Samarqand davlat universiteti sh. Usanov, Sh. Axmedova qizlar tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix24.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#121337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
bosqichda qizlarda yaxshi xarakter va xulq-atvorni tarbiyalash uchun 
uning shaxsini hurmat qilish, e‟zozlash kerak. Uning oldida yomon 
gapirmaslik kerak. Lekin tarbiyada talabchan bo„lish lozim. 


53 
Ammo ba‟zan hayotda onalarning qizlar tarbiyasi haqida bilimli 
bo„lishining o„zi etarli emas. Ayniqsa onaning qiziga o„rgatadigan 
sohasiga aytaylik axloq-odob, mehnat bo„yicha qiziqtira olishi, 
talabchanligi juda muhim va hal qiluvchi rol‟ o„ynaydi. Aksincha 
talabchan bo„lmasa, qiziga ta‟sir o„tkaza olmaydi. Shuning uchun bu 
qoidani har bir ona doimo esida saqlamog„i va unga amal qilmog„i 
shart. Agar ona qiziga o„rgatadigan sohaga qiziqtirishni tarbiyalay 
olmasa, uning samarasi bo„lmaydi. Shuningdek, mazkur sohada 
onaning tushuntirishi, uqtirib o„rgatishidagi amaliy tarbiyachilik 
mahorati yuqori bo„lmog„i lozim. Demak, oilada ba‟zi onalarning 
qizlar tarbiyasida shaxsan namuna bo„lmasligi, oilaning mustahkam 
va barqaror rivojlanishiga hamda qizlar tarbiyasiga putur etkazadi. 
Yosh oilalarning ajralib ketishiga olib keladi. Aksincha, oilada 
onaning qizlarga oila, ijtimoiy hayotning barcha yo„nalishlarida 
namuna ko„rsatishi, ulardan talab qila olishi ham hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. 
Qizlar tarbiyasi bilan shug„ullanayotgan malakali bakalavr
magistr mutaxassislar va ota-onalarda qizlar tarbiyasida onalarning 
shaxsiy namuna ko„rsatish yo„nalishlari, qirralari, mazmuni va 
mohiyati haqida ilmiy bilim, ko„nikma, ma‟lumotning shakllanishiga 
imkon beradi. Bu esa oilada qizlar tarbiyasining hozirgi davr talablari 
asosida olib borilishini ta‟minlaydi. O„z navbatida oilalarning 
barqaror, mustahkam va ishonchli bo„lishiga xizmat qiladi. 
Shuningdek, 
ta‟lim 
tizimining 
turli 
bo„g„inlarida 
faoliyat 
ko„rsatayotgan pedagog mutaxassislarning va mahalla raislari, xotin-
qizlar, nuroniylar faoliyati, ichki ishlar, adliya, prokuratura, sud kabi 
xodimlarning ota-onalar bilan hamkorligida samarali ishlashiga 
sharoit yaratadi. Shunday qilib, oilada qizlar tarbiyasida ona 
hayotining barcha sohalarida shaxsiy namuna bo„lishi komil insonni 
oilaviy va ijtimoiy hayotga tayyorlashning, bo„lajak bakalavr, 
magistrlar mutaxassislarning va jamoat tashkilotlari vakillarining 
pedagogik madaniyatini shakllantirishning zaruriy tarkibiy qismi 
bo„lmog„i darkor. Mazkur mavzuning oila va ijtimoiy tarbiyadagi 
dolzarbligini hisobga olib oliy ta‟limda pedagoik mutaxassislar 
tayyorlashning o„quv rejalariga kiritib o„rganilsa, amalda qo„llanilsa, 
oilada va davlat ta‟lim-tarbiya muassasalarida qizlar tarbiyasining 
samaradorligi yanada oshgan hamda nuqsonlari tugatilgan bo„lardi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin