int num; — o‘zgaruvchi e’lon qilish operatori.
num=100; — qiymat berish operatori.
System.out.println() — ekranga chiqarish operatori.
Barcha operatorlar «;» belgisi orqali ajratilishi lozim.
YUqoridagi misolni qisqartirib, ya’ni o‘zgaruvchini e’lon qilish va qiymat berishni birlashtirish ham mumkin:
int num=100;
Identifikatorlarni dasturda dinamik e’lon qilish ham mumkin. Bunda identifikator e’lon qilinadi va darhol dasturda ishlatiladi.
int a = 100;
int b = 200;
int c = a+b;
«s» o‘zgaruvchi dinamik ravishda e’lon qilingan hisoblanadi, ya’ni e’lon qilinib, darhol amal bajarmoqda.
Oldingi maqolalarda aytib o‘tganimdek, Java dasturlash tili tiplarga katta e’tibor beradi va har bir o‘zgaruvchi albatta biror tipga oid bo‘lishi shart. Tiplar haqida yozib o‘tdim va tushunarli bo‘ldi degan umiddaman. Tushunarli bo‘lgan bo‘lsa, bu tiplarni bir-biriga o‘zgartirish imkonini ko‘rib chiqamiz, misol uchun «double» tipiga «int» tipiga oid o‘zgaruvchi qiymatini berish mumkin. Bu degani, tezkor xotiradan 8 bayt ajratilgan «double» tipiga, 4 bayt ajratilgan «int» tipi qiymatini berish mumkin. Nazariy tushuntirdim, endi java kodlari orqali ko‘rsataman.
O‘zgartirishni quyidagi usullar orqali amalga oshirish mumkin.
Avtomat o‘zgartirgich.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
|
class test{
public static void main(String args[ ]) {
int num;
num=200;
double rez;
rez=num;
System.out.println (rez);
}
}
|
Bu o‘zgartirgich avtomat o‘zgartirish hisoblanadi. Dastlab, klass ichida «int«tipidagi, «num» nomli o‘zgaruvchi yaratdik va bu o‘zgaruvchiga «200» qiymatini berdik. Undan so‘ng, «double» tipida «rez» nomli o‘zgaruvchi yaratib, unga «int» tipidagi «num» nomli o‘zgaruvchini qiymatini berdik. Bunda avtomat o‘zgartirish amalga oshirildi va quiydagi natijani oldik.
Natijadan ko‘rinib turibdiki, 200 soni 200.0 ko‘rinishiga kelib qoldi. Endi bu qiymat «double» tipiga o‘zgartirildi va haqiqiy songa aylandi.
Bu avtomat o‘zgartirishni, har doim ham ishlatib bo‘lmaydi. Ishlatish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
— o‘zgartiriluvchi tip uzunligi, o‘zgargan tip uzunligidan kichik bo‘lishi lozim;
— tiplar bir-biriga mos kelishi kerak.
Tip uzunligi deganda, oraliq qiymat tushuniladi, misol uchun, «double» tipi qabul qiladigan qiymatlar «int» tipi qabul qiladigan qiymatlardan katta, shuning uchun avtomat almashtirish mumkin, lekin teskarisi mumkin emas. Chunki, tezkor xotiradan ajratiladigan joy kichik bo‘lib, katta hajmdagi qiymatlarni qabul qila olmaydi.
Tiplarning bir-biriga mos kelish, tushunarli, barcha sonlar bir biri bilan mos keladi(haqiqiy va butun), lekin sonlar «char«, «boolean» tiplari bilan mos kelmaydi, shuning uchun avtomat o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |