Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə10/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
Java MAJMUA

2. Ko‘p qatorli kommentariya. «/*» belgilar bilan boshlanib, «*/» belgilar bilan tugaydigan kommentariya turi. Bunda, shu blok orasidagi barcha yozuv kommentariyaga o‘tadi. Misol,

1
2
3
4
5

class test {
/* public static void main(String[ ] args){
System.out.println("HellO WorlD");
} */
}

Kompilyator klass ichidagi barcha kodlarni inobatga olmaydi.
Java dasturlash tili, tiplarga qat’iy e’tibor beradigan til hisoblanadi, ya’ni dasturda ishlatiladigan barcha ma’lumotlar uchun tip e’lon qilinishi lozim.
Java dasturlashda, ma’lumotlar uchun 8 turdagi oddiy tiplar mavjud, keling ular bilan tanishib chiqamiz.
1. Butun sonlar. Bu tipdan, dasturda butun sondagi ma’lumotlarni ishlatish uchun foydalaniladi. Bu tipdagi qiymat musbat va manfiy bo‘lishi mumkin. Java dasturlash tilida, quyidagi 4 ta butun sonli tiplar mavjud:

Dasturda qo‘yilgan vazifa asosida, kerakli butun tiplardan biri tanlanadi. Kichik butun sonlar uchun «long» tipini ishlatishdan ma’no yo‘q. Agar katta hajmdagi proyekt bo‘lsa, tezkor xotiradan ancha joy faqat tiplarning o‘ziga ketib qoldi. Misol uchun, temperaturani aniqlash uchun, hattoki «short» tipi ham kerak emas, «byte» tipi bilan ham qo‘yilgan vazifani bajarish mumkin.
2Xaqiqiy tip. Dastur yozish mobaynida, haqiqiy tiplar kerak bo‘lib qolsa, ya’ni butun va kasr qismdan iborat sonlar ishlatilsa, bu tipdan foydalanish mumkin. Butun tiplar kabi, xaqiqiy tiplarning ham bir necha turlari mavjud:

«float» tipi ba’zi protsessorlarda tezroq ishlaydi, kichikroq aniqlikdagi qiymatlar uchun ishlatiladi, agar qiymat juda kichik yoki juda katta bo‘lsa bu tipni ishlatib bo‘lmaydi. Bunday holda «double» tipidan foydalaniladi. Matematik amallarni bajarishga mo‘ljallangan protsessorlarda, bu tip hattoki «float«dan ham tez ishlaydi. Shunday ekan, har doimgidek, qo‘yilgan vazifaga qarab tip tanlanaveradi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin