Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə57/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi
(2 soat)



Ish jarayoni vaqti

Faoliyatning mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich.
Kirish (10 min.)

1.1. O‘quv mashg‘uloti mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi.

Mavzu nomini yozib oladi.

1.2. Tinglovchiga mavzu bo‘yicha tarqatma materiallarni tarqatadi.

Tinglaydi.

1.3.Mavzu bo‘yicha maruza mashg‘ulotlarining tayanch iboralarini va ma’ruza rejasiga izoh beradi

Tinglaydi, yozib oladi.

1.4. Doskaga tinglovchilar tomonidan aytilgan fikrlarni yozib boradi.

Tinglaydi, tushunchalarni sanab beradi va savollar beradi.

2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1. Mavzu rejasining 1-savoli bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda tushunchaning mohiyati shakllantiriladi va tahlil qilinadi.

Tinglaydi.

2.2. Ma’ruza rejasining 1-4 savollari bo‘yicha tushuntiradi, har bir savolni nihoyasida umumlashtirib boradi. Mavzuni yoritish davomida faollashtiruvchi savollar beradi. Savollarga berilgan javoblar tinglanadi, umumlashtiriladi, keltirilgan misollar tavsiflanadi, savol xulosalanadi.
Mavzuning asosiy qismlariga e’tibor qaratadi va kerakli joylarini yozib borishni ta’kidlaydi. Har bir savol yakunida xulosalanadi.

Tinglaydi, yozib oladi, fikr bildiradi, savol beradi.

3-bosqich.
YAkuniy
(10 min.)

3.1. Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosa qilinadi.

Tinglaydi.

3.2. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.

O‘zini qiziqtirgan savollarni beradi.

3.3. Mavzu buyicha mustakil o‘rganish uchun topshiriqlar beradi.

Topshiriklarni yozib oladi.

3.4. Amaliy mashg‘ulotda o‘tiladigan mavzuni rejasi bilan tanishtiradi. Tayyorlanib kelish uchun topshiriqlar va tavsiyalar beradi.

YOzib oladi.

6. MAVZU: IJTIMOIY XIZMAT AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMIDA
REJA:

  1. Ijtimoiy xizmat sohasida xalqaro institutsional mexanizmlar.

  2. Ijtimoiy siyosat sohasida xalqaro xuquqiy mexanizmlar.

  3. Aholining «zaif» qatlamlari – ayollar bolalar, qariyalar va nogironlarga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosat

Platon, Aristotel, Bekon, Gobbs, Makiavelli, XVIII asr fransuz materialistlari, Feyerbax, Kant, Gegel va boshqa falsafiy maktablarning ko‘plab vakillari asarlaridayoq siyosatga davlatni boshqarish san’ati, davlat ishlarini yuritish, davlatni mamlakat ichkarisida va tashqarisida taqdim qilish deb qaralgan edi.
Siyosat va siyosiy hayotga axloqiy me’yorlar, fan, din, madaniy va boshqa an’analar, urf-odatlar ta’sir o‘tkazadi. Siyosat – davlat hokimiyatini qo‘lga kiritish, saqlab qolish va undan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasi.
Siyosatning markaziy sub’ekti davlatdir. Har qanday jamiyat umumiy funksiyalarga ehtiyoj sezadi, ularsiz yashay olmaydi. Odamlar shu maqsadda jamiyatning ichkarisida mehnat taqsimotining yangi sohasini, hokimiyat va boshqaruv organlarini tashkil qiladilar va ular o‘ziga xos manfaatlar orttirib o‘zlariga vakolat berganlarga nisbatan mustaqil bo‘lib oladilar. Davlat instituti shu yo‘l bilan paydo bo‘ladi. Davlatning uzviy atributi tashkiliy kuch bo‘lib, unga o‘zining irodasini ro‘yobga chiqarish, jamiyatda yashayotgan odamlarning xulq-atvoriga biror vosita: obro‘, huquq, zo‘ravonlik yordamida hal qiluvchi ta’sir o‘tkazish imkonini beradi.
Hokimiyat – kishilik jamiyatining zaruriy elementi bo‘lib, unga butunlik, boshqariluvchanlik, tashkiliylik va tartib baxsh etadi.
Siyosat o‘zining tuzilmasiga ko‘ra, ichki va tashqi siyosatga bo‘linadi. Davlat ichki siyosatining asosiy mazmunini mazkur jamiyatdagi ijtimoiy qatlam va guruhlarning mavjud davlat hokimiyatiga munosabati; jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarning uzoq muddatli, barqaror manfaatlari, ularning o‘zaro munosabatlari va boshqalar tashkil etadi.
Davlatning tashqi siyosatiga nisbiy mustaqillik xos bo‘lib, u xalqaro maydonda ijtimoiy, milliy va davlat manfaatlarining namoyon bo‘lishidagi o‘ziga xoslik bilan bog‘liq. Tashqi siyosat muvaffaqiyatining zaruriy sharti davlatning xalqaro obro‘si, uning xalqaro hayotdagi etakchi tamoyillar va jarayonlarga ta’sir o‘tkazish darajasi hisoblanadi. ¡z navbatida ichki siyosat sohasidagi muvaffaqiyatlar davlatning tashqi siyosatida ham o‘z ifodasini topadi. Uning xalqaro maydondagi kuchi, obro‘si va ommaviyligini o‘stiradi.
Ijtimoiy siyosat davlat ichki siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, uning ijtimoiy dasturlari va amaliyotida o‘z ifodasini topadi va jamiyatdagi munosabatlarni aholi asosiy ijtimoiy guruhlari manfaatlari yo‘lida va shu manfaatlar orqali tartibga soladi. Ijtimoiy siyosat kelib chiqishiga ko‘ra, barcha ijtimoiy vazifalarni hal qilishning belgilovchi moddiy asosi bo‘lgan va bo‘lib kelayotgan iqtisodiyotga nisbatan ikkilamchidir. Har qanday ijtimoiy dasturlar agar ular iqtisodiy jihatdan ta’minlangan bo‘lmasa, ular hech narsaga arzimaydi. Biroq, iqtisodiyot va siyosatning munosabatlarini davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosati orasidagi munosabatlarga tenglashtirib bo‘lmaydi. Bu o‘rinda siyosatning har ikki turi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Unda goh biri, goh ikkinchisi etakchilik qiladi.
Kishilarning ehtiyojlariga har qanday e’tiborsizlik, mehnat, maishiy turmush, hordiqning ijtimoiy jihatlariga e’tiborning pasayishi, odamlarning qonuniy manfaatlarini har qanday cheklashlar oxir-oqibat ijtimoiy adolat tamoyiliga zid bo‘lib, ishlab chiqarishning pasayishi va jamiyat yoki mintaqada ijtimoiy taranglikning keskinlashuviga olib keladi.
Hozirgi bosqichda ijtimoiy siyosatning bosh vazifalaridan biri – aholini iqtisodiyotdagi bozor munosabatlarining salbiy oqibatlari ta’siridan ijtimoiy himoyalash. Bu aholi pul daromadlari va tovar zahiralari o‘rtasidagi muvozanatni saqlab turishni; fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun qulay imkoniyatlar yaratishni; aholi uchun xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, uning tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga bo‘lgan talabini qondirishni; aholi salomatligini mustahkamlashning moddiy bazasini kengaytirish, uning ma’lumot va madaniy darajasi o‘sishini nazarda tutadi.
Davlat siyosatida jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy hodisa va faktlarning, shaxs va jamiyat o‘zaro munosabatlarining, shuningdek, shaxslararo munosabatlarning bahosi hisoblanadigan va shaxsning, guruhning jamiyatdagi roli va ijtimoiy mavqei orasidagi, faoliyat va uning mukofoti, mehnat va haq, jinoyat va jazo, odamlarning xizmati va ularning ijtimoiy e’tirof etilishi o‘rtasidagi mutanosiblikni ifodalaydigan ijtimoiy adolatni ta’minlash muhim o‘rin tutadi. Ular o‘rtasidagi har qanday nomutanosiblik adolatsizlik sifatida baholanadi.
Ijtimoiy adolat joylardagi ijtimoiy ish tizimi yordamida aniqlashtirilishi va to‘ldirilishi lozim. SHunday qilib, siyosat va ijtimoiy ish o‘zaro bog‘liqdir. Ijtimoiy ish ijtimoiy siyosatning namoyon bo‘lish usuli, shaklidir. Boshqa tomondan esa ijtimoiy siyosat ijtimoiy ishda ro‘yobga chiqadi. Biroq, ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ishning birligi ularning aynanligini anglatmaydi. Ijtimoiy ish o‘z mazmuniga ko‘ra, ijtimoiy siyosatga nisbatan boyroq, tadrijiyroq, harakatchanroqdir, ayni paytda, ijtimoiy siyosat ijtimoiy ishga nisbatan hal qiluvchi asos bo‘lish bilan birga ko‘proq barqarorlikka ega.
Ijtimoiy siyosat – davlat, tijoriy tuzilmalar va nohukumat jamoat birlashmalarining aholi zaruriy ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha amalga oshirayotgan tadbirlarining maqsadga yo‘naltirilgan tizimi.
Davlat sektori ijtimoiy siyosatining eng muhim vazifasi quyidagilar orqali ijtimoiy hayotdagi muvozanatning muayyan darajasiga erishish: a) tabiiy ofatlar, ocharchilik, kasalliklar, global jarayonlarning maksimal salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha davlat kafolatlarini berish; b) moddiy boyliklarni qayta taqsimlash, mamlakatda erishilgan turmush darajasini soliqlar, homiylik ishlarini rivojlantirish, tadbirkorlikni repressiv vositalar bilan birgalikda qo‘shib ta’minlashga yo‘naltirilgan tashkiliy harakatlarni muvofiqlashtirish.
Ijtimoiy siyosat jamiyatning joriy va istiqboldagi manfaatlari, turli qatlamlar, ijtimoiy institutlar manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilish, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot uchun zaruriy “to‘laydigan haqi”ni pasaytirish va korreksiya qilishga yo‘naltirilgan. SHu munosabat bilan ijtimoiy siyosat farovonlikni rivojlantirish, aholi turli qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash miqyoslaridagi ustuvorliklarni belgilashga bevosita aloqador.
Odatda, ijtimoiy siyosat ijtimoiy ishning turli shakllari, davlatning bir martalik yirik qarorlari va tadbirlari, shuningdek, ijtimoiy (maxsus va kompleks) dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Oqilona ijtimoiy siyosat insonning, demokratik jamiyat fuqarosining erkin rivojlanishi va sha’niga mos turmush darajasini ta’minlaydigan sharoitlarni tug‘dirishga qaratilgan bo‘ladi. Inson, uning huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadi. Inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini saqlash, e’tirof etish va himoya qilish davlatning eng muhim majburiyati hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosat amalga oshirilishida maxsus murvatlar mavjud bo‘lib, ular jumlasiga Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, Ijtimoiy xizmat lar, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy muhofaza, ijtimoiy yordam va o‘ziga-o‘zi yordam ko‘rsatishlar kiradi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish - og‘ir turmush vaziyatiga (inson tomonidan shaxsan o‘zi uchun qiyin sharoit sifatida idrok qilinadigan yoki uning me’yoriy hayot faoliyatini ob’ektiv tarzda buzadigan: nogironlik, o‘ziga xizmat ko‘rsatishga layoqatsizlik, etimlik, qarovsizlik, kam ta’minlanganlik, nizolar va oiladagi shafqatsiz munosabat, yolg‘izlik va boshqalar) tushib qolgan fuqarolar va oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-maishiy, tibbiy-ijtimoiy, psixologik, huquqiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiya qilishga yo‘naltirilgan faoliyat. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tegishli Ijtimoiy xizmat lar (davlat, munitsipal, xususiy va boshqalar) orqali mijozning, uning homiysi, vosiysi yoki boshqa qonuniy vakili murojaati orqali pulli yoki bepul amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlari:
moddiy yordam: pul mablag‘lari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, sanitariya va gigiena vositalari, bolalarga qarash predmetlari, kiyim-kechak, poyafzal, kundalik zaruriy predmetlar; nogironlikning oldini olish, nogironlar va tashqaridan qarovga muhtoj shaxslarni reabilitatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan maxsus naqliyot va texnika vositalari;
doimiy nostatsionar xizmat ko‘rsatishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar va oilalarga ijtimoiy vosiylik: ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rinishidagi yordam, tibbiy yoki boshqa ko‘mak olishga yordamlashish, bolalarga qarash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish layoqatini qisman yoki to‘laligicha yo‘qotgan va o‘zgalarning doimiy qaroviga muhtoj kishilarga statsionar xizmat: hayot faoliyati uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, tibbiy, psixologik, ijtimoiy xarakterdagi tadbirlar o‘tkazish, oziq-ovqat, qarov bilan ta’minlash, imkoniyati darajasida mehnat faoliyati, dam olish, hordiqni tashkil etish;
turar joyi va aniq mashg‘uloti bo‘lmagan fuqarolarga, shunday yordamga muhtoj bo‘lgan qarovsiz bolalar va o‘smirlarga vaqtincha boshpana berish;
o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish va faol harakatlanish layoqatini saqlab qolgan fuqarolarning; og‘ir hayot sharoitiga tushib qolganlarning kunduzgi statsionarlarda bo‘lishini tashkil etish;
fuqarolar va oilalarga hayot faoliyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy va tibbiy-ijtimoiy jihatdan ta’minlashda, psixologik-pedagogik yordam, huquqiy muhofazada maslahatlar bilan yordam berish;
reabilitatsiya xizmatlari: nogiron fuqarolarning kasbiy, ijtimoiy, ruhiy reabilitatsiyasiga ko‘maklashish; balog‘atga etmaganlar va xulq-atvori jamiyat uchun xavfli bo‘lgan fuqarolar bilan reabilitatsiya ishlari olib borish.
Ijtimoiy xizmat lar - Ijtimoiy xizmat mijozlariga Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlariga mos ravishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha hatti-harakatlar. Xizmatlar pulli yoki bepul bo‘lishi mumkin. Bepul xizmatlar quyidagilarga ko‘rsatiladi:
yoshi, xastaligi, nogironligi tufayli o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish layoqati bo‘lmagan fuqarolarga va daromadlari to‘rt minimal ish haqidan past bo‘lgan shaxslarga;
ishsizlik, tabiiy ofatlar, falokatlar, avariyalar, majburiy migratsiyalar tufayli favqulodda hayot vaziyatiga tushib qolgan fuqarolarga;
balog‘atga etmagan etim va qarovsiz bolalarga;
har bir a’zosiga olinadigan o‘rtacha daromad to‘rt minimal ish haqidan past bo‘lgan oilalarga.
RF sub’ektlari davlat hokimiyati va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan bepul xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha asoslar belgilanishi mumkin. Davlat va munitsipal Ijtimoiy xizmat larida pulli Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda, xususiy va boshqa xizmatlarda mustaqil yoki o‘zaro kelishilgan asosda ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy reabilitatsiya - ijtimoiy rollarni bajarishga axloqiy-ruhiy moslashtirishni optimallashtirishga, jismoniy kamchiliklarga ega bo‘lgan (nogiron) odamlarni ishga joylashga; jismoniy, ruhiy va ijtimoiy funksiyalarni, odamning shaxsiy va ijtimoiy-mehnat mavqeini tiklash, korreksiya yoki kompensatsiya qilishga yo‘naltirilgan tadbirlar (tashkiliy-mehnat, o‘quv, tibbiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik va boshqalar) tizimidir.
Ijtimoiy himoya odamning hayoti va faol mavjudligi ehtiyojlarini qondirish, hayot sharoitining minimal darajasini kafolatlashga qaratilgan tadbirlar va muassasalar tizimi. Ijtimoiy himoya har bir odamga uning huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun, shu jumladan, me’yoriy turmush kechirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ro‘yobga chiqarish uchun real imkoniyatlarga yaratishga yo‘naltirilgan ijtimoiy va huquqiy kafolatlar yig‘indisiga asoslanadi. Aholining eng kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash davlat tuzilmalari, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida amalga oshiriladi. Ijtimoiy himoya ish kuni davomiyligini qisqartirish, ish haqi, pensiya, nafaqa, turli ijtimoiy to‘lovlar hajmini oshirish, turli yo‘nalishdagi ijtimoiy va psixologik xizmatlarni tashkil qilish, imtiyozli xizmatlar ko‘rsatish va boshqalar bilan bog‘liq. Ijtimoiy himoyaning yo‘qligi yoki zaifligi ijtimoiy taranglikning o‘sishiga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga, noroziliklarga, agressivlikka olib keladi.
Ijtimoiy yordam (qo‘llab-quvvatlash) hayotiy zarur bo‘lgan muhim ehtiyojlari va faol turmush kechirish ehtiyojini qondirishga muhtojlik sezayotgan kam ta’minlangan ijtimoiy guruhlar, oilalar, alohida shaxslarning qoniqarli turmush sharoitlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya shakllaridan biri. Ijtimoiy yordam turli shakllarda: pul to‘lovlari, natura ko‘rinishida, xizmatlar va imtiyozlar shaklida muhtojlarga davlat tomonidan kafolatlangan va munitsipal va mahalliy organlari, korxonalar, tashkilotlar, xayriya jamg‘armalari, xususiy shaxslarning badallari va boshqalar hisobiga amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya shakllariga qo‘shimcha tarzda ko‘rsatiladi. Ijtimoiy yordam ko‘rsatishda boshqa tamoyillar bilan bir qatorda adreslilik va ustuvorlik tamoyili ham muhim rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy o‘ziga-o‘zi yordam ko‘rsatish – o‘zining turmush kechirishi uchun tegishli shart-sharoitni ta’minlash maqsadida alohida individ yoki muayyan ijtimoiy guruh tomonidan qo‘llanadigan ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-pedagogik vositalar yig‘indisi.

Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin