Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə49/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79
Java MAJMUA

Ro’yxat va Combobox

Royxat va Combobox tanlash elementlari xisoblanib, ko’p variantlar orasidan tanlash kerak bo’lganda oynada joyni tejash uchun ishlatiladi.


Ro’yxat JList klassi tomonidan yaratiladi va foydalanuvchiga belgilangan variantlardan tanlash imkonini beradi. Ro’yxatda faqatgina bitta variantni tanlash yoki bir necha variantlarni tanlash imkoniyati mavjud. Ro’yxat yaratishda variantlarni ifoda etuvchi ma’lumotlar modeli ishlatiladi. Ushbu modelni massiv yordamida ifoda etish mumkin.
Quyidagi misolda ro’yxat joylashgan oyna keltirilgan:

JList klassi yordamida yaratilgan ro’yxat
Ushbu oyna quyidagi dastur yordamida yaratilgan:
import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class Ruyxat
{
public static void main(String[] args){
JFrame frame = new JFrame("Ruyxat");
JPanel panel = new JPanel();
String [] malumotModeli = {"Chizmalar chizish haqida", "Proeksiyalar", "Qirqimlar va kesimlar", "Aksonometrik proeksiyalar", "Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar", "Eskizlar va texnik rasm", "Mashinasozlik chizmalari"};
JList list = new JList(malumotModeli);
list.setVisibleRowCount(5);
JScrollPane scrollPane = new JScrollPane();
scrollPane.getViewport().setView(list);
JButton button = new JButton("Tanlash");
panel.add(scrollPane);
panel.add(button);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE );
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}
}
Ushbu dasturda ro’yxat yaratishda ma’lumotlar modeli maluotModeli massivi yordamida ifoda etilgan. JList klassini setVisibleRowCount() metodi ro’yxatni joriy ko’rinadigan qatorlar sonini belgilash uchun ishlatiladi. JScrollPane klassi ro’yxatni boshqa elementlarini ko’rib olish uchun ro’yxatga gorizontal o’tkazgich biriktirib beradi. Tanlangan elementni indeksi yoki qiymatini olish uchun JList klassini getSelectedIndex() yoki getSelectedValue() metodlaridan foydalanish mumkin.
Combobox elementi ro’yxatdan farqli o’laroq tanlash variantlaridan faqatgina bittasini ko’rsatib beradi. Qolgan variantlarni ko’rib olish uchun Combobox yonboshida joylashgan tugmaga bosish kerak bo’ladi. Combobox JComboBox klassi yordamida yaratiladi. Quyidagi misolda Combobox joylashgan oyna va Combobox ruyxatini ochilgan xolati keltirilgan:

JComboBox klassi yordamida yaratilgan combobox elementi
Ushbu oyna quyidagi dastur yordamida yaratilgan:
import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class Combobox
{
public static void main(String[] args){
JFrame frame = new JFrame("Combobox");
JPanel panel = new JPanel();
String [] malumotModeli = {"Chizmalar chizish haqida", "Proeksiyalar", "Qirqimlar va kesimlar", "Aksonometrik proeksiyalar", "Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar", "Eskizlar va texnik rasm", "Mashinasozlik chizmalari"};
JComboBox combo = new JComboBox(malumotModeli);
panel.add(combo);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE );
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}
}
Tanlangan elementni yoki uning indeksini olish uchun JComboBox klassini getSelectedItem() yoki getSelectedIndex() metodlaridan foydalanish mumkin.


  1. Yüklə 1,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin