Oilaning generativ funksiyasi inson avlodini davom ettirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lib, u faqat biologik ehtiyoj emas, balki ulkan iqtisodiy ahamiyatga molik populyasiyaning saqlanib qolishidir. Ertangi kunning mehnat potensiali – bugungi chaqaloqlar va yosh bolalar, bolalar va o‘smirlar. Jamiyat har bir avlodning o‘zidan oldingisidan hech bo‘lmaganda kam bo‘lmasligidan manfaatdor. Ayni paytda, oila bola ko‘rishdan manfaatdor. SHunisi ham borki, bugungi kunda bu faqat iqtisodiy (bolalar – ota-onalari qariganda ta’minlash kafolati) emas, balki axloqiy-emotsional ehtiyojdir.
Farzandsiz oila ma’naviy jihatdan to‘laqonli bo‘lmaydi. ¡zlarini bolalarida davom ettirmagan katta yoshlilar kamchilik, bo‘shliq tuyg‘usini his etadilar. Ayni paytda, Rossiyadagi oilalarning uchdan bir qismi balog‘atga etmagan bolalarga ega emas. Bu hol nari borsa, bolalarini o‘stirib bo‘lgan, yomonroq variantda esa bola ko‘rmagan va ko‘rishni istamayotganlardan iborat bo‘ladi. Bola tug‘ish yoshidagi er-xotinlar orasida bola ko‘rmaslikka bo‘lgan ustanovka bir tomondan, o‘sib borayotgan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, bolaning ijtimoiy “ziynat predmeti” ga aylanib borishi, ikkinchi tomondan esa, hozirgi jamiyatni egallab olgan ma’naviy-axloqiy tanglik natijasi bo‘lib, uning qadriyatlari tizimida mashina, uy, zotdor kuchuklar singari urf bo‘lgan buyumlarga katta o‘rin ajratiladi, bolaga esa o‘rin yo‘q. Ekspertlarning baholariga ko‘ra, katta yoshli aholining 10-15 % i noqulay ekologik ta’sirlar, noto‘g‘ri turmush tarzi, xastaliklar, yomon ovqatlanish va h.k tufayli salomatligi yomonlashgani sababli bola ko‘rish qobiliyatiga ega emas. Ularning ba’zilariga zamonaviy tibbiyot yordam ko‘rsatishi mumkin, biroq bunday davolanish uchun hammaning ham hamyoni yo‘l qo‘yavermaydi.
Bolalarning dastlabki ijtimoiylashuvi funksiyasi shundan iboratki, dunyoga kelgan inson bolasi o‘zida “aqlli odam”ning faqatgina kurtaklari, salohiyatiga ega bo‘ladi xolos. CHaqaloq jamiyatga asta-sekin olib kirilishi va “insoniy dastur” bo‘yicha rivojlanishi lozim. Aks holda, undagi insoniylik kurtaklari rivojlanmay qolishi, qobiliyatlarning asoslari abadiy o‘chishi mumkin.
Oilaning hozirgi tangligi uning pedagogik salohiyati pasayishida – oilaviy tarbiya mazmuni va sifatining yomonlashuvida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, oila ijtimoiylashuvning qudratli vositasidir. SHuning uchun oilaning ijtimoiy xastaliklarini “davolash”, uning ijtimoiy-pedagogik funksiyalarini tiklash hozirgi kunning muhim vazifasidir. Ijtimoiy ishning markaziy funksiyasi - odamlarning munosabatlariga ta’sir o‘tkazish, ularning o‘zaro va atrofdagilar bilan munosabatini real voqelikni o‘zgartirish orqali takomillashtirish va korreksiya qilishdan iborat. Demak, oila bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning maqsadi va integrativ natijasi shaxsni ijtimoiy kutishlar, ijtimoiy buyurtmaga binoan ijtimoiylashtiruvdir.
Ko‘plab bolalar insoniyatga har yili tibbiyot va bolalar muassasalarida, bolalar uylarida oshno bo‘ladilar. Bu hol ko‘pincha baxtsiz hodisa tufayli emas, balki ijtimoiy falokat natijasida yuz beradi. Tug‘ilishi istalmagan bolalar ota-onalariga kerak bo‘lmay qoladi. YOki bo‘lmasa, ona bolani tarbiyalash uchun vositalar va shart-sharoitga ega bo‘lmagani sababli undan qachonlardir, hayot yaxshilanib o‘z iziga tushganda qaytib olish to‘g‘risidagi g‘ira-shira umid bilan “tilxat berib” voz kechadi. Hattoki, bu bolalar etarli oziq-ovqat, g‘amxo‘rlik, tegishli tibbiy xizmat olganlari taqdirda ham ularning rivojlanishi gospitalizm sindromi – kommunikativ -hissiy aloqalarning etarli emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlar tufayli xiralangan bo‘ladi, bunday bolalar odatda, faqat intellektual jihatdan emas, balki jismoniy rivojlanishda ham orqada qoladilar, ularning tili kechroq chiqadi, keyinroq ularda muloqotga kirishishdagi qiyinchiliklar namoyon bo‘la boshlaydi, bu qiyinchiliklarni har doim ham, hatto yuqori malakali tibbiy-pedagogik korreksiya yordamida ham bartaraf etib bo‘lmaydi.
Bolalar uylarida o‘sayotgan kattaroq bolalar esa bu uy devorlaridan tashqaridagi hayotga yaxshi moslashmagan bo‘lishadi, mustaqil hayot kechirishga qiyinchilik bilan moslashishadi. SHuning uchun ham bolalar uyida tarbiyalanib chiqqanlarning ko‘pchiligi hayot ssenariysi deyarli yarim holatlarda sudlanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zining tarbiyasidagi kamchiliklarni ular bolaligida oilali-rolli xulq-atvor saboqlarini olmaganlari sababli, o‘zlarining oilalariga ham olib kirishadi. Odamlar, mehnat jamoasi bilan muloqot qilishda ular ko‘pincha nizoli yo‘l tutishadi.
Oila bolalarning ijtimoiylashuviga faqatgina o‘zining mavjudligi bilan emas, balki qulay axloqiy-ruhiy iqlimi, barcha a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar orqali ta’sir o‘tkazadi.
Oila tarixan jamiyatning asosiy xo‘jalik hujayrasi bo‘lgan. Ovchilik va g‘allachilik, kasb-hunar va savdo faqatgina oila ta’minlaydigan funksiyalar taqsimotiga asoslanibgina mavjud bo‘lishi mumkin edi. Sanoatlashgan ishlab chiqarish vujudga kelishi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan shahardagi oilalarning ko‘pgina funksiyalari tashqarida qoldi. Tomorqa xo‘jaligiga ega bo‘lgan qishloq oilalarida esa u anchagina saqlanib qoldi.
Oilaning boyish, boylik to‘plash va uni meros qoldirish bo‘yicha iqtisodiy roli asta-sekin zaiflasha boshladi. Odamlar hayotining ularga ovqat tayyorlash, kiyim-kechak tikish, kir yuvish, uyni tozalash singari qadimdan oila bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina qirralari endi butunicha yoki bo‘lmasa qisman maishiy sanoat “elkalariga” yuklandi.
Odatda, odamlardagi umumbiologik jinsiy ehtiyojlar va ularni xuddi ovqatga, turar joyga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish singari qondirish zarurligi sog‘lom seks deb ataladigan gedonistik funksiya bilan bog‘liq. Ko‘p asrlar davomida cherkov va dunyoviy ahloq jismoniy muhabbatni qoralab keldilar, uni faqat insonning gunohkor tabiatiga yon berish sifatida baholab uning faqat jismoniy emas, balki ma’naviy lazzat manbai ham ekanini inkor etib keldilar. Hozirgi kunda demokratik jamiyatlarning ko‘pchiligida jinsiy ehtiyojlarning qondirilmasligi shaxsni og‘ir kechinmalar va salomatlikning izdan chiqishiga olib kelishi e’tirof etiladi.. Me’yoriy jinsiy hayot, muntazam jinsiy yaqinliklar sog‘lom turmush tarzining asoslaridan biri sifatida tan olinadi. Bugungi kunda nikohda bo‘la turib jinsiy ehtiyojlarni bostirish bilan bog‘liq bo‘lgan nevrotik reaksiyalar ko‘plab uchraydi. YOlg‘izlik singari “ijtimoiy xastalik”ning keng tarqalishi katta yoshli odamlarning ko‘pchiligida bu ehtiyojlarning qondirilmasligiga olib kelmoqda. “Ikki yuzlama ahloq” erkaklarning nikohdan tashqari aloqalarini qoralamagan holda, ayollarning bunday aloqalarini keskin qoralaydi. Ajrashgan ayollar ajrashgan erkaklarga nisbatan og‘irroq ahvolga tushib qoladilar. 20 va 40 yosh orasida sodir etiladigan xudkushlikning katta qismi yolg‘izlik muammolari bilan bog‘liqdir.
Ayni paytda, jismoniy yaqinliklikka yuzaki munosabatda bo‘lish, avvalgiga nisbatan engil-elpi munosabatlarning ko‘plab uchrashi odamlarni baxtli qila olmaydi. Tasodifiy jinsiy sheriklar bilan nomuntazam munosabatlar ruhiy boylik va chuqurlikka ega bo‘lmaydi, ular xavotir va yolg‘onlik hissini uyg‘otadi, o‘z ortidan jinoiy yoki salbiy tibbiy oqibatlarni olib keladi. Jamiyatning ma’naviy jihatdan emirilishi, “erkin seks” va uni barcha vositalar, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari yordamida ochiq targ‘ib qilish jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklarning keng tarqalishiga qonuniy ravishda olib keladi. Ayni paytda, mustahkam va sog‘lom, baxtli va jips oilalar timsolini yaratish ko‘p mamlakatlarda doimiy va ishonchli sherik bilan amalga oshiriladigan “sog‘lom seks quvonchlari” OITSga qarshi kurashda eng yaxshi vosita hisoblanadi.
Oilaning rekreatsion va psixoterapevtik funksiyalari uning mutlaq himoyalanganlik, odamni uning talantlari, hayotdagi yutuqlari, moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar, to‘la qabul qilishi bilan bog‘liqdir. “Mening uyim – mening qal’am” iborasi sog‘lom, nizosiz oila – eng yaxshi tayanch, eng yaxshi boshpana va unda odam tashqi dunyoning g‘ayri do‘stona xurujlaridan himoyalovchi, o‘zining salbiy hissiyotlaridan qutulishi mumkin bo‘lgan makon ekanini ifodalovchi fikrni yaxshi ifodalaydi. Inson mehnat jarayonida sarf qilgan jismoniy kuchlar dam olish vaqtida to‘ldiriladi. Kuzatishlar ko‘rsatishicha, bu kuchlar oilada, yaqinlar, bolalar bilan muloqot jarayonida to‘laroq tiklanar ekan.
SHunday qilib, odamning mavjudligi hozirgi kunda oilaviy hayot tarzida tashkil etilgan.
Ijtimoiy ish masalalarida oila davlat va jamiyat vakillari bilan juda kam holatlarda muloqotga kirishadi, qonun yo‘li bilan belgilangan yoki taklif qilinayotgan yordam moddiy xarakterda bo‘lishi (nafaqa, to‘lovlar va boshqalar) bundan istisno.
Ijtimoiy xizmat chi minimumni maksimallashtirish tamoyilidan (ijtimoiy ko‘makning minimal zahiralarini maksimal kengaytirishga intilishdan) kelib chiqar ekan, oilaga homiylarning mablag‘larini jalb etish yoki davlatning ko‘magini adolatli taqsimlashni kuzatibgina qolmay, oilalarni o‘z-o‘ziga va bir-birlariga yordam berishga ham o‘rgatishi lozimki, bunday yordam eng saxiy nafaqalarga nisbatan ham ko‘proq samara beradi. SHuni unutmaslik kerakki, axloqiy jihatdan o‘zi ishlab topgan mablag‘ ijtimoiy boqimandalikdan ancha yuqoridir. Kichik va o‘rta oilaviy biznesni rivojlantirish dasturi, bu ishda munitsipal organlarning ko‘magi Rossiyadagi ko‘pchilik oilalarning o‘zlarini-o‘zlari ta’minlashi va farovon hayot kechirishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Oilaning muhim va ziddiyatli muammolaridan biri mas’uliyatli ota-onalik muammosidir. Mas’uliyatli ota-onalik deganda, ijtimoiy, ruhiy, tibbiy va boshqa shart-sharoitlar tushuniladiki, ular oilaga qancha bola ko‘rishni istasa, shuncha ko‘rish; faqatgina tug‘ilishi istalgan bolalarni tug‘ish va tug‘ilishi istalmagan bolalarni esa hayot uchun xavfli bo‘lmagan madaniyatli vositalar yordamida tug‘ishdan saqlanish imkonini beradigan tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Ming yilliklar davomida zarurat bola tug‘ishni biologik mahsuldorlik darajasida ushlab turishga majbur etdi: dunyoga qancha tug‘ilishi mumkin bo‘lsa, shuncha bola kelar edi. Urushlar, epidemiyalar, bolalar o‘limining dahshatli darajasi natijasida tug‘ilgan bolalarning oz qismi tirik qolar edi, lekin baribir ular aholining uncha tez bo‘lmasa ham barqaror o‘sishini ta’minlar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik va ilmiy yutuqlar hamda XX asrda yuz bergan o‘zgarishlar xotin-qizlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etdi. CHaqaloqlarning ko‘pchiligi hayotini saqlab qolish imkoniyati ta’minlandi, rivojlangan mamlakatlarda oilalarning demografik ustnovkalari o‘zgardi. Tibbiyot fanining yutuqlari tufayli oilani ongli ravishda rejalashtirish imkoniyatlari vujudga kelibgina qolmay, u ko‘pchilik uchun erishish mumkin bo‘lgan jarayonga aylandi.
Afsuski, bizning jamiyatimizda, aholining tibbiy madaniyati etarli bo‘lmagani, jinsiy axloqning nodemokratligi sababli oilani rejalashtirishning eng vahshiy usuli – abort qaror topdi. Madaniyatli dunyo uchun xos bo‘lmagan bunday manipulyasiyalar miqdori bo‘yicha Rossiya hurmatga sazovor bo‘lmaydigan birinchi o‘rinni mutlaq jihatdan ham, har mingta ayolga hisoblaganda ham, egallab turibdi. Tibbiy muassasa sharoitlarida ham ayollarga yomon oqibatlar, hatto halokat tahdid soladi, ekspertlarning baholariga ko‘ra esa, abortlarning uchdan bir qismigachasi shifoxonadan tashqarida amalga oshiriladi. Abort – kelgusidagi naslsizlik imkoniyati, ichki tanglik va tashqi qoralash bilan bog‘liq ayol uchun og‘ir axloqiy-ruhiy silkinish.
Balog‘atga etmagan onalarning bola tug‘ishi alohida suhbat mavzui. Fiziologiya nuqtai nazaridan ham bu hol juda erta - qiz bolaning hali shakllanib ulgurmagan tanasi homiladorlik yukini zo‘rg‘a ko‘taradi, ijtimoiy nuqtai nazardan esa ona bo‘lgan qizcha ulkan murakkabliklarni boshdan kechiradi: uning mavqei ko‘plab muammolarni vujudga keltiradi. Ota-onalar, atrofdagilar, maktab ko‘pincha juda shafqatsiz munosabat bildiradi, hatto haydab yuboradi. Ayni paytda, ijtimoiy va axloqiy vaziyat bundan buyon balog‘atga etmaganlarning fohishaligini ham, tasodifiy jinsiy aloqalarining ham ko‘plab bo‘lishiga olib keladi. Maktab uchun ham, oilaning maslahatchisi bo‘lgan Ijtimoiy xizmat chi uchun ham tibbiy-ijtimoiy bilimlarni keng tarqatish, kontratsepsiyaning hozirgi xavfsiz vositalarini har tomonlama targ‘ib qilish birinchi darajali ahamiyatga molik hodisa deb hisoblanishi lozim.
Oilaviy nizolar va oiladagi zo‘rlashlar, hissiy kelishmovchiliklar, oilaviy rollarning nomutanosibligi va oiladagi majburiyatlarning adolatsiz taqsimlanishi, ichkilikbozlik va ko‘pgina boshqa muammolar - bularning barini hal qilish Ijtimoiy xizmat chining vazifasidir. SHuni yodda tutish zarurki, mijozlarning oilaviy muammolarini Ijtimoiy xizmat chi hal qilib bermaydi, balki oilaning o‘zi Ijtimoiy xizmat chi ko‘magida o‘zining muammolarini anglab etadi va ularni hal qilish uchun o‘zida kuch topadi.
XX asr so‘nggida yana bir global ijtimoiy muammo – oilaning emirilishi va transformatsiyasi muammosi vujudga keldi. Bu muammoni tadqiq qilish, hozirgi jamiyatda oila huquqlari masalalarida xalqaro ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbuskori bo‘lib Birlashgan Millatlar Tashkiloti maydonga chiqdi.
BMT hujjatlarida oilaning roli juda yuqori baholanadi. Oila jamiyatning asosiy hujayrasi bo‘lar ekan, odamni hissiy, moliyaviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tabiiy muhitni ta’minlaydi, madaniy qadriyatlarni saqlash va uzatish muhiti tarbiyaning asosiy muhiti hisoblanadi.
Hozirgi oilalar oldida turgan muammolar quyidagilar: qashshoqlik, ishsizlik, migratsiya, maishiy turmushdagi zo‘rlashlar, giyohvand moddalarni iste’mol qilish, OITS xastaligi, turmush darajasining pastligi, jinslar tengsizligi natijasida ayollar va qizlarga nisbatan diskriminatsiya, etnik ozchilikka mansub bo‘lgan oilalar a’zolariga nisbatan diskriminatsiya va boshqalar.
BMT hukumatlarga quyidagilarni tavsiya qiladi: birinchidan, milliy siyosatni shakllantirishda oila muammomolarini hisobga olish; ikkinchidan, oilalarga siyosatning tegishli sohalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkonini berish; uchinchidan, oila masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik va fikr almashishni har tomonlama rivojlantirish; to‘rtinchidan, oilaga yo‘naltirilgan va quyidagi masalalarni qamrab oladigan dasturlar ishlab chiqish: inson huquqlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy qurilishi, qishloqlarni rivojlantirish, oziq-ovqat bilan ta’minlash; ishchi kuchi, jinslar tengligi, bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar, jinoyatchilikning oldini olish va boshqalarni qamrab oladigan masalalar; beshinchidan, boshqa mamlakatlardagi bolalarni farzandlikka olishning xalqaro masalalarini hal qilishga qaratilgan murvatlarni ishlab chiqish, nikoh va ajralishlarni, migrantlarning o‘z oilalari bilan birikishi, qochqinlarning yoki qurolli nizolar natijasida chegaraning ikki tomonida bo‘lib qolganlarning holatini e’tirof etish haqidagi xalqaro bitimni ishlab chiqish.
Tavsiyalarda, shuningdek, oilalarga taalluqli barcha tadbirlarda nohukumat tashkilotlar va oilalarning o‘zini faol jalb etish; har yilning 15 mayini Xalqaro oila kuni deb e’lon qilish taklif etildi