishning Rossiya va O‘zbekistonda shakllanishi va rivojlanishi haqida gapirib o‘tish.

O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba:

  • Ijtimoiy ishning fan va faoliyat sifatidagi mohiyatini tushuntirib bera oladi;

  • Qadimda ijtimoiy yordam turlari haqida ma’lumot bera oladi;

  • Bugungi kunda ijtimoiy ishning dolzarbligini asoslab bera oladi;

  • CHet el davlatlarida ijtimoiy ishning shakllanishi va rivojlanishi haqida umumiy ma’lumotlar bera oladi;

  • O‘zbekistonda ijtimoiy ishning fan va faoliyat sifatida shakllanishi va rivojlanishi haqida gapirib bera oladi;




O‘qitish uslubi va texnikasi

Ma’ruza, aqliy hujum, bayon qilish

O‘qitish vositalari

Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar

O‘qitish shakli

Jamoaviy ishlash, auditoriya bilan ishlash

O‘qitish shart-sharoiti

Texnik ta’minlangan auditoriya

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat, savol-javob, reyting tizimi asosida baholash

Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi
(2 soat)



Ish jarayoni vaqti

Faoliyatning mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich.
Kirish (10 min.)

1.1. O‘quv mashg‘uloti mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi.

Mavzu nomini yozib oladi.

1.2. Tinglovchiga mavzu bo‘yicha tarqatma materiallarni tarqatadi.

Tinglaydi.

1.3.Mavzu bo‘yicha maruza mashg‘ulotlarining tayanch iboralarini va ma’ruza rejasiga izoh beradi

Tinglaydi, yozib oladi.

1.4. Doskaga tinglovchilar tomonidan aytilgan fikrlarni yozib boradi.

Tinglaydi, tushunchalarni sanab beradi va savollar beradi.

2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1. Mavzu rejasining 1-savoli bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda tushunchaning mohiyati shakllantiriladi va tahlil qilinadi.

Tinglaydi.

2.2. Ma’ruza rejasining 1-4 savollari bo‘yicha tushuntiradi, har bir savolni nihoyasida umumlashtirib boradi. Mavzuni yoritish davomida faollashtiruvchi savollar beradi. Savollarga berilgan javoblar tinglanadi, umumlashtiriladi, keltirilgan misollar tavsiflanadi, savol xulosalanadi.
Mavzuning asosiy qismlariga e’tibor qaratadi va kerakli joylarini yozib borishni ta’kidlaydi. Har bir savol yakunida xulosalanadi.

Tinglaydi, yozib oladi, fikr bildiradi, savol beradi.

3-bosqich.
YAkuniy
(10 min.)

3.1. Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosa qilinadi.

Tinglaydi.

3.2. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.

O‘zini qiziqtirgan savollarni beradi.

3.3. Mavzu buyicha mustakil o‘rganish uchun topshiriqlar beradi.

Topshiriklarni yozib oladi.

3.4. Amaliy mashg‘ulotda o‘tiladigan mavzuni rejasi bilan tanishtiradi. Tayyorlanib kelish uchun topshiriqlar va tavsiyalar beradi.

YOzib oladi.

1. MAVZU: SOTSIAL XIZMATNING RIVOJLANISHI


Reja:

