3. Simvolli tip — char. Bu tip simvollarni saqlash uchun ishlatiladi. Misol uchun, sonlar, raqamlar, belgilar va hakazo. Java tilida simvollarni saqlash uchun Unicode kodirovkasidan foydalaniladi. Bu kodirovkada, barcha simvollar raqamlar ko‘rinishida bo‘ladi. Misol uchun, «A» simoli unicodeda 0410 raqami bilan belgilangan. Demak, barcha simvollarni(barcha davlat tillaridagi harflarni ham) raqam orqali ifodalash mumkin ekan.
Bu tip tezkor xotiradan 2 bayt joy oladi va uning oraliq qiymati 0 dan 65536 gachadir. Dastur tuzishda simvollar uchun, shu tipning o‘zi kifoya qiladi.
4. Logik tip — boolean. Bu tip 2 xil qiymatni qabul qilishi mumkin: true, false. Juda kerakli va ahamiyatli tip, odatiy qiymati «false» hisoblanadi.YUqoridagi tiplar Java dasturlash tilining asosiy tiplari hisoblanadi.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Java Dasturlash Vositasini o’rnatilish tartibi xaqida gapirib bering.
2. Windows operatsion tizimining path muhit o’zgaruvchisi nimani belgilaydi?
3. Java dasturlash tilida dastur yozish uchun qanday muhitlar mavjud?
4. “Salom dunyo” matnini konsolga chiqarib beruvchi dastur tuzing.
5. Birlamchi kod fayli qanday kengaytmaga ega bo’lishi kerak?
6. Bayt kod fayli qanday kengaytmaga ega?
Adabiyotlar [1]. David J.Eck. Introduction to Java. Geneva NY, 14456, (2016) http://math.hws.edu/javanotes
[2]. Daniel Y.Liang. Introduction to Java programming, Comprehensive version.
Prinston Hall 07458, New Jersey, (2011).
[3]. Bruce Eckel. Thinking in Java. MidView Inc, New Jersey (2006).
[4]. Шилдт Герберт. Java 8. Полное руководство; 9-е изд.: Пер. с англ. - М. :
ООО "И.Д. Вильяме", (2015).
[5]. RashidTurg’unboyev. Java2 SE, Zamonaviy dasturlash tili. Toshkent, (2006).
[6]. www.oracle.com
[7]. www.gluon.com
Dars № 3. Java dasturlash tilining asosiy strukturasi, o’zgaruvchilar va tiplari Reja: 1. Javada o’zgaruvchilar va ularni o’zgartirish
2. Java dasturlash tilida massivlar
3. Java dasturlash tilida operatorlar: arifmetik, bit, solishtirish va mantiqiy
4. Java dasturlash tilining asosi va uning strukturasi