Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə59/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi
(4 soat)

Ish jarayoni vaqti

Faoliyatning mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich.
Kirish (10/10 min.)

1.1. O‘quv mashg‘uloti mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi.

Mavzu nomini yozib oladi.

1.2. Tinglovchiga mavzu bo‘yicha tarqatma materiallarni tarqatadi.

Tinglaydi.

1.3.Mavzu bo‘yicha maruza mashg‘ulotlarining tayanch iboralarini va ma’ruza rejasiga izoh beradi

Tinglaydi, yozib oladi.

1.4. Doskaga tinglovchilar tomonidan aytilgan fikrlarni yozib boradi.

Tinglaydi, tushunchalarni sanab beradi va savollar beradi.

2-bosqich.
Asosiy
(60/60 min.)

2.1. Mavzu rejasining 1-savoli bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda tushunchaning mohiyati shakllantiriladi va tahlil qilinadi.

Tinglaydi.

2.2. Ma’ruza rejasining 1-4 savollari bo‘yicha tushuntiradi, har bir savolni nihoyasida umumlashtirib boradi. Mavzuni yoritish davomida faollashtiruvchi savollar beradi. Savollarga berilgan javoblar tinglanadi, umumlashtiriladi, keltirilgan misollar tavsiflanadi, savol xulosalanadi.
Mavzuning asosiy qismlariga e’tibor qaratadi va kerakli joylarini yozib borishni ta’kidlaydi. Har bir savol yakunida xulosalanadi.

Tinglaydi, yozib oladi, fikr bildiradi, savol beradi.

3-bosqich.
YAkuniy
(10/10 min.)

3.1. Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosa qilinadi.

Tinglaydi.

3.2. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.

O‘zini qiziqtirgan savollarni beradi.

3.3. Mavzu buyicha mustakil o‘rganish uchun topshiriqlar beradi.

Topshiriklarni yozib oladi.

3.4. Amaliy mashg‘ulotda o‘tiladigan mavzuni rejasi bilan tanishtiradi. Tayyorlanib kelish uchun topshiriqlar va tavsiyalar beradi.

YOzib oladi.

7. MAVZU: OILAGA YO‘NALTIRILGAN SOTSIAL XIZMAT
REJA:



  1. Zamonaviy jamiyatda oila evolyusiyasi, shu jarayonning O‘zbekistonga xos xususiyatlari.

  2. Oilani ijtimoiy himoyalash.

  3. Oilaga Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish.

“Oila – jamiyatning mo‘‘jaz in’ikosi, ulkan kishilik jamiyatining xavfsizligi uning butunligiga bog‘liq”. F. Adler


XXI asrda kimlar va qanday yashashi, qanday ishlashi hozirgi zamon oilasining o‘zini qanday ijtimoiy his qilishiga, u qanday bolalarni dunyoga keltirishiga va ularga qanday ma’naviy va jismoniy tarbiya berishiga bog‘liq.
Oila - nikoh yoki qarindoshlikka asoslangan kichik ijtimoiy guruh bo‘lib, uning a’zolari umumiy ro‘zg‘or, o‘zaro majburiyatlar va hissiy yaqinlik bilan bir-birlariga bog‘langan bo‘ladi. Nikoh jamiyat tomonidan ruxsat berilgan va boshqariladigan erkak va ayol munosabatlari shakli bo‘lib, u o‘zaro majburiyatlar va bolalarga nisbatan mas’uliyat hissini vujudga keltiradi.
Oilani ijtimoiy ish ob’ekti sifatida qabul qilar va uni murakkab ijtimoiy tizim sifatida ko‘rar ekanmiz, u bilan muloqotga kirishganda quyidagilarni hisobga olish zarur: uning tuzilmasi, muhiti, funksiyalarini bajarishi va rivojlanish tarixi.
Oila ijtimoiy tuzilma bo‘lib, jamiyatning ham bir aniq-tarixiy tiplarida o‘ziga xos xususiyatlarga; har bir milliy madaniyatda o‘z an’analariga ega bo‘ladi.
Oila deb nimani hisoblash, birinchi qarashda tuyilganiday oson ish emas. Erdagi turli mamlakatlarda oilaning turli-tuman tiplari mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari uzoq o‘tmishga borib taqaladigan munosabat shakllarini saqlab turuvchi ancha ekzotik tiplardir. SHuni ham aytish zarurki, oila-nikoh an’analari va urf-odatlari ancha konservativ xususiyatga ega bo‘lib, ko‘pgina arxaik xususiyatlarni o‘zida saqlab keladi. Ayni paytda, rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida hozirgi zamon ishlab chiqarishlari va hozirgi zamon shaharlashgan uslublarning tarqalishi bilan birga oilaning uncha ko‘p bo‘lmagan, bir-biriga o‘xshash modellari qaror topmoqda.
Eng keng tarqalgan tip nuklear (lotincha nuklerus - negiz) oila bo‘lib, u bolali yoki bolasiz ota-onalar juftligidan iborat bo‘ladi. Bunday oilalar Rossiya Federatsiyasi aholisi tarkibida 2/3 qismni tashkil etadi. Son jihatidan ikkinchi o‘rinni to‘liqsiz oilalar – ota-onalardan biri va bolalar tashkil etadi. Bunday oilalar taxminan 12 % ni tashkil etadi. Bunday oila yoki ajralish, yoki beva qolish, yoki bo‘lmasa yolg‘iz ayolning bola tug‘ishi natijasida vujudga keladi. Bir xonadonda uch avlod: ajdodlar juftligi (yoki ulardan bittasi), katta yoshlilar, bolalar va nevaralar yashasa, unda gap murakkab (ko‘p avlodli) oila to‘g‘risida borayotgan bo‘ladi. Murakkab va to‘liqsiz oila kombinatsiyasi bo‘lishi ham mumkin.
Nuklear oilalarning ustuvorligi aholi safarbarligining ortishi va ommaviy shaharlashish, uy-joy qurilishining keng quloch yoyishi va katta yoshli bolalarning ota-ona an’anaviy hukmidan emansipatsiyalashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Bunday iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar ota-onalardan alohida turmush kechirishga qaratilgan barqaror psixologik ustanovkaning shakllanishiga olib keldi, lekin ota-onalarning yordamini katta yoshli bolalar ma’naviy e’tirozsiz qabul qilishadi va juda ma’qullashadi. Bu o‘rinda oiladagi bolalar soni bilan bavosita aloqa mavjud: an’anaviy murakkab oilada keksa ona kichik bolalarga qarar va uy xo‘jaligini yuritar edi, buvisiz oilada esa ishlayotgan ona odatda, bir nechta bola tug‘ish imkoniga ega emas.

Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin