Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə32/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79
Java MAJMUA

1-qator. «Package» kalit so‘zi orqali «dog» nomli paket yaratildi. Paket haqida alohida maqola yozishga harakat qilaman. Hozir bu tushunchaga to‘xtalib o‘tmayman. Tushuncha hosil bo‘lishi uchun shuni aytishim mumkinki, paket bir xil ma’nodagi klasslar yig‘indisidir. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bizning dasturda ikkita klass(2, 8 qatorlar) mavjud. Bu klasslar bitta paket ichida joylashishi lozim, oldingi darslarda faqat bitta klass ichida operatorlarni o‘rganganimiz uchun, paket yaratmadik.
2, 7 — qatorlar. «Kuchuk» nomli klass yaratdik. YUqorida aytib o‘tganimdek, klass yaratish, yangi bir tip yaratishdir. Keyinchalik bu tipga tegishli ob’yekt (ekzemplyar)lar yaratiladi.
3, 6 — qatorlar. Klassga tegishli o‘zgaruvchilar yaratildi, «age» o‘zgaruvchisi kuchuk yoshini saqlash uchun, «weight» o‘zgaruvchi uning og‘irligi uchun, «name» ismi va nihoyat «color» rangini saqlash uchun ishlatiladi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, «kuchuk» klassi faqat o‘zgaruvchilarni e’lon qildi, hech qanday amallarni bajarmadi. Bu klass keyin yaratiladigan ob’yektlar uchun shablon holos.
8 — qator. «Dog» nomli klass yaratildi. Bu klassda main() metodi(9-qator) mavjud. Oldingi darslardan ma’lumki «main()» metodi har bir dasturda bo‘lishi lozim. Dasturda bajariladigan opertorlar aynan shu metod ichida bo‘ladi. Qaysi klass ichida «main()» metodi bo‘lsa, o‘sha klass asosiy klass hisoblanadi, shu sababli misolda, «dog» klassi asosiy klassdir.
Dasturni kompilyatsiya qilganingizdan so‘ng, proyektni saqlagan adresingizda 2 ta fayl: kuchuk.class vadog.class hosil bo‘ladi. Demak, java dasturlash tilida har bir klass alohida fayl ko‘rinishida saqlanar ekan. Dasturni ishlatish uchun asosiy klass ishga tushiriladi xolos.
10, 11 — qatorlar. Bu yerda «kuchuk» nomli klassning ob’yektlari yaratilmoqda(«Sharik» va «Bobik«). Ob’yekt yaratishda bizga «new» kalit so‘zi yordam beradi. Uning sintaksisi.
klass_nomi ob’yekt_nomi = new klass_nomi;
Tushunarli bo‘lishi uchun, ob’yekt yaratishni ikki qismga ajratib yozish ham mumkin:
kuchuk Sharik;
Sharik = new kuchuk();
Dastlab, «Sharik» nomli o‘zgaruvchi e’lon qilindi, so‘ng bu o‘zgaruvchi «kuchuk» klassiga «sссылка» qilib ko‘rsatildi.
Yaratilgan ikkita ob’yekt(Sharik, Bobik) klassda e’lon qilingan o‘zgaruvchilarga ega. Bu o‘zgaruvchilar har bir ob’yekt uchun har xil qiymatlarni qabul qilish mumkin. O‘zgaruvchilarga qiymat berish uchun nuqta(.) belgisidan foydalaniladi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin