Foydalanuvchi matn kiritishi uchun matn qatori va matn maydoni elementlari ishlatiladi. Java dasturlash tilidi matn kiritish uchun JTextField va JTextArea klasslari mavjud. JTextField klassi bitta qatordan iborat matnni, JTextArea klassi bir nechta qatordan iborat matnni qabul qiladi.
Matn qatorini xosil qilish uchun quyidagi dastur kodidan foydalanish mumkin:
JTextField matnQatori = new JTextField("Kiritiladigan matn", 20);
Ushbu dastur kodi yangi matn qatorini yaratib unga “Kiritiladigan matn” matnini qo’shib beradi. JTextField konstruktoriga uzatilayotgan ikkinchi qiyat matn qatorini kengligini bidiradi, ya’ni bizning xolda matn qatori 20 simvol kenglikka ega.
Agar matn kiritish uchun foydalanuvchiga bo’sh matn qatori berish kerak bo’lsa quyidagi dastur kodidan foydalanish mumkin:
JTextField matnQatori = new JTextField(20);
Bu xolda 20 simvol kenglikka ega bo’sh matn qatori yaratiladi.
Matn qatoridagi matnni o’zgartirish uchun setText() metodidan, foydalanuvchi kiritgan matnni olish uchun getText() metodidan foydalanish mumkin.
matnQatori.setText("Yangi matn");
String matn = matnQatori.getText();
Foydalanuvchi kiritadigan matn bir qatordan ortiq bo’lsa matn qatori o’rniga matn maydoni ishlatiladi. Matn maydoni JTextArea klassi tomonidan yaratiladi. Matn maydoniga foydalanuvchi istalgan sondagi matn qatorini kiritishi mumkin. Matn maydoni quyidagi dastur kodi orqali yaratiladi:
JTextArea matnMaydoni = new JTextArea(6, 20);
Ushbu dastur kodi 6 qator va 20 simvol uzunlikdagi bo’sh matn maydonini xosil qiladi. Oldindan kiritilgan matn maydonini xosil qilish uchun quyidagi dastur kodidan foydalanish mumkin:
JTextArea matnMaudoni = new JTextArea("Oldindan kiritilgan matn", 6, 20);
Matn qatori singari matn maydonidagi matnni o’zgartirish uchun setText() metodidan va foydalanuvchi kiritgan matnni olish uchun getText() metodidan foydalaniladi. Agar foydalanuvchi kiritayotgan matn qatorga sig’masa qolgan matnni keyingi qatorga avtomatik ravishda o’tkazish uchun setLineWrap() metodidan foydalanish mumkin. Biron bir matnni maydondagi matn oxiriga qo’shish uchun append() metodidan foydalanish mumkin. Matn maydonida joylashgan barcha matnni ko’rib olish uchun JScrollPane klassidan foydalanib maydon chetlariga gorizontal va vertikal surgichlar joylashtirib olish mumkin.
Quyidagi misolda matn qatori va matn maydoni joylashgan oyna keltirilgan:
JTextField va JTextArea klasslari yordamida yaratilgan matn qatori va matn maydoni Ushbu oyna quyidagi dastur yordamida yaratilgan:
import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class MatnKiritish
{
public static void main(String[] args)
{
JFrame frame = new JFrame("Matn kiritish");
JPanel panel = new JPanel();
JTextField matnQatori = new JTextField("Matn qatori", 20);
JTextArea matnMaydoni = new JTextArea("Matn maydoni", 6, 20);
JScrollPane scrollPane = new JScrollPane();
scrollPane.getViewport().setView(matnMaydoni);
panel.add(matnQatori);
panel.add(scrollPane);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE );
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}}