Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Java dasturlash tilida operatorlar



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə17/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Java MAJMUA

Java dasturlash tilida operatorlar
Java dasturlash tilida yozilgan dasturlar, ishlash davomida bir qancha ma’lumotlardan foydalanadi. Bu ma’lumotlar odatda o‘zgaruvchilarda yoki massivlarda saqlanadi. Eng qiziq tomoni shundaki, bu ma’lumotlar ustida har xil amallar bajarish mumkin. Bu holda, ma’lumotlar operand deyiladi, operandlar ustida bajariladigan amallar operatorlar deb yuritiladi.
Java dasturlash tilida 4 xil operatorlar mavjud:
1. Arifmetik operatorlar.
2. Bit bo‘yich amallar bajaruvchi operatorlar.
3. Solishtirish operatorlari.
4. Mantiqiy operatorlar.
Arifmetik operatorlar, ma’lumotlar ustida matematik amallar bajarish uchun ishlatiladi va ular quyidagilardan iborat:

Arifmetik amallar barcha raqam tipidagi ma’lumotlar uchun, undan tashqari «char» tipi uchun ham ishlatilishi mumkin, lekin mantiqiy tiplar uchun ishlatilmaydi. Bu amallarni ishlashiga misol ko‘ramiz.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14

class test{
public static void main(String args[ ]) {
int a=10;
int b=32;
int c=a+b;
int d=b-a;
int i=b*a;
int f=b/a;
System.out.println (c);
System.out.println (d);
System.out.println (i);
System.out.println (f);
}
}

Bu dasturnng natijasi quyidagicha bo‘ladi.

Ko‘rinib turibdiki barcha amallar matematik amallar bilan bir xil, bo‘lish operatori natijasi butun sondan iborat, lekin haqiqiy(3.2) bo‘lishi lozim. Buning sababi barcha tiplar butun sondan iborat, shuning uchun natijaning faqat butun qismi olinmoqda.
Endi bu misolni haqiqiy sonlar uchun ishlatib ko‘ramiz.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14

class test{
public static void main(String args[ ]) {
double a=10;
double b=32;
double c=a+b;
double d=b-a;
double i=b*a;
double f=b/a;
System.out.println (c);
System.out.println (d);
System.out.println (i);
System.out.println (f);
}
}

Natija xaqiqiy qiymatlarni qabul qilmoqda.

Keyingi operatorimiz modul bo‘yicha bo‘lish. Bu operator, bo‘lish natijasida qolgan qoldiqni aniqlash uchun ishlatiladi. Biror qiymatni juft, toqligini tekshirishda juda qo‘l keladigan operator(agar 2 soniga qoldiqsiz bo‘linsa, demak son juft). Misol ko‘ramiz,

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10

class test{
public static void main(String args[ ]) {
double a=58.2;
int b=32;
double f=a%10;
int c=b%10;
System.out.println (f);
System.out.println (c);
}
}

Ikkita har xil tipdagi raqamlarni modul bo‘yicha «10» soniga bo‘lib, quyidagi natijaga erishdik:

Navbatdagi operatorlarimiz, matematik amallarni bajarib, so‘ng biror o‘zgaruvchiga biriktirishdan iborat. Java dasturlash tilida, bu amallarni quyidagicha qisqartirish mumkin:

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin