Samarqand davlat universiteti sh. Usanov, Sh. Axmedova qizlar tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix24.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#121337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


40 
OILADA QIZLAR VA AYOLLAR TARBIYASINI TASHKIL 
ETISHDA OTA-ONALARNING VAZIFALARI 
 
O„zbek qizlarini oilada tarbiyachilikka tayyorlash tarbiyalash 
asosan milliy xususiyatlar asosida olib boriladi. Buning asosiy 
sababi o„zbek millatini, mamlakatni, davom ettirishning asosiy 
sharti hisoblanadi. O„zbek fuqarosining milliy sifatlari oilada davom 
ettiriladi. Bunday ma‟suliyat oilada onalar zimmasiga yuklatilgan, 
shuning uchun onalar qizlarini qizlik paytlaridanoq uy bekasiga xos 
fazilatlarni tarbiyalashga alohida e‟tibor qaratish kerak. Agar qizlar 
oilada onalik vazifasini bajarishga aqliy, axloqiy, mehnat, estetik, 
jismoniy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa tarbiyaning tarkibiy qismlari 
asosida tashkil etilmasa kelajakda tarkib topadigan yosh oilalar 
ishonchli va mustahkam bo„lmaydi. O„zbek oilalarining tarbiyaviy 
imkoniyatlarini oshirish uchun ham qizlar tarbiyasini puxta olib 
borish talab etiladi. 
Qiz bolani yoshligidanoq o„zini-o„zi eplashga o„rgatish 
ma‟qul. Uzilgan tugmani qadash, so„kilgan chokni tikish, sitalgan 
erni torlash, ilingan kiyim boshlarni bejirim yamashga o„rgatish 
juda foydalidir. Bu albatta oson ish emas. Bunga ona qunt qilishi, 
sabr chidamli bo„lishi, qiziga har bir ishni to„g„ri bajarish tartib 
qoidasini o„rgatmog„i lozim bo„ladi. Ba‟zi onalar ana shu qunt, 
sabr-chidamning etishmasligidan qizlari noshud bo„lib qoladilar. 
Qiz bolani yoshligidanoq pok tabiatli bo„lishga odatlantirish 
kerak. Buning uchun vaqtida yuvinib-taranishga, ust-boshlarini 
vaqtida almashtirishga, ozoda ehtiyot tutishga o„rgatish kerak. 
Qiz bola uy ishlarida onasiga dastyorlik qiladi. Onaga o„xshab 
ish tutishga tirishadi. Ona qizini kuchi etadigan ishlarga solib, yoshi 
o„sgan sari yumushlarning ham turi, ham hajmini kengaytirib 
borgani ma‟qul. Ona qiziga ish buyurganida, uni oson va tez 
bajarish yo„lini ko„rsatsa, yana ham yaxshiroq bo„ladi. Lekin 
bolaning o„ziga ham erkinlik berish kerakligini unutmaslik zarur.
Bolaga ish buyurganda, mehnatdan ko„zda tutilgan maqsadni 
to„g„ri anglatish, uni yaxshi va sifatli bajarish uchun sabr toqat bilan 
ishlash kerakligini tushintirish kerak. Topshirilgan vazifani bola 
qanday bajarayotganini ona ham, ota ham nazorat qilishi, ishning 
natijasiga baho berishi tarbiyaviy jihatdan muhimdir.


41 
Odatda qiz bola uy tutish, saranjom-sarishtalikni, o„z onalari 
namunasida ko„rib o„rganadi. Bas, shunday ekan, ona uy 
yumushlarini: ovqat tayyorlash, stol tuzash, kir yuvish, uy tozalash, 
dazmol bosish, bichish-tikish, mehmon kutish kabi ishlarni 
bajarayotganida qizlarini ham yoniga olib, bu ishlarni ularning 
dastyorligida qilsa, bu onaga ham, qizga ham foydalidir. Har birimiz 
onamizning qachondir “Qilganing menga - o„rganganing o„zingga” 
deganlarini yaxshi eslaymiz.
Qizlar fazilati to„g„risida so„z borganida odob, sharmu hayo, 
nafosat masalasiga to„xtamay ilojimiz yo„q. Bu qiz bolada sharmu 
hayo, aql idrok - uning husni bo„lmog„i kerak.
Sharmu-hayoli, nafosatli bo„lmoq – nomusli, oriyatli bo„lish, 
o„zgalarni hurmat qilish demakdir. Aql bilan ish yuritib o„z 
nomusini pok saqlamoq, har qanday vaziyatda o„zini tuta bilmoqlik, 
har bir qadamini o„ylab, o„lchab bosmoq demakdir. Bu xislatlarni 
qiz bola odatda o„zining eng yaqin kishilari o„rtasidagi yaxshi 
munosabatlarni uqib oladi. 
Ona qizini ishini epchil bajarishga o„rgatish, hunar orttirishga 
qiziqtira olishi kerak bu yo„lda sabr matonatli bo„lishga undashi 
zarur. Eng muhimi olgan bilimi, xulqini yo xizmatiga bag„ishlash 
istagini to„ldira olishdir. Ba‟zi onalar qiz bola birovning xasmi, 
voyaga etmasdan uzatilib ketadi deb, ota-onasinikida, uyida kiygani 
qoladi degan noto„g„ri tushuncha bo„ladi. Katta qizlarni taltaytirib, 
uy ro„zg„or ishlaridan, turmush qiyinchiliklaridan chetda turishlar, 
ularni o„z mayllariga tashlab qo„yadilar. Ona uy qiyinchiliklarini o„z 
zimmasiga oladi, qizini juda erkin o„stiradi bu bilan u zararli ish 
qilayotganini tushunib etmaydi chamasi yana shunday toifadagi 
onalar borki: “ Yaxshi o„qisang, odam bo„lsang bas, uy ishlari 
bo„lsa, o„zim eplayman”,-deb hatto bo„yiga etgan qiz bolalariga 
churi bo„ladilar. Bu bilan ona o„z qadr qimmatini erga uradi, qizini 
esa u uquvsiz, no„noq, hech ishda yo„q qilib o„stiradilar, uning ham 
kelajakda ona bo„lishini unitib qo„yadilar. “Yaxshi o„qib odam 
bo„l”- deydilar-u, amalda bo„lsa bunga teskari ish tutadilar. 
Mehnatda chiniqmagan, qiyinchiliklarni engishga o„rganmagan qiz 
qanday qilib yaxshi inson bo„la oladi?! Qiz bola avvalo hayotda 
chiniqadi. Mehnat bilan aql farosati fikrlashadi, ma‟naviy 
kamolotga etishadi. Bolangiz ayni kuchga kirgan payti balog„atdan 


42 
so„nggi davr hisoblanadi. U yumush bilan charchamaydi, ozmaydi, 
ona faqat uni har bir ishini reja bilan qilishga o„rgatishi lozim. 
O„sib kelayotgan yosh qizni o„z holiga tashlab qo„yish 
yaramaydi. Uni tergab turmasa keyinchalik achinib qolish mumkin. 
Chunki 15-16 yoshli qiz hali yomon bilan yaxshining farqiga 
etmaydi. G„oyat ta‟sirchan, o„ziga juda bino qo„ygan bo„ladi. 
Balog„at tomondan etilib kelayotgan payti bo„ladi. SHuning uchun 
ham ona qiziga yaqin bo„lishi, uning sirdosh do„stiga aylanib, unga 
doimo ko„z–quloq bo„lib turishi kerak. Ona qizini nasihat yo„li 
bilan, shuningdek, xayrli ishlarga o„rgatish bilan ko„ngilsiz 
yo„llardan saqlab turishi kerak. Yosh navdani har tomonga egish 
ham, to„g„ri o„stirish ham oson. Ayol ham, erkak ham hamma 
narsani bilgani yaxshi, chunki turmushda hammasi kerak bo„ladi. 
O„qish bilan birga biror hunarga ega bo„lish bilangina mazmunli 
hayot kechirish mumkin deyuvchi kishilar qattiq yanglishadilar. 
“Boshiga tushsa hamma narsaga ko„nikib ketadi” degan iborani 
ko„p ishlatamiz. Qiz bola turmush qurgach, o„sha oilaning yo„liga 
tushib ketadi, deb ishonamiz. Biroq yangi oilaning yo„liga tushish 
oson ish emas. Buning uchun kelinchak o„zining yaxshi tomonlari 
bilan ularga yoqishi kerak. 
O„zbek kelinchaklari o„zining uch xislati bilan: uy ishlariga 
epchil bo„lishi, xushodobi, ziyrakligi va farosatliligi bilan kuyovini, 
qaynonasini, qaynotasini mamnun etsa, ular oldida xurmati oshadi. 
Bundan o„zining ham yuzi yorug„, dili charog„on bo„ladi. 
Qiz bola uylik-joylik bo„ldi deylik, endi uy-joyini, erini 
eplamog„i, qayn-bo„yni bilan axil bo„lishni bilmog„i kerak, vaqti 
etib ona bo„lganda, farzandini komil qilib o„stirishi ham uddasidan 
chiqmog„i kerak. Qiz bola uquvli bo„lsa, yaxshi, bularni qiynalmay 
eplab ketadi. Uyda tik o„sgan bo„lsa-chi? U holda dakki eshitadi, 
turtki eydi. Tez-tez oilaviy janjallarni bo„lishiga sababchi bo„ladi. 
Xattoki turmushning buzilishigacha borib etadi. Bunday hayotiy 
misollarni ko„plab ko„rishimiz mumkin. 
Oilada qiz bolaga yigitning bo„lajak ona va uy bekasi sifatida 
qaraladi va tarbiya qilinadi. Bolalar 5-6 yoshdan boshlab uy ishlarini 
bajarishga kirishgan, qizlar tikish, to„qish va ro„zg„or yumushlarini 
o„rganishadi. Oilada yoshligidan mehnatga o„rgata borilar ekan, ular 
hamma narsalarni asrab, avaylab borishga o„rganadi. Oilada qizlar 


43 
tarbiyasiga ko„proq e‟tibor berilsa, kelgusi tejamkor, tadbirkor, uy 
bekasi bo„lishlikka zamin yaratadi. Qizlarni qo„liga kattalar 
nazoratida igna berib, ip o„tkazishga, oddiy to„g„ri chok tikishga 
o„rgatiladi, o„ziga oddiygina fartukcha tikib, olib ish qilsa, kiyimini 
asraydi. 
Yuqoridagilardan tashqari, qizlarni xalq o„yinlari va 
o„yinchoqlar oilada bolalarni ma‟naviy–axloqiy tarbiyalashda 
muhim rol o„ynaydi. Chunki o„yin zamirida, birinchidan, bolaning 
jismoniy chiniqishi yotsa, ikkinchidan o„yin faoliyatida kelajakdagi 
hayot yo„lini ham anglab olishi uchun yo„l ochib beradi. O„yinlar 
bolani sog„lom, xarakatchan, topqir, chidamli, matonatli, aql bilan 
ish tutishiga o„rgatishi bilan ahamiyatlidir. Masalan, qiz bolalarning 
“qo„g„irchoq-qo„g„irchoq”, “xolla-xola” kabi o„yinlari qizlarning 
kelajakdagi hayotlariga ishoradir. Zero, bu o„yinlar orqali qizlar 
kelgusi balog„at yoshida ona bo„lishi, bolani boqish, tarbiyalash 
kabi tushunchalarga ega bo„lsada, eng muhim ota-onalik hissi, 
burchi, ma‟suliyati kabilarni ham anglashga odatlanib boradi. Bu 
bilan ularda go„daklik chog„ida ota-onalik mehri, farzandni sevish, 
avaylab-asrab o„stirish, unga mehr-muhabbat bilan munosabatda 
bo„lish kabi malakalar tarkib topa boradi. 
“Xolla-xola”, o„yini esa o„z navbatida qizlarga qarindosh 
urug„lar bilan bordi-keldi qilish lozimligini, mehribonlik ko„rsatish 
kerakligini, uyga kelgan qarindosh-urug„larni quchoq ochib kutib 
olish, ulug„ kunlarda ularni yo„qlab turish, xabar olish lozimligi kabi 
tushunchalarni o„rganishga yordam beradi. Natijada, bunday qizlar 
kelajakda yaxshi ona ham bo„la oladilar. 
Xalqning yashashi, mehnati va o„z-o„zini himoya qilish xalq 
o„yinlarining mazmunida o„z aksini topgan. Shuni ham alohida 
ta‟kidlash lozimki, o„zbek xalq o„yinlari o„zining serharakatliligi, 
bola jismini o„stiruvchanligi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil 
topganligi bilan ham boshqa xalqlar o„yinlaridan farq qiladi. 
Shu o„rinda hozirgi kunda kelib qizlarni sportga jalb qilish 
ishlari avj olmoqda. Sport qiz bolani birinchi navbatda sog„lom 
voyaga etkazishga zamin yaratib beradi. 
Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoevning 
tashabbuslari 
bilan 
mamlakatimizda bolalar sporti rivojida, jumladan, qiz bolalarning 
muntazam shug„ullanishiga katta e‟tibor berilmoqda. Qizlar 


44 
salomatligini, har tomonlama barkamol qilib voyaga etishi - bu 
millat genofondini asrash, oilada, jamiatda sog„lom turmush 
tamoillarini rivojlantirishning muhim shartidir.
Hozirgi kunda asosan qizlar engil atletika, badiiy gimnastika, 
voleybol, bastkedbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, sport 
gimnastikasi, akrobatika, chim ustida xokkey kabi turlari bilan 
shug„ullanmoqda. O„zbek mintalitetimizga mos sport turlarini qizlar 
orasida keng quloch yozdirish, millat onasining sog„lom bo„lishiga 
yordam beradi. Bugun sportni rivojlantirish u orqali millatning ham 
qizi, o„g„lini tarbiyalash, o„zbek oilasini mustahkamlash, jamiyatni 
poklash, ma‟naviyatni barqarorlashtirish kabi ishlarni asoslari bilan 
bog„lanmoqda. Biz strategik maqsadimiz va milliy genafondni 
yaxshilash, va barkamol sog„lom avlod tarbiyasi borasida amalga 
oshirayotgan ishlarimizni sifat pog„onasiga ko„taradi.
Olimlardan biri - F.Naytingil yozgan ekan “…hozir 
hamshiralar bemorlarga qaramoqdalar, lekin shunday vaqtlar 
keladiki, ularning qoramog„idagilar sog„lom bo„lib, hamshiraning 
vazifasi faqat ularning betob bo„lib qolmasliklari uchun qayg„urish 
bo„lib qoladi”. Bugun bolalar sportini rivojlantirishga qo„shayotgan 
hissamiz, onalar va qizlarning jismonan baquvvat va sog„lom 
bo„lishlariga qayg„urayotganimiz kelajakda bemor onalar kam 
bo„lib sog„lom turmush tarzini shakllantira oladigan insonlarni 
jamiyatga keltirishimizga imkon beradi. 
Qizlarni uy bekasi yoki onalik faoliyatiga tayyorlashda 
yuqoridagi milliy xususiyatlarini va tarbiyaning tarkibiy qismlarini 
maqsadga muvofiq olib borish kerak. Qizlarni oilada onalik 
faoliyatiga tayyorlashda uning axloq tarbiyasi asosiy va hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. 
Qizlar tarbiyasida nikoh-oila muammolari bilan bog„liq 
bo„lgan mutasaddi xodimlar, mahalla, hokimiyat vakillari, katta 
yoshdagilar ham hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik 
xususiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy nizolar psixologiyasi haqida 
tegishli ma‟lumotlarga ega bo„lishlari maqsadga muvofiqdir.
Yoshlarimiz esa er-xotin nizolarini jiddiy, ayanchli oqibatlarga 
olib keluvchi: ajratuvchi “men” xarakteridagi “chegaralanmagan” 
turlaridan ogoh bo„lishi, o„z hayotlarida shu toifa nizolarning 


45 
yuzaga keltirmaslik, ularning oldini olish va bartaraf etish borasida 
zarur bo„lgan bilim va ma‟lumotlarga ega bo„lishlari lozim. 
Yangi oilaga tushgan kelinlarning(qizlarning) ko„pchiligi 
yuzaga keladigan ba‟zi qiyinchiliklarni osonlik bilan engib, kelinlik 
vazifalirini ko„ngildagidek eplab ketadilar, qaynonalarini ro„zg„or 
tashvishlaridan xalos qiladilar, tezda ularning mehriga sazovor 
bo„ladilar. Qaynonalar ham bunday kelinni “qizim” deb bag„rilariga 
oladilar, bilmaganini o„rgatadilar, qiynalganida yordam beradilar, 
hayotiy yo„l-yo„riq ko„rsatadilar. 
Ularga uy-ro„zg„or ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin 
ko„makdoshga aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida 
turli to„qnashuvlar ham sodir bo„lib turadi. Gap qaynona-kelin 
o„rtasidagi borar ekan, shuni aytib o„tishimiz lozimki, bu masalada 
azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli nomayondalaridan 
diqqat e‟tiborida bo„lib kelgan muammolaridan biridir. Jumladan, 
Ahmad Donish o„zining «Navodir ul-voqea» (Nodir voqealar) nomli 
kitobda qaynona-kelin nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: 
«Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda ham bo„lgan, 
hozir ham bor va bundan keyin ham bo„ladi. Ular doimo 
urishaveradilar. Ular nima uchun urishadilar? Chunki ular nima 
uchun urishishayotganliklarini o„zlari ham bilmaydilar. Shuning 
uchun urishadilar». Demak bu o„rinda qaynona–kelin nizolari, 
sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish alohida ahamiyatga molik 
masala ekanligi ko„rinib turibdi.
Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan 
ayrimlarini ko„rib chiqamiz. 
1). Ba‟zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, 
qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan 
bo„ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa 
sifatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila qurib, tasavvuridagi emas, 
balki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular 
o„z tasavvuridagi qaynonaga xos bo„lgan kamchilik va illatlarni 
hayotdagi qaynonadan axtara boshlaydilar. Borini-ku topishlari 
aniq, hatto yo„g„ini ham topishga harakat qiladilar. Chunki 
tasavvurlari ularni aldaganini tan olishni istamaydilar. 
Hayotda kamchiliksiz odam bo„lgan emas, bo„lmaydi ham. 
Ideal qaynona, ideal kelin ham bo„lishi mumkin emas. 


46 
Kelinlar (qizlar) o„zlari tushgan yangi oila a‟zolariga ilk 
taassurot asosida baho berishga oshiqmasliklari lozim. Aks holda, 
pashshadan fil yasash ham hech gap emas. Qizlarni oilada 
qaynonaga hurmat ruxida tarbiyalash orqali bunga erishish mumkin. 
Kelinlar og„ir-bosiq, sabr-toqatli bo„lishlari, iloji boricha o„zlari 
tushgan xonadon a‟zolarining yaxshi tomonlarini ko„rishga 
intilishlari, eri shu xonadon a‟zosi ekanligini unutmasligi lozim. 
Ana shunda bu oila tinch-totuv bo„ladi. Zotan, kelin bu xonadonga 
besh kunlik mehmon emas, balki bir umrlik a‟zo bo„lib kelganligini 
unutmasligi kerak. 
2). Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro„zg„or 
tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo„ladi va keskinlashadi. 
Ikki avlodning dunyoqarashi, hayotiy tamoyillari o„rtasida 
tafovut bo„lishi tabiiy holdir. Ammo aksariyat hollarda qaynona-
kelinlar ko„p jihatdan bir-birining aksi bo„ladilar. Ayrim hollarda 
esa qaynona-kelin andishani yig„ishtirib qo„yib, har birlari o„z 
gaplarini o„tkazishga harakat qiladilar. Bunday kelishmovchiliklar-
ning oldini olish uchun kattalar yoshlarni kiyinishi, soch 
turmaklashi, yoqtirgan kuy va ashulalarini tinglashi va shu kabi 
boshqa masalalarda ularni o„z holiga qo„yishlari lozim. YOshlar 
ham o„z navbatida iloji boricha ota-onalarini tushunishga intilishlari, 
ularni g„ashiga tegadigan noo„rin qiliq va odatlardan qaynonaga 
xush kelmaydigan salbiy «hoyu-havaslardan» o„zlarini tiyishlari 
kerak. 
3). Ba‟zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga 
tayyor bo„lmaydilar. 
Shunday kelinlar bo„ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir 
yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni biladilar. 
Shuning uchun nikohgacha onalar qizlariga osh-ovqat 
pishirishni, 
meva-sabzavotlardan 
qishga 
sharbat, 
tuzlama, 
murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saranmjon-sarishta tutishni, did 
bilan mehmon kutishni, tejamkorlikni, oila buyudjetini iqtisod 
qilishni, uy anjomlari, jihozlaridan asrab-avaylab foydalanishni va 
shu kabi uy-ro„zg„or ishlarini o„rgatishga alohida e‟tibor berishlari 
zarur. Chunki el orasida «qiz birovning xasmi, boshqa oilaga 
tushishi bor» degan hikmat bor. SHunga qarab qizlarni puxta 
tayyorlash kerak. 


47 
Qizlar yangi oilaga kelin bo„lib tushib borgandan so„ng, 
qaynonalar ham kelinlardan hadeb kemchilik va qusur axtarmasdan, 
uni o„z farzandiday ko„rib, bilmaganini sabr-toqat bilan o„rgatib 
borishi lozim. Ba‟zi qaynonalar borki, kelinning har bir ishidan 
kamchilik topib, bo„lar-bo„lmas so„zlar bilan, befarosat, befaxm deb 
haqoratlab bu esa kelinning bu oilada o„rganishi qiyin kechadi. Bu 
vaziyatda kelin xomilador bo„lsa, kelajakda tug„iladigan farzandiga 
salbiy ta‟sir qilishi mumkin. Kelin o„ylanadi,eziladi, siqiladi chunki 
kelin qizlik davrida ota-onasinikida bunday so„zlarni eshitmagan bu 
esa ruhiyatiga ta‟sir qilib juda qiynaladi. Kamchiliklarni yuziga 
solavermasdan, yaxshi tomonlarini gapirib turishlari kerak. 
Qaynonalar kelinlarida hosil qilingan ko„nikma va malakalarning 
o„z o„g„li uchun va kelajakda o„z nabiralari uchun xizmat qilishini 
esda tutishlari kerak. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin