65
TALABA QIZLARNI MILLIY KIYINTIRISHGA OTA-
ONALARNI TAYYORLASH
Talaba qizlarni milliy tarbiyalashda milliy kiyinish ko„nikma,
odatlarini tarkib toptirish o„ta dolzarb masala bo„lib qolmoqda.
Shuning uchun ba‟zi talaba qizlarning kiyinish borasida ovro„pacha
kiyinishga taqlidning ommaviylashib borishi bag„oyat achinarlidir.
Buning okibatida xozirda ba‟zi talaba qizlarda oynai jaxon
ko„rsatuvlarida ko„rayotgan materiallar, ba‟zi katta opalarining
«namunasi» kiyinish soxadagi «moda»larga taqlidi bu xaqda ular
ongining noto„g„ri shakllanishiga sabab bo„lmoqda. Misol uchun
ba‟zi o„zbek talaba qizlarining tanasiga yopishgan tor shim, tanasini
ko„z-ko„z qilib bexayolarcha ko„rsatadigan yupqa shiypon
matolardan tor tikilgan kalta kuylak, yubka, kofta, palto kabi
ovro„pacha kiyinadiganlar soni yirik shaxar muxitida kun sayin ortib
borishi milliy madaniyatning, ma‟naviyatning qolaversa, millat
tarbiyasining pasayishiga, obro„sizlanishiga, qadrsizlanishiga olib
kelmoqda.
Shuningdek, talaba qizlarning milliy kiyinishi O„zbekiston
xalqining tarixiy-madaniy,ma‟naviy merosining bir ajralmas
tarkibini tashkil etadi. Bu xaqda O„zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 49-moddasida «Fuqarolar O„zbekiston xalqining
tarixiy, ma‟naviy va madaniy merosini asrashga majburdirlar»
1
, -
deb xuquqiy asoslab berilgan. Shunday ekan, xar birimiz ayniqsa
talaba qizlar qomusimizda belgilab berilgan o„z fuqarolik ijtimoiy
burchlarini ado etishga mas‟uldirlar.
Mazkur dolzarb ijtimoiy pedagogik vazifani amaliy xal
qilishda birinchi galda ota-onalar, professor-o„qituvchi(domla)lar,
gurux murabbiylari va keng jamoatchilikning ko„nikayotganligi,
befarqligi, ijtimoiy mas‟uliyatsizligi talaba qizlarning milliy ruxda
tarbiyalanishiga yomon ta‟sir ko„rsatmoqda.
Buning asosiy sababi ba‟zi ota-onalarning talaba qizlar milliy
kiyinishi bo„yicha pedagogik ma‟lumotlari, tajribalari xozirgi xayot
talablari darajasida emasligini ko„rsatadi. Milliy kiyinish bo„yicha
1
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Тошкент. «Ўзбекистон», 2012.
66
talaba qizlarga moddiy-ma‟naviy jixatdan kuchli ta‟sir ko„rsatadigan
ota-onalarni shu soxaga ilmiy, amaliy tayyorlash talab etilmoqda.
O„zbekiston respublikasi oila kodeksi 73-moddasida «Ota-
onalar o„z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardirlar.
Ular o„z bolalarining sog„ligi, jismoniy, ruxiy, ma‟naviy va axloqiy
kamoloti xaqida g„amxo„rlik qilishlari shart»
2
, -deb belgilangan
talabi o„rinlidir.
Shuningdek, mashxur rus pedagogi K.D.Ushinskiy «Ota-onalar
uchun pedagogik bilim xalq ruxi bilan sug„orilgan, xalqchilik
g„oyasiga asoslangandagina ota-ona bilimdon tarbiyachilik san‟atiga
ega bo„la oladilar», -deb ta‟kidlagan fikri nixoyatda xayotiydir.
Demak, ota-onalarni talaba qizlarni milliy kiyintirishga
pedagogik tayyorlashda ularning pedagogik ma‟lumotlarida o„zbek
xalq ruxi bilan sug„orilgan, xalqchilik g„oyasiga asoslangandagina
ota-onalar xaqiqiy tarbiyachilik maxoratiga ega bo„la oladi deb
xulosa chiqarish mumkin. Ammo bizda ba‟zi oilalarda ota-
onalarning talaba qizlarni tarbiyalashda milliylik xususida bilimlari
etarli emas. Bu borada ota-onalar milliylik asosiy ustuvor
yo„naltiruvchi tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatganligini tushunishlari,
anglashlari shart. Shuning uchun ota-onalar talaba qizlarni milliy
tarbiyalashda millat manfaatini birinchi o„ringa qo„yishlari shart.
Busiz xaqiqiy milliy tarbiyani amalga oshirib bo„lmaydi. Tarbiyada
milliylikni xiobga olmaslik talaba qizlarni milliy tarbiyalamaslikka
olib keladi.
Shuningdek, ota-onalarni talaba qizlarni milliy kiyintirishga
amaliy tayyorgarlashda milliy istiqlol g„oyasi, milliy ong, milliy
o„zlikni anglash, milliy g„urur va millatidan faxrlanish kabi milliy
tuyg„ularni singdirishga aloxida e‟tiborni qaratish zarur. Chunki ota-
onalarning o„zlarida milliy g„oya, milliy ong shakllanmasa, talaba
qizlarni ovro„pacha kiyinishga qiziqishi shuncha ortaveradi.
Ovro„pacha kiyinishga chek qo„yish uchun avvalo ota-onalarning
o„zlariga ovro„pacha kiyinishning moddiy va ma‟naviy zararini
tushuntirish, anglatish zarur. Avvalo ota-onalar milliy kiyinmaslik
o„z millatining shu soxada tashqi qiyofasini tanazzulga olib kelishini
anglashi darkor. Millat a‟zosi millat tashqi qiyofasining kiyinishda
2
Ўзбеrистон республикаси оила кодекси. Тошкент, «Адолат», 2012, 31-32-бетлар.
67
yo„qolishi shu millat tanazzulining ma‟naviy asosligini bilishi
muqarrar.
Bu o„z navbatida millatning moddiy jixatdan ya‟ni, milliy
kiyimlarni ishlab chiqarishni yo„qotishga olib keladi va unga
bo„lgan talabni to„xtatadi. Bu esa millatga ijtimoiy zarar keltiradi.
Ana shu xaqiqatni bilish ota-onalar uchun juda muxim.
Ota-onalarning talaba qizlarni milliy kiyintirishga amaliy
tayyorlash quyidagicha ijtimoiy muammolarni xal qilishga olib
kelishi mumkin. Ular: mamlakat mavqei mustaxkamlanishiga,
dunyo xamjamiyatida o„z o„rnimizni egallashga, maxalliy ishlab
chiqarishni rivojlantirishga, ishlab chiqarishda qatnashadiganlarni
ish bilan ta‟minlashga, talaba qizlarning ovro„pacha kiyinishiga
chek qo„yishiga, ularda milliy ong, milliy g„urur, milliy o„zlikni
anglashni tarkib toptirishga hamda o„z millatiga xos sharmu-xayo,
ibo-iffat, or-nomus kabi milliy urf-odat, qadriyatlarni shakllanadi va
xokazo.
Bizningcha yuqoridagi ijtimoiy pedagogik muammoni ilmiy va
amaliy xal qilishning yo„li o„zbek xalqining tarixiy, madaniy va
ma‟naviy ijtimoiy tajribasiga tayanib ish yuritish to„g„ri deb
o„ylaymiz. Chunki ajdodlarimiz avval juda sodda milliy kiyinish
bilan jaxon xamjamiyatida juda katta obro„ga, nufuzga va qadr-
qimmatga ega bo„lgan. Muximi o„z millatining g„ururini, iftixorini
va boshqa millatlar orasida o„z o„rnini, mavqeini saqlab qolishiga
erishgan. Aksincha ular boshqa millatlarning kiyinishlariga taqlid
qilishmagan. Axir xar bir millatning o„ziga xos va mos kiyinish
tajribasi bo„lgan. Ana shu kiyimlar insonlarni qaysi millatga
mansubligini ifodalagan, ko„rsatgan. Shuning uchun xam bizning
kiyimlarimiz o„zbekligimizni ifodalashi va ko„rsatishi shart.
SHunday ekan, talaba qizlarning kiyinishini xam millat, davlat
manfaatidan kelib chiqib tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Kiyinishda zamonaviylikni xisobga olish kerak, ammo millat
manfaatiga mos va unga uyg„un bo„lishi maqsadga muvofiqdir.
Talaba qizlarni milliy kiyintirishga ota-onalarni pedagogik
tayyorlashda quyidagi yo„nalishdagi bilimlarni o„rganish uning
samaradorligini ta‟minlaydi. Bular:
Boshqa millatlar kiyinish tajribasini ko„r-ko„rona
anglamasdan, taqlid qilib o„zlashtirish millat obro„sini, qadrini
68
pasayishiga olib kelishiga ishonmog„i va talaba qizlarni
ishontirmog„i.
Milliy kiyinish talaba qizning ijtimoiy xayotda jamoat
orasida xurmatli, e‟tiborli, izzatli va qadrli bo„lishiga asos, poydevor
yaratadigan vositaligini anglamog„i.
Milliy kiyinish talaba qizning millatiga sadoqatligini
mansubligini va munosibligini ko„rsatuvchi belgi, tarbiya
vositasiligiga talaba qizlarni ishontirmog„i va uni xayotda
qo„llashga o„rgatmog„i.
Milliy kiyinish insonning o„ta ongliligi, farosatliligi,
madaniyati
va
ma‟naviy kamolot darajasini ko„rsatuvchi
mezonligini tushunmog„i.
Kiyinish xar kimning o„z xoxishini ifodalab qolmay, balki
millat, xalq, davlat manfaatini amalga oshiruvchi ijtimoiy
axamiyatga molik bo„lgan tarbiyaviy vosita bo„lmog„iga talaba
qizlarni ishontirmog„i.
Milliy kiyinish millatning ko„rki, ko„zgusi, g„ururi,
iftixori va or-nomusini ifodalovchi, ko„rsatuvchi tarbiya vositaligiga
ishonmog„i va boshqalarni shunga ishontira olmog„i va xokazo.
Ota-onalarning yuqoridagi ta‟kidlangan bilimlari talaba
qizlarni
milliy
kiyintirishdagi
pedagogik
ma‟lumotlarini
takomillashtirib, ularni pedagogik tayyorlashga amaliy yordam
beradi degan fikrdamiz. Xamda talaba qizlarni milliy kiyintirishning
maqsadni bilish va amaliy bajarishga tayyorlaydi.
Shunday qilib, talaba qizlarni milliy kiyintirishga ota-onalarni
pedagogik tayyorlash malakali etuk mutaxassislar tayyorlashning
tarkibiy qismini tashkil etmog„i zarur. Mavzuning o„ta dolzarbligini
xisobga olib o„rta maxsus va kasb-xunar kollejlari, oliygoxlarda
fakultet ota-onalar majlislari, ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar tarbiyaviy
soatlarida mazkur mavzuni muxokama qilib xayotda joriy etilsa,
talaba qizlarning ma‟naviy-axloqiy tarbiyasi yaxshilangan bo„lardi.
Dostları ilə paylaş: |