Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə48/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79
Java MAJMUA

Yozuvlar

Dastur oynasiga biron bir yozuvni qo’shish uchun JLabel klassidan foydalanish mumkin. Yozuvlar asosan oynada joylashgan elementlarga izoh berish yoki ularni nomlash uchun ishlatiladi. Masalan:
import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class YozuvDasturi
{
public static void main(String[] args)
{
JFrame frame = new JFrame("Yozuv Dasturi");
JLabel label = new JLabel("Yozuv joylashgan oyna");
JPanel panel = new JPanel();
panel.add(label);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation(JFrame.EXIT_ON_CLOSE);
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}
}
Ushbu dastur yozuv joylashgan quyidagi oynani ekranga chiqarib beradi:

JLabel klassi yordamida yaratilgan yozuv
Yozuvni oldida joylashgan rasm bilan xam yaratish mumkin. Buning uchun ImageIcon klassi yordamida rasmni fayldan import qilib JLabel klassi konstruktoriga uzatish kerak bo’ladi. Masalan, YozuvDasturi dasturga quyidagi o’zgarishlar kiritish kerak:

Icon icon = new ImageIcon("note.png");
JLabel label = new JLabel("Rasmli yozuv joylashgan oyna", icon, SwingConstants.CENTER);

O’zgartirilgan dastur quyidagi oynani ekranga chiqarib beradi:

JLabel klassi yordamida yaratilgan rasmli yozuv
Shuni yodda tutish lozimki, note.png rasm fayli YozuvDasturi klass fayli joylashgan papkada joylashgan bo’lishi kerak.
Yozuvni oynada joylashishi SwingContants interfeysining konstantalari orqali belgilanadi. Masalan, bizning xolda SwingConstants.CENTER konstantasi yozuvni markazga tekislab joylashtiradi.

  1. Checkbox va Radio tugmalar

Java dasturlash ptili foydalanuvchidan ma’lumot yig’ish uchun bir necha turdagi elementlarni taklif etadi. Checkbox va Radio tugmalar grafikli foydalanuvchi interfeysining tanlash elementlari xisoblanadi va foydalanuvchidan belgilangan variantlar orasidan tanlash imkonini beradi.
Checkbox elementi foydalanuvchiga “xa” yoki “yo’q” variantlarini tanlash imkonini beradi. Checkbox elementi yozuvga ega bo’lib ushbu yozuv Checkbox maqsadini belgilaydi. Foydalanuvchi Checkbox elementini sichqon bilan bosish orqali tanlaydi yoki tanlanishni olib tashlaydi. Checkbox elementi JCheckBox klassi yordamida xosil qilinadi. Quyidagi oynada Checkbox elementlari ko’rsatilgan:

JCheckBox klassi yordamida yaratilgan chekbox elementi
Ushbu oynani quyidagi dastur xosil qiladi:
import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class TanlashElementlari
{
public static void main(String[] args)
{
TanlashElementlari te = new TanlashElementlari();
te.go();
}
public void go()
{
JFrame frame = new JFrame("Tanlash Elementlari");
JPanel panel = new JPanel( );
JCheckBox ch1 = new JCheckBox("Bold");
JCheckBox ch2 = new JCheckBox("Italic");
JLabel label = new JLabel("Iltimos, matn xususiyatini tanlang");
panel.add(ch1);
panel.add(ch2);
panel.add(label);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE );
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}}
Checkbox elementi tanlanganlik xolatini bilish uchun Checkbox klassini isSelected() metodi ishlatiladi. Agar Checkbox tanlangan bo’lsa metod true qiymatini, tanlanmagan bo’lsa false qiymatini qaytaradi.
Checkbox elementi bosilganda ActionEvent xodisasi xosil qilinadi va ushbu xodisani ActionListener orqali qabul qilib amal bajarish mumkin. Masalan, quyidagi dastur Checkbox tanlanganda Label elementi ustida amal bajariladi:
import java.awt.*;
import java.awt.event.*;
import javax.swing.*;
public class TanlashElementlari
{
JLabel label;
JCheckBox ch1;
JCheckBox ch2;
public static void main(String[] args)
{
TanlashElementlari te = new TanlashElementlari();
te.go();
}
public void go()
{
JFrame frame = new JFrame("Tanlash Elementlari");
JPanel panel = new JPanel( );
ActionListener Listener = new Listener();
ch1 = new JCheckBox("Bold");
ch1.addActionListener(Listener);
ch2 = new JCheckBox("Italic");
ch2.addActionListener(Listener);
label = new JLabel("Iltimos, matn xususiyatini tanlang");
label.setFont(new Font("Arial", Font.PLAIN, 14));
panel.add(ch1);
panel.add(ch2);
panel.add(label);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE );
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}
public class Listener implements ActionListener
{
public void actionPerformed(ActionEvent e)
{
int fm = 0;
if(ch1.isSelected()) fm = fm + Font.BOLD;
if(ch2.isSelected()) fm = fm + Font.ITALIC;
label.setFont(new Font("Arial", fm, 14));
}}}
Ushbu dastur quyidagi oynani ekranga chiqarib beradi:

Chekbox elementi va u xosil qilgan xodisa asosida amal bajarish
Bold yozuviga ega Chekbox elementi tanlanganda “Iltimos, matn xususiyatini tanlang” matni qalin yozuvga o’zgaradi:

Chekbox elementi va u xosil qilgan xodisa asosida matn ko’rinishini qalinroq qilish
Bold va Italic yozuvlariga ega Checkbox elementlari tanlanganda matn qalin va kursiv yozuvga o’zgaradi:

Chekbox elementi va u xosil qilgan xodisa asosida matn ko’rinishini qalinroq va kursiv qilish
Checkbox elementi birdaniga bir nechta variantlarni tanlash imkonini berish uchun ishlatiladi. Bir nechta variantlardan faqat bittasini tanlash uchun Radio tugmalar ishlatiladi. Bir variant tanlanganda boshqa tanlangan variantlar belgilanishi bekor qilinadi. Buning uchun Radio tugmalar bir guruhda bo’lishi kerak. Radio tugmalar JRadioButton klassi yordamida yaratiladi. Radio tugmalar guruhi ButtonGroup klassi yordamida xosil qilinadi. Quyidagi oynada Radio tugmalar ko’rsatilgan:

JRadioButton klassi yordamida yaratilgan radio tugmalar

Ushbu oyna quyidagi dastur yordamida yaratilgan:


import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class RadioTanlash
{
public static void main(String[] args)
{
RadioTanlash rt = new RadioTanlash();
rt.go();
}
public void go()
{
JFrame frame = new JFrame("Radio Tanlash");
JPanel panel = new JPanel( );
ButtonGroup guruh = new ButtonGroup();
JRadioButton rb1 = new JRadioButton("Kichik");
guruh.add(rb1);
JRadioButton rb2 = new JRadioButton("Oddiy");
guruh.add(rb2);
JRadioButton rb3 = new JRadioButton("Katta");
guruh.add(rb3);
JLabel label = new JLabel("Iltimos, matn xususiyatini belgilang");
label.setFont(new Font("Arial", Font.PLAIN, 14));
panel.add(rb1);
panel.add(rb2);
panel.add(rb3);
panel.add(label);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE );
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}
}Radio button element foydalanuvchi tomonidan tanlanganda ActionEvent xodisasi xosil qilinadi va ActionListener interfeysi yordamida ushbu xodisani qabul qilib biron bir amal bajarib olish mumkin. Masalan, quyidagi dastur tegishli Radio tugmasi tanlanganda oynadagi matn o’lchamini o’zgartirib beradi:
import java.awt.*;
import java.awt.event.*;
import javax.swing.*;
public class RadioTanlash
{
JRadioButton rb1;
JRadioButton rb2;
JRadioButton rb3;
JLabel label;
public static void main(String[] args)
{
RadioTanlash rt = new RadioTanlash();
rt.go();
}
public void go()
{
JFrame frame = new JFrame("Radio Tanlash");
JPanel panel = new JPanel( );
ActionListener Listener = new Listener();
ButtonGroup guruh = new ButtonGroup();
rb1 = new JRadioButton("Kichik");
rb1.addActionListener(Listener);
guruh.add(rb1);
rb2 = new JRadioButton("Oddiy");
rb2.addActionListener(Listener);
guruh.add(rb2);
rb3 = new JRadioButton("Katta");
rb3.addActionListener(Listener);
guruh.add(rb3);
label = new JLabel("Iltimos, matn xususiyatini belgilang");
label.setFont(new Font("Arial", Font.PLAIN, 14));
panel.add(rb1);
panel.add(rb2);
panel.add(rb3);
panel.add(label);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE );
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}
public class Listener implements ActionListener
{
public void actionPerformed(ActionEvent e)
{
if(rb1.isSelected()) label.setFont(new Font("Arial", Font.PLAIN, 12));
if(rb2.isSelected()) label.setFont(new Font("Arial", Font.PLAIN, 14));
if(rb3.isSelected()) label.setFont(new Font("Arial", Font.PLAIN, 16));
}}}
Ushbu dastur quyidagi oynani ekrangachiqarib beradi:

Radio tugmalar va u xosil qilgan xodisa asosida amal bajarish
Kichik va Katta yozuvlariga ega Radio tugmalari tanlanganda matn o’lchami o’zgarishi quyidagi oynalarda ko’rsatilgan:

Radio tugma tanlanganda xosil qilingan xodisa asosida matn ko’rinishini o’zgartirish
Guruhda bo’lgan Radio tugmalarning bir vaqtning o’zida faqatgina bittasi tanlangan bo’lishi mumkin.




  1. Yüklə 1,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin