Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə12/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Java MAJMUA

Kalit so’z va iboralar: Java, arifmetik operator, bitli operator, solishtirish operatori, mantiqiy operator.
Javada o’zgaruvchilar va ularni o’zgartirish
Boshqa dasturlash tillari kabi, Java dasturlash tilida ham, «o‘zgaruvchilar» deb nomlangan termin mavjud. O‘zgaruvchilar — o‘z shaxsiy, takrorlanmas nomiga ega bo‘lgan va tezkor xotiradan ma’lum bir joy oladigan konteyner hisoblanadi. Dastur yozish mobaynida, o‘zgaruvchiga biror qiymat yozib qo‘yiladi va kerak paytda shu o‘zgaruvchi chaqirilib, biriktirilgan qiymat olib ishlatiladi, shu bilan birga bu qiymat tezkor xotira yacheykasiga ham saqlanadi.
Misol ko‘ramiz,

1
2
3
4
5
6
7
8

class test{
public static void main(String args[ ]) {
int num;
num=100;
System.out.println (num);
System.out.println ("num qiymati"+num);
}
}

Proyekt yig‘ilib, kompilyatsiya qilganimizdan so‘ng, quyidagi natijani olamiz.

Dasturda klass nomi «test«, eslatib o‘taman, Java dasturi klasslardan tashkil topgan bo‘ladi(class kalit so‘zi orqali yaratiladi), dasturchi tomonidan klassga nom(test) beriladi, dasturdagi barcha amallar shu klass ichida amalga oshiriladi.
Uchinchi qatorda(int num) «int» tipida(tiplar haqida) «num» nomli o‘zgaruvchi yaratilmoqda. Javada o‘zgaruvchini ishlatishdan oldin, bu o‘zgaruvchi e’lon qilinishi lozim. Avval o‘zgaruvchi tipi, so‘ng probeldan keyin uning nomi beriladi. O‘zgaruvchi tipi, dasturga qo‘yilgan vazifadan kelib chiqadi. Aytib o‘tkanimizdek, o‘zgaruvchi o‘zida biror qiymat saqlaydi(raqam, simvol,…), bizning misolda «num» nomli o‘zgaruvchi butun «100» sonini saqlaydi(4-chi qatorda ). Qiymat berish «=» belgisi orqali amalga oshiriladi.
Keyingi qatorda, biz bilgan ekranga chiqarish buyrug‘i(System.out.println) ishlatilmoqda. Bu operator qavs ichidagi yozuvni yoki o‘zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarish uchun ishlatiladi. Bizning holda, dastlab, qavs ichida o‘zgaruvchi nomi berilmoqda, bu degani o‘zgaruvchining qiymatini ekranga chiqar deganidir. Biz ko‘rganimizldek, o‘zgaruvchi nomi qo‘shtirnoq ichida yozilmayapti, bu orqali biz kompilyatorga bu nom matn emas, balki o‘zgaruvchi ekanligini bildirmoqdamiz.
Navbatdagi qatorda, ekranga chiqarish operatori ham matnni, ham o‘zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarmoqda. Bu yerda yaqqol ko‘rish mumkinki, matn qo‘shtirnoq ichida, o‘zgaruvchi esa qo‘shtironoqsiz yozilmoqda. Ularni birlashtirish uchun «+» belgisidan foydalanilmoqda.
Endi, o‘zgaruvchilarni qanday e’lon qilish mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Dasturda, bir necha o‘zgaruvchilar e’lon qilinishi mumkin, ular quyidagicha amalga oshiriladi.
int num;
int rom;
byte bob;
double kom;
Bu e’lon qilishlarni, bir hil tiplarini birlashtirish ham mumkin.
int num, rom;
byte bob;
double kom;
O‘zgaruvchi nomlari identifikatorlar deb nomlanadi. Identifikatorlar ma’noli(tushunarli) bo‘lishi lozim, keyinchalik kodlarni ochib ko‘rganda qanday identifikatorligini darhol bilish mumkin bo‘lsin. Identifikatorga nom berganda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
— identifikator nomlari harflardan, sonlardan, chiziqlardan va «$» dan iborat bo‘lishi mumkin;
— o‘zgaruvchi nomlarining bosh harfi, harflardan, chiziqlardan yoki «$» belgisidan boshlanishi mumkin, lekin raqamlardan boshlanmasligi lozim, kompilyator son va identifikatorni almashtirib yuborishi mumkin;
— identifikator uzunligi istaganingizcha bo‘lishi mumkin, hohlasangiz 100 ta simvol.
— Java tili registrga bog‘liq bo‘lib, bu o‘zgaruvchiga ham ta’sir qilgan, ya’ni «var» bilan «Var» identifikatori har xil o‘zgaruvchidir;
— identifikator zahiralangan so‘zlardan foydalanmaslik lozim(abstract, assert, boolean, break, byte, case, catch, char, class, const, continue, default, do, double, else, enum, extends, final, finally, float, for, goto, if, implements, import, instanceof, int, interface, long, native, new, package, private, protected, public, return, short, static, strictfp, super, switch, synchronized, this, throw, throws, transient, try, void, volatile, while). Bu so‘zlarni iloji boricha hammasi bilan maqolalar davomida tanishib chiqamiz. Undan tashqari, «true«, «false«, «nul» so‘zlarini ham ishlatib bo‘lmaydi.
Dastur ichidagi barcha amallar operatorlardir, ya’ni

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin