Adabiyotlar
[1].David J.Eck. Introduction to Java. Geneva NY, 14456, (2016) http://math.hws.edu/javanotes
[2]. Daniel Y.Liang. Introduction to Java programming, Comprehensive version.
Prinston Hall 07458, New Jersey, (2011).
[3]. Bruce Eckel. Thinking in Java. MidView Inc, New Jersey (2006).
[4].ШилдтГерберт. Java 8. Полное руководство; 9-е изд.: Пер. с англ. - М. :
ООО "И.Д. Вильяме", (2015).
[5]. RashidTurg’unboyev. Java2 SE, Zamonaviy dasturlash tili. Toshkent, (2006).
[6]. www.oracle.com
[7]. www.gluon.com
Dars № 4. Java elementar dasturlar tuzish, matematik va iqtisodiy masalalarni dasturlash hamda solishtirish, mantiqiy, o‘zlashtirish va tanlash operatorlari
Reja:
1. Javada dasturlash tilida o‘zlashtirish operatorlari.
2. Java dasturlash tilida massivlar
3. Java dasturlash tilida operatorlar: arifmetik, bit, solishtirish va mantiqiy
4. Java dasturlash tilining asosi va uning strukturasi
Kalit so’z va iboralar: Java, arifmetik operator, bitli operator, solishtirish operatori, mantiqiy operator.
Bu darsda, java dasturlash tilida ko‘p ishlatiladigan operatorlar(solishtirish operatorlari, mantiqiy operatorlar, o‘zlashtirish operatori) haqida gaplashamiz. Bit bilan ishlaydigan operatorlarga qaraganda, bu maqoladagi operatorlar barcha dasturlarda uchraydi.
Solishtirish operatorlari.
Solishtirish operatorlari ikki operandlarni bir-biri bilan solishtirish uchun ishlatiladi. Odatda, solishtirish operatorlar, shart berish operatori(if), sikl(while, for) amallari bilan birga ishlatiladi.
Bu operatorlarning natijasi ikki xil qiymat(mantiqiy tip) qabul qilishi mumkin: true(rost), false(yolg‘on).
Java dasturlash tilida quyidagi solishtirish operatorlari mavjud:
== — teng
!= — teng emas
> — katta
< — kichik
>= — katta yoki teng
<= — kichik yoki teng.
Teng (==) va teng emas (!=) operatorlari orqali barcha tiplarni solishtirish mumkin(butun va haqiqiy sonlar, simvollar va boolean tiplari), qolgan operatorlar orqali faqat butun, haqiqiy va sivollli tiplarni solishtirish mumkin bo‘ladi. Misol ko‘ramiz,
1
2
3
4
5
6
7
8
9
|
class test{
public static void main(String[ ] args){
int a=5;
int b=3;
boolean c;
c=a==b;
System.out.println(c);
}
}
|
Ikkita «int» tipidagi o‘zgaruvchi e’lon qilinib, mos ravishda «3» va «5» sonlari o‘zlashtirildi. Shundan so‘ng «boolean» tipida «c» o‘zgaruvchi yaratildi, undan so‘ng eng qizig‘i boshlandi. «a» va «b» o‘zgaruvchi solishtirilmoqda(a==b), solishtirishga e’tibor bering, ikkita tenglik belgisi yozilmoqda. Biz billamizki solishtirish operatori qiymati false yoki true bo‘ladi. Demak, 5 soni 3 ga teng emas, natija false. Shu false natija «c» o‘zgaruvchiga o‘zlashtirilmoqda va ekranga «c» o‘zgaruvchi qiymati chiqarish operatori ishlatildi.
Dostları ilə paylaş: |