  1. Sotsial xizmatning faoliyat sifatida paydo bo‘lishining tarixiy sabablari.

  2. XIX asrda Evropa, Amerika va Osiyoda sotsial xizmatning rivojlanishi.

  3. O‘zbekistonda sotsial xizmatning shakllanishi.

Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishidagi tarixiy shart-sharoit. Ijtimoiy ishning G‘arbiy Evropa va Amerikada kasb sifatida yuzaga kelishi. XX asrda ijtimoiy ishning rivojlanishi. AQSHda ijtimoiy himoya tizimi. Evropa ijtimoiy ta’minot tizimi. Rossiyada ijtimoiy ish. O‘zbekistonda ijtimoiy ish.
Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishining tarixiy sabablari. Ijtimoiy ish ildizlari ijtimoiy hodisa sifatida inson va jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlariga borib taqaladi. Ijtimoiy yordamning tabiiy qalb hayajoni, o‘zini boqa olmaydiganlarga g‘amxo‘rlikda ifodalangan dastlaki ko‘rinishlari turli jamiyatlar, yuzaga kelgan an’analarga xos. Qadimgi Misrda ibodatxonalarda yordam marosimi amalga oshirilgan: muhtojlarga bepul non tarqatilgan. Qadimgi YUnoniston, so‘ngra Qadimgi Rimda kambag‘allarga non, kiyim-kechak, pul tarqatishda ifodalangan filontropiya g‘oyasi keng tarqalgan.
Qadimgi slavyanlarda ijtimoiy himoyaning asosiy shakllari turli sakral atributlar orqali, jamoat - qavmni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek xo‘jalik yordami, o‘zaro yordam va qavm, oila, aholini himoyalash mavjud bo‘lgan.
SHarqda ijtimoiy yordamning o‘ziga xos mexanizmi va yorqin ifodalangan jamoa tuzilmasi yuzaga kelgan. Uning xususiyati shundaki, har bir inson o‘zi mansub an’anaviy tuzilmalar himoyasida bo‘lishi lozim. Bu tuzilmalar o‘z a’zolarini qo‘llab-quvvatlovchi oila va jamoani o‘z ichiga oladi. O‘rta Osiyo hududida qadimgi jamoa tarbiya, bekorchilik, ishga joylashtirish kabi muammolarning muhim qismini hal etgan va shaxs, oila, guruh darajasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘ziga xos jamoa markazi hisoblangan.
Ijtimoiy tadbirlar tizimi to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beruvchi dastlabki yozma manba muqaddas kitob-Avesto hisoblanadi. Unda zardushtiylik dinini tan olgan davlatlar tuzumi va ijtimoiy siyosati to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Xayriya manzilli yordam usuli sifatida oddiy fuqarolar uchun muhim an’anaviy xulq-atvor qoidasi bo‘lgan, din vakillari va hukmron tashkilotlar zimmasiga Ijtimoiy xizmat vazifalari- qo‘llab-quvvatlash, yordam ko‘rsatish, xayriya tadbirlarini amalga oshirish yuklangan. Hukmdorlar, boy fuqarolar, ibodatxonalar xayriya tadbirlari uyushtirib, muhtoj va etimlarga xayr-ehson tarqatganlar. Jamoalarda muhtoj oilalarga umumiy jamoa jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ko‘rsatilgan.
O‘rta Osiyo xalqlari tarixida Musulmonlik davri ruhoniylarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini davom ettirdi va kengaytirdi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish vazifalari masjidlar, shuningdek diniy-jamoat hamjamiyatlari zimmasiga yuklangan.
Ijtimoiy yordam turlari alohida va jamoa shakliga ega bo‘lgan. YOrdamning keng tarqalgan alohida shakli har bir musulmon tomonidan islomning asosiy qonunlarini bajarish-muhtojlarga xayr-ehson va moddiy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Jamoatchilik yordamining jamoa shakllari orasida keng tarqalgani – xashar-jamoa yordami, qurbonlik-xudoyi, tibbiy yordam, maxsus bepul shifoxonalar tashkil etish hisoblangan.
Ta’kidlash joizki, o‘zaro yordamga intilish insonga xos xususiyatdir. Dunyodagi etakchi dinlar asosida insonning diniy burchi, muhtojlarga insonparvarlik xizmati tizimi sifatida namoyon bo‘lgan ijtimoiy yordam va xayriya markaziy o‘rinni egallagan.
Nasroniylik tarqalgan davrda ijtimoiy masalalar yuzasidan me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 347 yilda Sardukiy mahalliy ibodatxonasi (Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy chegarasi)da kambag‘allar, etimlar, beva va darveshlarga yordam berish to‘g‘risida yigirmata cherkov qoidasi qabul qilingan. SHu bilan birga, xayr-ehson tarqatish va kambag‘allarni boqishda ifodalangan ochiq xayriya tizimi etakchi o‘rinni egallaydi5.
Rossiyada davlat ijtimoiy himoya tizimi 1701 yilda Petr I tomonidan «Tabarruk Patriarx qarorgohida kambag‘allar, bemor va qariyalar uyi ochish to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilinishidan boshlanadi. Petr davrida dastlabki etimlar uyi paydo bo‘lib, davlat jamiyat zimmasiga kambag‘allarni aniqlab, har bir muhtoj toifaga nisbatan ma’lum homiylik chorasini belgilashni yukladi.
XVI-XVII asrlarda G‘arbiy Evropada davlat ijtimoiy yordam tizimi rasmiylashtirilishi, davlatning roli ortishi va nasroniylik cherkovining faolligi kamayishi bilan xarakterlanadi. SHu tarzda, 1529 yilda Germaniyada kambag‘allarga yordam berish to‘g‘risidagi Gamburg nizomi, 1682 yilda esa davlat xayriyasi to‘g‘risidagi farmon qabul qilinadi.
1531 yilda Angliyada kambag‘allarga yordam berish to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinib, 1572 yilda muhtojlarga yordam ko‘rsatish uchun umummilliy soliq ta’sis etiladi. 1601 yilda Angliyada qabul qilingan kambag‘allik to‘g‘risidagi Qonunda muhtojlarga moliyaviy yordam berishga urg‘u berilgan. Bu qonun shu sohadagi qonunchilik rivojlanishi uchun asos bo‘lib, hukumatning insonlar ehtiyojlari uchun javobgarligi shakllanishida burilish davri bo‘lib xizmat qildi.
Ijtimoiy ishning faoliyat turi va kasb sifatida yuzaga kelishining tarixiy doirasini ma’lum muayyanlikda aniqlash mumkin. SHu qilib, ko‘pgina tadqiqotchilar uni sanoatlashgan davlat rivojlanishining boshlag‘ich davri bilan qiyoslaydilar. XVIII-XIX asr oxirlarida Evropa mamlakatlari va Amerika nafaqat ishlab chiqarishni texnikaviy takomilashtirish, balki ijtimoiy muammolarning keskin kuchayishi: ijtimoiy differensiatsiya kuchayishi, ishsizlik va jinoyatchilikning ortishi bilan davom etuvchi sanoat to‘ntarishi yo‘liga o‘tdi.
Ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi kambag‘allar muammosi yuzaga kelishiga olib keldi, u jamoatchilik fikriga ko‘ra, barqarorlik va tartibga xavf soladi. Bu vaziyat nafaqat Evropa mamlakatlari va Amerikada ijtimoiy sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy qonunchilik yaratilishi, balki turli aholi guruhlarini empirik o‘rganishda o‘z aksini topdi.
XIX asr boshlaridayoq aholini ro‘yxatga olish, tadqiq etishturli ijtimoiy muammolarni tahliliy yoritish amalga oshirila boshladi. Biroq XIX asr oxirliga kelib, ijtimoiy islohotchilar va xayriya tashkilotlari etakchilari kambag‘allarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan kishilarga maxsus tayyorgarlik zarur, degan xulosaga keldilar.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida pozitivizm va liberalizm vakillarining qarashlari sanoati nisbatan rivojlangan mamlakatlarda davlatning shaxs oldidagi javobgarligi va ma’naviy burchi to‘g‘risidagi tushuncha shakllanishiga sabab bo‘ldi. Unga ko‘ra davlat kishalarning farovon turmush kechirishlari uchun hamma sharoitlarni yarati bera olmaydi.
Ijtimoiy ish rivojlanishida uch bosqichni farqlash mumkin. Birinchi bosqich ijtimoiy ishning kasb sifatida yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi bosqich - XX asrda SHimoliy Amerika va Evropa mamlakatlarida ijtimoiy ish kasbining institutga aylanishi bilan. Uchinchi bosqich ijtimoiy ishning jahon bo‘ylab tarqalishi bilan xarakterlanadi.

Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin