Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə16/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Java MAJMUA

1. Massiv o‘zi yaratilmoqda.
2. Shu massiv uchun xotiradan joy ajratilmoqda.
Endi, yuqoridagi misolni massiv orqali ifodalaymiz.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25

class test{
public static void main(String args[]) {
int temp_mes[];
temp_mes=new int[12];
temp_mes[0]=21;
temp_mes[1]=26;
temp_mes[2]=32;
temp_mes[3]=24;
temp_mes[4]=28;
temp_mes[5]=43;
temp_mes[6]=35;
temp_mes[7]=29;
temp_mes[8]=23;
temp_mes[9]=19;
temp_mes[10]=21;
temp_mes[11]=11;
float rez;
rez = (temp_mes[0]+temp_mes[1]
+temp_mes[2]+temp_mes[3]
+temp_mes[4]+temp_mes[5]
+temp_mes[6]+temp_mes[7] +temp_mes[8]+temp_mes[9]
+temp_mes[10]+temp_mes[11])/12;
System.out.println (rez);
}
}

«temp_mas» nomli 12 ta elementdan iborat massiv yaratilmoqda va har bir elementiga biror qiymat berilmoqda, shundan so‘ng, massivning barcha elementlari qo‘shilib, 12 soniga bo‘lindi, «rez» nomli o‘zgaruvchiga yozildi va oxirida ekranga chiqarildi. Massiv elementlariga qiymat berish uchun, massiv nomi va qaysi elementligi qavs ichida( [ ] ) yozilib, undan so‘ng kerakli qiymat beriladi. Bu dasturlash tilida, massiv elementlari «0» dan boshlanadi, agar massivni birinchi elementiga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, temp_mas[0]ko‘rinishida chaqirasiz.
Aytishingiz mumkin, massivni ishlatib, kodlari uzunlashtirib yubordik deb, lekin massivni biroz qisqartirishimiz mumkin bo‘ladi.
Massivni e’lon qilish va joy ajratishni bitta qatorda amalga oshirish mumkin.
int temp_mas[ ] = new int[12];
Massivga qiymat berishda, ularni e’lon qilayotgan paytda berish mumkin, bunda «new» orqali xotiradan joy ajratish shart emas, elementga qarab o‘zi joy ajratiladi.
int temp_mes[ ]={21,26,32,24,28,43,35,29,23,19,21,11};
Shunda yuqoridagi kod quyidagiga keladi:

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13

class test{
public static void main(String args[]) {
int temp_mes[]= {21,26,32,24,28,43,35,29,23,19,21,11};
float rez;
rez = (temp_mes[0]+temp_mes[1]
+temp_mes[2]+temp_mes[3]
+temp_mes[4]+temp_mes[5]
+temp_mes[6]+temp_mes[7]
+temp_mes[8]+temp_mes[9]
+temp_mes[10]+temp_mes[11])/12;
System.out.println (rez);
}
}

Oldingi maqolada bir o‘lchamli massivlar haqida gaplashib o‘tdik, endi ko‘p o‘lchamli massivlarni ko‘rib chiqamiz. Ko‘p o‘lchamli massivlar ikki o‘lchamli, uch o‘lchamli, to‘rt o‘lchamli vahakazo bo‘lishi mumkin. Odatda, ko‘p o‘lchamli massivlarning ikki o‘lchamliligi ishlatiladi, shuning uchun bu maqola ikki o‘lchamli massivlarga bag‘ishlanadi.


Ikki o‘lchamli massiv bu matritsa hisoblanib, ustun va qatorlardan iborat bo‘ladi. Ustun va qatorlarning kesishgan joyida massiv elementlari joylashgan bo‘ladi. Keling bir o‘lchamli massivni rasmda ifodalaylik.

Har bir yacheyka alohida o‘zgaruvchidir, bu tip massivga misol ko‘ramiz.

1
2
3
4
5
6
7
8

class test{
public static void main(String args[ ]) {
int odn_mas[ ]= {21,26,122,24,31,45,32};
int rez;
rez = (odn_mas[2]);
System.out.println (rez);
}
}

Bir o‘lchamli massiv yaratilmoqda va bu massivning uchinchi elementini «rez» nomli o‘zgaruvchiga berilmoqda. Javob, 122 dan iborat bo‘ladi.
Endi, ikki o‘lchamli massivni ko‘rib chiqamiz, bu tip massiv rasmda quyidagicha bo‘ladi, ya’ni matritsa ko‘rinishida.

Ko‘rinib turibdiki, massiv ustun va qatorlardan iborat ekan. Massiv o‘lchami 6*7 ko‘rinishida deyiladi. Bu massiv 43 ta elementdan iborat bo‘lib, 6 qator va 7 ustundan tashkil topgan. Bu massivni quyidagicha e’lon qilamiz.
int mas[ ][ ] = new int[6][7] ;
Bunday massivni e’lon qilish uchun, 2 ta indeksdan foydalanilmoqda: chap tomondagi indeks qatorni, o‘ng tomondagi indeks esa ustunni ko‘rsatmoqda, misol ko‘ramiz.

1
2
3
4
5
6
7
8
9

class test{
public static void main(String args[]) {
int kup_mas[ ][ ]= new int[6][7];
kup_mas[3][2]=122;
int rez;
rez = (kup_mas[3][2]);
System.out.println (rez);
}
}

Natija 122. Demak, ikki o‘lchamli, 6 ta qator va 7 ta ustundan iborat «kup_mas» nomli massiv yaratilmoqda. Keyin, to‘rtinchi qator, uchinchi ustuniga «122» raqami yozilmoqda va shu element «rez» nomli o‘zgaruvchiga yozilib, ekranga chiqarilmoqda. Bir o‘lchamli massiv kabi, ikki o‘lchamli massivda ham indekslar «0«dan boshlanadi. Misol unchalik chiroyli emas, lekin massiv elementlariga murojaatni shu sodda misolda tushunish oson.
Ikki o‘lchamli massivda ham, qiymatlarni e’lon qilish paytida berish mumkin, bunda har bir qator qiymatlari figurali qavsga olinadi.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12

class test{
public static void main(String args[ ]) {
int kup_mas[ ][ ]= {
{3,5,7,12,43,65},
{56,76,34,9,122,5},
{43,12,4,21,7,9}
};
int rez;
rez = (kup_mas[1][2]);
System.out.println (rez);
}
}

Natija 34 ga teng, ya’ni ikkinchi qator, uchinchi ustun qiymati chiqarilmoqda. Agar shunday e’lon qilsangiz, bu tip massiv matritsa ekanligini yaqqol ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin