12
SHARQ MUTAFAKKIRLARI VA MASHHUR
PEDAGOGLAR QIZLAR VA AYOLLAR TARBIYASI
HAQIDA
Oila jamiyatning asosini tashkil etadi. Oila qanchalik
mustahkam bo„lsa, jamiyat ham shunchalik mustahkam bo„ladi. Bu
esa ijtimoiy-iqtisodiy omillargagina emas, balki ma‟naviy omillarga
ham chambarchas bog„liqdir. Binobarin, oila ma‟naviyatining
tarixiy asoslari, oila va jamiyat, an‟analar, qadriyatlar, farzand
tarbiyasi muammolarini bugungi kun nuqtai nazaridan qarab chiqish
va baholash g„oyat muhimdir.
Birinchi Prezidentimiz ta‟biri bilan aytganda: «Bu yorug„
dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb
atalmish bebaho ne‟mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha
ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi»
1
.
Ma‟naviyatimizning ko„hna sarchashmalaridan biri bo„lgan
“Avesto”da ham insoniyat va uning taraqqiyoti bilan bog„liq
tasavvurlar, ma‟naviy-ruhiy va axloqiy mezonlar, olamni, tabiatni
bilishga bo„lgan ehtiyoj va intilish insondagi eng olijanob, pok
fazilatlar ifodalanishi bilan bir qatorda, oila asoslari, tuzilishi,
tarkibi, oila ma‟naviyati, ota-onalarning oiladagi mavqeilari,
oiladagi ayol erki, burchi va huquqlari yuksak ma‟naviy va axloqiy
mezonlar asosida tavsiflangan.
“Avesto”da nikohga va oila qurishga tayyorgarlik jarayonida
qiz bola tarbiyasiga alohida e‟tibor berilgan. Qiz balog„atga
etguncha, o„z davrining barcha hunarlarini bilishi, chorva mollariga
qarashi, parvarishlashi, uy ro„zg„or yumushlarini mukammal tarzda
ado etishi, pokiza, ozoda yurishi shart bo„lgan. Oilada qizlarga
hunar o„rganish, o„qitib bilim berish qat‟iy yo„lga qo„yilgan. Zeroki,
o„qimishli, hunarmand qiz o„z kasbi, bilimi bilan dastlab ota-ona
xonadonini obod, saranjom qilib yursa, jufti halolinikiga borganda,
oilani boshqarish bilan birga kelajak avlod ta‟lim-tarbiyasi bilan
jiddiy shug„ullanashiga to„g„ri kelgan.
Shu tariqa qiz bolalarga yungdan ip yigirish, urchuq va
charxda ishlash, matolar to„qish, namat va kigiz bosish, liboslar
1
Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч. –Т.: «Маънавият» 2008. -56-бет.
13
tikishdan tashqari, o„g„il bolalar kabi kurash tushish, otda chopish,
qilichbozlik va o„z raqibidan o„zini qalqonda himoya qila bilish, ot
bilan har xil to„siqlardan, balandliklardan o„tish, suvda suzish,
uzoqqa yugurish, nayza irg„itish, kamondan o„q otish va boshqa
jismoniy-harbiy malakani egallash ham majburiy bo„lgan.
“Avesto”da zurriyotning pokizaligi, naslning sog„lomligining
xususida qayg„urib, bunga erishish yo„li sifatida atrof-muhitni
muhofaza qilish, jamoat, oila, shaxsiy ozodalik, gigienaga rioya
qilish, shuningdek, oila qurish jarayonida har jihatdan benuqson,
sog„lom qizni kelinlikka tanlash uqtiriladi.
Islomiy tarbiyada ham qizlar tarbiyasining o„ziga xos
xususiyatlari 7 yoshdan so„ng shakllanishi qayd qilinadi, xuddi shu
yoshdan, ya‟ni 7 yoshdan boshlab, qizlar ayollarga xos tarbiyalanib
boriladi.
Islomda bolaning kichik yoshidan boshlab ota-onaning hurmat
qilishi uqtiriladi. O„g„il bolaning onasiga bo„lgan muhabbati uning
kelajakda butun ayol zotiga, xususan, umr yo„ldoshiga bo„lgan
muhabbatini tarkib topishiga yordam beradi. Qiz bolaning otasiga
bo„lgan mehribonchiligi esa butun erkak zotiga, jumladan, bo„lajak
eriga bo„lgan hurmat tuyg„ularini shakllanishiga turtki bo„ladi.
Ma‟lumki, Islom dinining muqaddas manbalaridan bo„lmish
Qur‟oni Karim va hadislarda ham odob-axloq, ayollarning
turmushdagi o„rni va vazifalari, er va xotin o„rtasidagi
munosabatlar, bola tarbiyasi va oila yuritish hamda muhabbat
masalalariga keng o„rin berilgan.
Quyidagi hadislar to„plamidan bir necha misollar keltiramiz.
“Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini
ham yaxshilangiz”(38-hadis); “Qachonki er o„z xotiniga va xotin
o„z eriga qarashsa, Tangri ham ularga rahmat nazari bilan qaraydi,
bordi-yu kaftini kaftiga qo„ysa, barmoqlari orasidan gunohlar duv-
duv to„kiladi”(44-hadis); “Hech bir ota o„z farzandiga hulqu
odobdan buyukroq meros berolmaydi”(136-hadis).
Bola Alloh taoloning ota-onaga topshirilgan bir omonati
bo„lgandan uni tarbiya qilmoq ota-onaga tegishli bo„lgan bir
burchdir. Dunyoga kelgan bir bolaning ko„ngli Imom Fazoliy
aytganicha, “har turli naqshlardan bo„sh bo„lgan bir nafis
14
javhardirki, u naqsh qilinsa bo„ladir va qaysi yoqqa tortsang, o„sha
yoqqa tortiladir”.
Bir ona bolasini dunyoga keltirar, tirikligining quvvati bo„lgan
bir qism suti bilan uni to„ydirar, quchog„ida o„stirar, suyukli yurak
mevasining rohati uchun shirin uyqularidan, butun tinchligidan
kechar. Uning tarbiyasi, baxtli bo„luvi uchun jonu yuragidan
tirishadir. Uning uchun chekmagan jafosi, qilmagan fidokorligi
qolmas. Tirikligining so„nggi nafasiga qadar uni sevadi. Bolasining
bir oz boshi og„risa, uning salomatligini qaytarish uchun bor molu
jonini beradi. Unga har zamon jonim deb murojaat qiladilar. Uning
bu so„zi juda to„g„ridir. Chunki bolalar ona tanu-jonining bir
bo„lagidir. “Jannat onalarning oyoq ostidadir” deyilgan hadis
sharifda. Onalarning naqadar ortiq hurmatu muhabbatga loyiq
ekanini ko„rsatish uchun etarlidir.
Shunday ekan ota-onalar bolalarini yaxshi tarbiya qilishga dinu
insoniyat jihatidan majbur bo„lib, ularning berajak tarbiyalaridan
bolalar baxtli bo„lganidek o„zlari ham mukofati savobga erishadilar.
Bolalarda yaxshi xulqlarni o„rgatsak, ularni yomon yo„ldoshlardan
saqlamoq, noziklikka, ortiqcha ziynatlarga va rohat qilib tik etishga
ko„ngil qo„ydirmaslik, o„qigan vaqtda umrini bo„sh o„tkazmaslikka
tirishish, har turli holga qarshi turadigan suratda o„stirmak, dindor,
to„g„ri, rost so„zli, kishiga ezgulik tilovchi, tirishqoq va kuchli
qilsak, bolani butun ma‟nosi bilan inson etsak, avval boshda ota-
onaga lozim bo„lgan eng kerakli burchlaridir.
Keltirilgan namunalardan ko„rinadiki, demak diniy manbalarda
ham oilaning muqaddas ekanligi, ota-onaning bola va o„z navbatida
farzandning o„z ota-onasi oldidagi vazifalari, erning xotinga xurmat
va e‟zozi muqaddas qadriyatlar sifatida qaralgan ekan.
Sharq xalqlarida tarbiya borasida ulkan ma‟naviy meros
yaratilgan. Bu meros asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga o„tib
sayqallanib xalq barkamolligini ta‟minlash uchun xizmat qilmoqda.
Ana shunday an‟analarimizdan biri ayollar, onalar, qizlar
tarbiyasidagi boy pedagogik tajribadir.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning
ilmiy merosida ham muhim o„rin egallaydi. Shu o„rinda Ibn
Sinoning ham qarashlarini keltirishimiz mumkin. U bola tarbiyasida
oila boshlig„i–otaning roliga alohida e‟tibor beradi. “Agar oilada, -
15
deydi u, -oila boshlig„i tajribasizlik, no„noqlik qilsa, u oila a‟zolarini
yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib
chiqishi mumkin”. Bola tarbiyasi yaxshi yo„lga qo„yilsa, oila baxtli
bo„ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi.
Ota-ona kim bo„lishidan qat‟iy nazar bu vazifani ma‟suliyat bilan
ado etishi lozim.
Abu Ali ibn Sinoning oilada er bilan xotin o„rtasidagi
munosabatlar borasida aytgan fikrlari bag„oyat qimmatlidir. «Tadbir
al-manozil» asarining «Afsofiy bextarin zanho» bo„limida oilada
xotinlarning yaxshi xulqli bo„lishi orqali o„z qizlariga namuna
bo„lishlari haqidagi fikrlarini quyidagicha asoslaydi:
1.Xotin kishi bilimli bo„lsin.
2.U dinga ishonmog„i kerak.
3.Uyatchan, sharm hayoli.
4.Tabiatan jasur.
5.O„z erini qattaq sevishi.
6.Tug„ishi va bola tarbiyasi haqida o„ylashi.
7.Ezma bo„lmasligi.
8.O„z eriga bo„ysunishi.
9.To„g„ri bo„lishi.
10.U hech vaqt o„z sha‟niga dog„ tushirmasin.
12.O„z vazifasi va burchini yaxshi bajarishi.
13 Xotin oila xo„jaligida narsalardan to„g„ri, tejab foydalana
bilsin.
14.U o„zining xarakteri va yaxshi tomonlari bilan eridagi
kamchiliklarni yo„qota olsin –deb izohlaydi.
Abu Ali ibn Sino er va xotinning yaxshi sifatlarini sanab
o„tadi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o„rnak bo„lib uning
kelajak taqdirini belgilashida muhimligini alohida uqtiradi.
Sharq mutaffakkiri Yusuf Xos Hojib o„zining “Qutadg„u bilig”
asarida bola tarbiyasi haqida to„xtalib, “Farzand qanchalik bilimli,
aqlli-xushli bo„lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug„ bo„ladi”. U
bola tarbiyasida otaning ma‟suliyatiga alohida e‟tibor beradi.
“Kimning o„g„il-qizi erka bo„lsa, deb yozadi u unga shu kishining
o„zi mungli bo„lib yig„laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib
qo„ysa bolada gunoh yo„q, barcha jafo bolaning otasida. O„g„il-
16
qizning xulq-atvori yaramas bo„lsa, bu yaramas ishni ota qilgan
bo„ladi.
Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlarni o„rgatsa, ular
ulg„aygach, o„g„il-qizim bor deb sevinadi. O„g„il-qizga hunar va
bilim o„rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe‟l-atvorlari
go„zal bo„lsin”. Yusuf Xos Hojib o„z asarida shunday fikrlarni
o„rtaga tashlaydiki, ular bola tarbiyasi uchun madhiyadek
yangraydi.
Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon
deb tushunadi. U beldan madorni, tanadan quvvatni, ko„zdan nurni,
dildan oromni talab qiladi. Uning ta‟kidlashicha, agar insonning
o„zida go„zal fazilatlar bo„lsa, ularni boshqalarga o„rgatishi lozim.
Lekin odob-axloq, rasm-rusum, odat va ahloqni hosil qilish uchun
zo„r kuch va harakat kerak bo„ladi.
Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur
asarlardan biri Shamsul Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma”sidir.
Bu asar Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida muhim o„rinni egallaydi
va qanchadan-qancha avlodlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda o„z
hissasini qo„shib kelmoqda. “Qobusnoma” falsafiy didaktik asar
bo„lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o„z ichiga oladi.
Uning “Farzand parvarishi qilmoq zikrida” degan bobida bevosita
oiladagi bola tarbiyasiga bag„ishlanadi.
Kaykavusning “Qobusnoma” asarida ota-onalarning qator
vazifalari sanab o„tiladi. Bular quyidagilardan iborat. 1) Bolaga
yaxshi ot qo„ymoq; 2) Oqil va mehribon enagaga topshirish; 3) To„y
tomosha qilib berish; 4) O„qish-yozishni o„rgatib kasb hunar va
ilmli qilish; 5) Harbiylar ahlidan bo„lsa, sipohiylikni o„rgatish
1
.
E‟tiborli joyi ana shundaki, Kaykovus bolaga hunar
o„rgatganda, uning uchun boshqalar qilishi mumkin bo„lmaydigan
hunarlar o„rgatishi lozim deydi. Ana shunday hunarlar yordamida u
mushkul vaziyatlardan chiqa olsin. Shunda bola ham otadan rozi
bo„ladi.
«Agar qizing bo„lsa, uni mastura doyalarga topshirg„il, toki
yaxshi parvarish qilg„aylar va kattaroq bo„lg„ondin so„ng muallimga
topshirg„il… balaog„atga etg„ondin so„ng harakat qilib erga berg„il,
1
Кайковус. Қобуснома. Т.: «Истиқлол», 1994 йил, 85-86-б.
17
unga shafqat va marhamat ko„rguzg„il, nedimkim qiz otaning asiri
bo„lur. O„g„il otasiz bo„lsa ham bir ish talabiga bora olur o„zin
maishatlig„ tutar. Qiz esa ojiz va bechora bo„lur. Har na boring
bo„lsa, avvalo burun qizga berg„il va uning asbobin tuzatg„il.
Tezroq uni bir kishining bo„ynig„a band etg„il, toki uning g„amidan
qutilg„aysan. Agar qizing erga tegmag„on bo„lsa, uylanmag„on
yigitga topshirg„il, toki unga ko„ngil bog„lasin va ul bunga ko„ngil
bog„lasin»
1
va yana «Lekin agar o„g„lingni uylantirmoq va qizingni
erga bermoq tilasang, zinhor o„z qarindoshlaring bila berishib-
olishmag„il»
2
-deb ota onalarga nasihat qiladi.
Abu
Rayxon
Beruniy
“O„tmish avlodlaridan qolgan
yodgorliklar”, “Hindiston”, “E‟tiqodlar va dinlar haqida”, kabi
ko„pgina asarlarida bolalarni axloqiy tarbiyasida oid qimmatli
fikrlarni yozadi. Hatto, “Mineralogiya” nomli asarida ma‟danlar
haqida to„xtalgan bo„lsada, insoniy fazilatlarning ahamiyatini
yoddan ko„tarmaydi va inson qalbi javohirlardek toza va pok
bo„lmoqligini uqtirib qo„yadi. Inson fazilatlari qimmatbaho toshdek
katta boylik ekanligiga e‟tiborni qaratadi.
Oila tutishda ma‟naviyatning sharoit taqozo etgan tamoillari
borki, bu haqida allomalarimiz eslatib o„tishgan. Beruniy oila
qurayotgan qizlarga ota-onaning pand nasihatlarini keltirib, oiladagi
tinch totuvlik ko„proq ayollar zimmasiga tushishni ta‟kidlab
shunday yozadi: “Ey qizim! Sen o„rgangan uyingdan ketib, notanish
xonadonga tushmoqdasan, sen bo„lajak kuyovingning hamma
xislatlarini bilmaysan. Sen er bo„l, u esa osmon bo„ladi. Demak sen
u bilan shunday yo„l tutki, uning oldida er kabi kamtar bo„lsang, u
osmon kabi olijanob bo„ladi. Osmon shifobaxsh yomg„iri bilan erni
ko„kartirgani kabi ham o„z mehri shavqati ila seni xushnud etadi.
Ering sendan faqat yumshoq va shirin so„zlar eshitsin,
yaramaydigan va eski libosda yoki sochlaring tartibga solinmagan
holda uning oldida o„tirma. Qizim, kiyovingdan kuchi etmagan va
sotib olishga qudrati etmagan narsalarni talab qilma. Bunday qilsang
orada totuvlik yo„qoladi, turli xil janjallar paydo bo„ladi. Qizim
rashk qilishdan saqlangin, chunki u ajralib ketish (talaq)ning
1
Кайковус. Қобуснома. Т.: «Истиқлол», 1994 йил, 89-б.
2
Ўша манба 88-б.
18
kalitidir. Eringga hadeb gina (tanbeh) qilishni men senga man
etaman(ta‟qiqlayman). Yaxshisi, sen u bilan xushmuomalada shirin
so„zli bo„lgin, bu ishing har qanday sehru jodudan yaxshidir.
O„zingga xushbo„y narsalar bilan aro bergil, pokizalik hamisha
yo„ldoshing bo„lsin” -deb nasihat qilgan.
Beruniy «Mineralogiya» asarida ota-onalarga nasihat qilib,
«Bolalarning chiroyliligi, yuz ko„rinishi ona qornida shakllanib rivoj
topadi, bundan keyin uni o„zgartiradigan kuch yo„q» -deb
ta‟kidlaydi.
Abu Rayxon Beruniy insonning ahloqiy fazilatlarini, umuman
ahloqiy tushunchalarni insonning tabiati bilan bog„laydi. Inson
tabiati esa, avvalo, oilada shakllanadi. Shunga ko„ra, bola
tarbiyasida ota-ona ta‟siri va namunasi benihoya kattadir. Masalan,
u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Jo„far tilidan shunday deb
yozadi: “Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Eringga tez-tez
tanbeh qilishni senga taqiqlayman. Chunki tanbeh nafrat uyg„otadi.
O„zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana
xushbo„y atirlardan foydalangin. Ularning ichida eng yaxshisi
suvdir.
Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasida
taalluqlidir. Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o„rtaga
tashlaydi. Oilada tozalik, pokizalik va tartiblik mavjud ekan, u erda
ma‟naviy poklik ham bo„ladi. Bu fikrini tanni toza tutish bilan
cheklab bo„lmaydi, balki ko„p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat
mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri
insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to„g„risidagi g„oya
bilan bog„liqdir. Bu narsa bola tarbiyasida jismoniy sog„lomlik bilan
ma‟naviy boylik o„rtasidagi o„zaro muvofiqlik, mutanosiblik
haqidagi bugungi kunning talabi bilan hamohangdir.
Beruniyning yozishicha, kishilar hayotda turli holatda
bo„ladilar va turlicha harakat qiladilar, ularning ayrimlari bilan
maqtaladilar, boshqalari bilan qoralanadilar. Bularning hammasi
bolalar ko„z o„ngida yuz beradi. Buni to„la his qilgan ota-ona
ehtiyot bo„lmoqlari zarur. U ota-onalar bolalar bilan birga harakat
qilishlari, turli o„yinlar uyushtirishlari, ular bilan o„zaro suhbatlar
o„tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi.
19
Xalq eposi va diniy risolalar odamlarda og„izdan-og„izga,
avloddan-avlodga ko„chib saqlanib kelgan bo„lsa, xalqning eng
donishmandlari va olimlari o„z qimmatli fikrlarini xalq an‟analariga
tayangan holda o„z asarlarida yoritib, ularni kelgusi avlodlar uchun
qoldirganlar, shunday faylasuf-olimlardan biri Abu Nasr Farobiydir.
Uning inson kamoloti, baxti, ta‟lim va tarbiyasi, umuman axloqi,
dinga munosabati haqidagi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va
tushuntirishlardan iborat o„git bo„lib, axloq nazariyasini boyitadi.
Uning ta‟limotlarida keltirilishicha haqiqiy baxt bir odamning
boshqasiga nisbatan g„ayirligi, zulmi yo„qolgandagina bo„ladi, oila
a‟zolarining bir-birlariga samimiy munosabatlari, mehr-u oqibatlari
esa ana shu oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi. Bundan
tashqari, har bir ota-onaning o„z farzandlari uchun birlamchi ustoz,
yo„l ko„rsatuvchi ekanligi va aynan ular bolada ta‟lim-tarbiyaga
kerakli tayyorgarlik holatini shakllantirish ta‟siriga ega ekanligi
to„g„risidagi xulosalar mutafakkir qarashlarining hozirgi kunlar
uchun ham aloqador ahamiyatli ekanligini ko„rsatadi.
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher
Navoiy merosida ham munosib o„rinni egallaydi. Uning fikricha,
jamiyatning etukligi, uning taqdiri va kelajak yoshlar kamoloti bilan
bog„liqdir, shunga ko„ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan
oliyjanob vazifadir deydi.
Alisher Navoiy ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug„laydi.
Bunday sifatlarning bolalarda mujassam bo„lishi farzand tarbiyasida
muhim rol‟ o„ynashini ta‟kidlab ko„rsatgan. «Yaxshi xotin deydi
Navoiy -oilaning davlati va baxti -Uyning oroyishi undan, uy
egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. Husnli bo„lsa-ko„ngil
ozig„i, xushmuomala bo„lsa, jon ozig„idir. Oqila bo„lsa, ro„zg„orda
tartib-intizom bo„ladi. U beandisha, shallaqi bo„lsa, ko„ngil undan
ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo„lsa, undan ruh azoblanadi.
Agar mayxo„r bo„lsa, uy obodligi yo„qoladi, aqlsiz bo„lsa, oila
rasvo bo„ladi»
1
, deb o„rinli ta‟kidlagan.
Alisher
Navoiy
oiladagi
ayrim
illatlarni
va
o„zaro
kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta‟siri va uning
1
Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. Тошкент, «Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти»,1983
йил, 25-бет.
20
buzilishiga olib keladi, sabab bo„luvchi asosiy omillar haqida ham
yozadi. Yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqishi
sabablarini ko„rsatib beradi. Bolada paydo bo„ladigan yomon
xulqlarni oldi olinmasa, bora-bora illatga aylanadi – deb uqtiradi.
Onalarni qizlarni onalik faoliyatiga tayyorlash xususida
mashhur tatar pedagogi Rizouddin ibn Faxriddin “Oila” nomli
risolasida: “ Xotunlari tarbiyali bo„lgan xalq-tarbiyali-uy, xotunlari
tarbiyasiz bo„lgan xalq tarbiyasiz, xotunlari tirishqoq, tadbirkor,
irodali bo„lgan xalq-boy, xotunlari yalqov yoki isrofgar xalq faqir
bo„lishi aniqdir”, deb o„rinli ta‟kidlagan.
Haqiqatdan ham xotunlari tarbiyali xalq tarbiyali, xotunlari
tirishqoq, tadbirkor, irodali bo„lgan xalq-boy, xotunlari yalqov yoki
isrofgar xalq faqir bo„lishi aniq. Millatni tarbiyali qilish uchun
o„zbek qizlariga ana shu fazilatlarni singdirish, ularni oilaga, onalik
vazifasiga tayyorlash amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun
qizlarda ana shu sifatlarning mohiyatini, mazmunini singdirish,
ularni oila, ijtimoiy hayotda qo„llash ko„nikmalarini tarkib toptirish
kerak. Chunki qizlarning faqat bilimli bo„lishlarining o„zi etarli
emas. Ularni oilada bolalarni tarbiyalashga, oila hayotini yurita
oladigan uquvli etib tarbiyalash darkor.
Yana Rizouddin ibn Faxriddin farzandlarni oila hayotiga
tayyorlashda onalarning o„rni va roli haqida: “ Insonlarning
saodatlari tarbiyaga bog„liq bo„lib, tarbiya ham xotunlar qo„lidadir.
Shuning uchun umuman xalqni tarbiya qilish uchun xotunlari
tarbiyalamoq hamda shu tarbiyani bolalarga ham bera oladigan
darajada olib borish lozim”, deb juda to„g„ri maslahat bergan.
Chindan ham insonlarning qaysi jinsga mansubligi va hayotda
baxt-saodatli bo„lishi xotinlar tarbiyasiga bevosita bog„liq hamda
ularning zimmasiga topshirilgan ma‟sulyatli ish hisoblanadi. Xalqni
tarbiya qilish uchun xotinlarni tarbiya qilmoq shart. Chunki xotinlar
ana shu o„zlaridagi aqliy tarbiyalari bilan yosh qizlarni, o„g„illarni
oila, ijtimoiy hayotga tayyorlashadi.
O„zbek onalarini tarbiyalashda va oilaviy hayotga tayyorlash
xususida mashhur turk olimasi Aliy Nazimonning: “Endi xonim
qizlarga aytamiz: tirishingiz, vaqtni o„tkazmay, aqlu zehningizni
o„tkir qilingiz , qaysiki ikki shart birladur. Birinchisi: o„quv va
bilimingiz butun ustingizda bo„lgan ishlarning birinchi darajalisi
21
qizlik, xotunlik, yosh onalik kabi ishlaringizga hech bir kamchilik
keltirmasin. Ikkinchisi shuldirki, bilgan narsalaringiz uchun hech bir
vaqt mag„rur bo„lmangiz va uni hamon o„rganishga tirishingiz. Bu
ikki shartni o„rniga qo„ya olsangiz ilmu komil egalari bo„lursiz va
buning uchun hech kim sizni ayb etmas, deb bildirgan fikri qizlar
tarbiyasida diqqatga sazovordir.
Darhaqiqat, qizlarni qizlik, xotinlik va onalik faoliyatiga
tayyorlash muammolaridan biridir. O„zbek oilalarida qizlarni komil
etib tarbiyalashda Aliy Nazimonning fikridan o„rinli foydalanish
juda ham katta ma‟naviy foyda keltiradi. Buning uchun oilada
qizlarga qizlar tarbiyasi haqida bo„lim, maxsus ma‟lumot berish
amaliy ahamiyatga ega.
Uyning ichi xotunlarga topshirilgandir. Unda ijro qilish lozim
bo„lgan narsalarni o„rgatmasalar xotunlar oila hayotida pand
oladilar. Oilani tuta bilish xotunning qadrini, obro„sini va mavqeini
oshiradi . Oilani yurita olishga kerak bo„ladigan narsalar oilanng
ta‟lim – tarbiyasiga oid bo„lgan ishlar hisoblanadi.
Xotin osh qanday tarzda tayyorlanishini, dasturxon qanday
tuzalishini, oilaga kerakli narsalarni qanday hozirlanishini, oila
a‟zolariga qancha miqdorda ovqat etarli bo„lishini, sotib oladigan
ne‟matlarini uyda o„zi tayyorlay olishini bilishi kerak. Xotin hech
bir kunda ovqat tayyorlovdan, kiyim tikuvdan, kir yuvishdan, uy
ichini supurib, changlarni artish kabi ishlardan bo„shamasligi
ma‟lum. Ana shu ishlarning barchasini o„z vaqtida tartib bilan
bajarishga o„rganish shart. Aksincha uy saranjomligi buziladi,
bundan oila a‟zolari jabirlanishadi.
Olimlarning biri yozgan kitobida shunday degan: «Yosh
qizlarning zehnini o„zlariga tegishli bo„lgan narsalar ila o„stiringiz.
Ularni kichkina vaqtlaridanoq yurt tutishga (uy tutishga), hisob-
kitobga, mayda-chuyda narsalar sotib olishga har bir narsaning
ko„proq foydali bo„lishi uchun nima qilish kerakligini bildiruvchi
tirishingiz».
Ikkinchi bir olim ham bular haqida ko„p narsalar yozgan:
”Yosh qizlarga kichkina vaqtlarida uyga taalluqli bo„lgan har bir
ishni ko„rsatish lozimdir, ish ko„ra-ko„ra o„rganiladur”. Misol uchun
kirlarni qanday yuvishni, yig„ib taxlashni o„rgatish uchun qizlarni
vaqti-vaqti bilan kir yuvadigan, uyda dazmol qiladigan joyga borib
22
turmoq kerak. Oshpaz xotun yoki yurt egasi ya‟ni onasi osh pishirib
turgan uyda xonim qizni hozir qilib, osh qanday pishirilishini
ko„rsatish kerak. Ularga bir uy uchun har vaqt kerak bo„ladigan
narsalarni, ularni saqlash qoidalari, ularning qanday ishlanuvlarini,
tutila turgan idish-tovoq, qapchiqlarni va ularning qanday
saqlanuvlarini bildirish kerak. Har bir narsaning vaqtini, qish kuni
meva saqlovchi, rizqlarning, kerakli yaroqlilarining hozirdan
pishgan vaqtini o„rgatish kerak. Xonim qizlar bir yurt jamoasi
ichidagi ishlarni berib, keragicha yuritish, har kimni bir aqlli tadbir
ila idora qilish va har narsani o„rnida tutishni bilsalar, ulardan
qimmatli, qadrli, sevimli hech kim bo„lmas. Ana shu tarzda bir qiz
bola ota-onasini shod etib, ularning xayru duosini topar, bunday
xonimning eri ham har vaqt unga muhabbatli bo„lur.
Bunday ona bolalarning cheksiz hurmati ulug„lashlariga
sazovor bo„lur. Bunday yurt boshi xotun xizmat egalari haqida
ma‟qbuli e‟tiborli bo„lur.
«Har narsani o„rnida qo„yib, tartib ila ishlashning o„z foydasi
bordir: zehnni ochar, vaqtni bo„sh o„tkazmas, narsalarni yaxshi
saqlar. O„rni ila ishlash uchun uch yordamchi kerakdir: havas ila
ishlamak, yaxshi qilib ishlashga tirishish, mohirlik, ko„rkam xulqli
bo„lgan bir kishi har kim ila yaxshi munosabatda bo„ladir: har
kimga rahmli, ezgulik tilovchi bo„lur. Hech bir narsaga
achchiqlanmas. Har narsaning yaxshi tarafini tutar va har vaqt
boshqalarga xush ko„rinishga tirishar. Har vaqt ochiq chehrada
bo„lur. Yumshoqlik, ochiq tabiatlilik, shodiyona chehrada bo„lish
bir pok ko„ngilning alomatidir. Har bir xotunga eng kerakli sifat
ko„rkam xulqqa bog„langan yumshoqlikdir. Aqlli bir ona o„g„lini
uylantirishni istagan paytida kelinlikka saylagan qizning boy,
go„zal, ziyrak bo„luvini so„ramasa, har narsadan avval ko„rkam
xulqli bo„lib-bo„lmaganini bo„lishga tirishadir. Ko„rkam xulqli
bo„lgan bir yosh qizni har kim sevar, agar bu qiz tug„ishganlari yoki
er tug„ishganlari orasida bir totuvsizlik sezsa, tezda yaraga malham
surtadir, dil xiralikni bitirishga tirishadir. Ezgulik hamma
odamlarning har nafas va har zamon bir-birini sevishga tahsin
qiluviga sabab bo„lgan bir fazilatdir. Ezgu niyatli bo„lingiz,baxtli
bo„lursiz!
23
O„zbek qizlarining ko„rkam xulqli bo„lishi eng asosiy
fazilatlardan birini tashkil qiladi. Xulq qizning faqat axloq-odob,
go„zallik, mehnat va boshqa tarbiyasining faqat nazariy asosini
emas, balki ana shu tarbiyalar majmuining o„z shaxsiy hayotida
qo„llashi deb izohlash to„g„ri bo„ladi.
Yurtning xarob bo„luvi sababini oila onasidan so„rangiz. Bu
to„g„rida sizga javob bea oluvchi yolg„iz, uginadir. Yurtning xarob
bo„luviga uning bashang kiyinuviga odatdan tashqari mubtalo
bo„luvidan boshqa hech bir sabab yo„qdir.
Birovning ustida yangi uslubda bir kiyim ko„rdimi, undan
o„ziga tiktirmay hech tura olmas. Shuning uchun erining topgan
aqchasi xotinning buzuq orzulariga xizmat etmoqdan boshqa bir
narsaga foydasi tegmas. Chetdagilarga ko„rkam ko„rinish uchun
moda va kiyinuv balosiga griftor bo„lishini o„zlariga lozim deb
o„ylagan xotunlar fikrlari yo„qligi uchun g„oyat bir yomon dalil
ko„rsatgan bo„lurlar.
Sizga zarar keltirishdan va sizni xalqning yomon hayollariga
tushiruvidan boshqa hech bir foydasi ko„rinmagan, holingiz,
o„zingiz va kuchingiz etganidan ortiq takallufli kiyinishga hech
qiziqmangiz, har kimning yaxshi fikrini qo„zg„atib, qozonib,
o„zingizning qadringizni saqlagan bo„lursiz.
Oqshom vaqtida rasm bo„lgan kiyimlar kiyishni va kunduzlari
sochlari yoyilgan, ko„ylaklari yirtiq so„kilgan bo„lib, ko„pincha
tungi kiyimlar ila yuruvni odat qilgan xotunlarning oz bo„lmagani
eshitilmakdir. Bu ham juda zo„r bir aybdir.
Mashhur tatar olimi Faxr-ul Banot Subg„atulloh qizi «Oila
saboqlari» oila negizini tashkil etgan xotunlar toifasiga yurtga
(oilada) va xotunlikda bo„lgan vazifalari haqida asosli va negizli
ma‟lumot bermak maqsadi ila yozilishdir. Oila saboqlari
xonimlarga, qizlar maktabi shogirdlarga oila vazifalari to„g„risida
foydali ma‟lumot bergani kabi o„quvga tamom engillik va bir
tarafdan, asosli bir axloq sabog„i hamdir. Faxr-ul Banot
Subg„atulloh qizi “Oila saboqlari”
1
nomli asarida qizlar, onalar
tarbiyasining nozik milliy asoslarini mohirona ko„rsatgan. Biz ana
shu pedagogik qarashlarning onalar tarbiyasiga doir ba‟zi qirralarini
1
Ризоуддин ибн Фахруддин. Оила. - Тошкент: «Меҳнат», 1991. 41-б.
24
o„rganishga harakat qildik. Bundan keyin uning shu asarlaridagi
gaplarni qo„shtirnoq ichiga olib sahifalarini ko„rsatib beramiz.
Ularning mohiyati, mazmunini pedagogik nuqtai nazardan o„zbek
oila tarbiyasida aniqroq qilib aytgan onalar faoliyatida tutgan o„rni
va rolini ko„rsatishga intilamiz.
Subg„atulloh qizi onalarning o„z vazifalarini bajarishda ilmli
bo„lishlari haqida “Xotinlarning ilm o„rganuvlari” bobida:
“Xotunlar ham erlar kabi odamdirlar, hamda hurmatlariga tegishli
bo„lg„on odamlardir va oilaning negiz toshlaridirlar. SHunday
bo„lgach, ularning ilmu hunar ne‟matidan o„zlarida kerak qadrli
ulush oluvi shartdir. Bir bola dunyoga keluvi birla, uning eng
avvalgi tarbiya maktabi onasining quchog„idir. Avvalgi tarbiya
naqadar tubli bo„lsa, shunga qarab boshqalarning ham komil
darajada o„rganiluvi aniq bo„lgandan bolalarning tarbiyasi komil
inson uchun qizlarimizning, xotunlarimizning go„zal tarbiya ko„rgan
bo„luvlari, xususan tarbiyali, fikrli bo„luvlari lozimdir”. Bolalar
tarbiyasi xotinlarga maxsus bir vazifa bo„lg„on uchun bu tarbiyaning
darajasi tarbiya qiluvchilarning bilaklari darajasida bo„luvi lozim”, -
deb bildirgan fikri diqqatga sazovordir. Mazkur fikrning hayotligi
shundaki bolalarni tarbiya etuvchi ona avvali shu tarbiya haqida
bilimga ega bo„lmog„i shart. Agar ona bilimsiz haqida bilimga
bo„lsa, tug„ilgan chaqoloqni inson sifatida tarbiyalay olmaydi.
Qizlarni ona bo„lishga amaliy tarbiyalashda yuqoridagi g„oya, fikr
dastur amal bo„la oladi.
Xotunlarning o„zlariga maxsus bo„lgan eng qadrli ziynatlari
iffatdir. Iffatsiz xotun nursiz, iflos bir jirkanch bir gavdalardir.
Iffatlarini saqlarg„a tirishmagan xotunlar hech bir vaqtda muhabbat
va iltifotga loyiq bo„la olmaslar. Xotinlik bunday xotunlardan
yiroqdir. Xotunlar go„zalligu suluvliklarga, boyligu mollarga emas,
iffatlari ila quvonishlari kerak”. Chindan ham xotunlar bolalarga
tarbiya berishi uchun birinchi galda iffatli bo„lishlari, o„z iffatlarini
saqlashga intilishlari shart. Bu fazilatlarsiz bolani tarbiyalash
mumkin emas. Xotunlar o„zlarining husni jamoliga boyligiga emas,
balki iffatlari bilan faxrlanishlari darkor. Oilada qizlar ana shu
fazilatlarni o„zlariga shakllantirishlari darkor. O„zbek qizlari oila
hayotiga ya‟ni onalikka tayyorlanishda sabr-toqatli bo„lishlari
25
haqida Faxriddin shunday fikrni aytgan: “Dunyo bu! Ba‟zan erining
pullari oz bo„lur-da, xonimlarning so„ragan narsalari olinmas.
Yaxshi bilingizki, xotunlarning go„zalligi kiyinuvda, ziynatda
emasdir. Bir ochiq yuz, bir kelishgan qiyofa, toza va gavdaga mos
tikilgan kiyimlar, toza-uy, pok ko„ngilli xotunlarni ma‟naviy ham
moddiy go„zal ko„rsatishga etarlidir. Aqlli xotunlar zebu ziynatga
berilib ketmaslar. Chunki odatdan tashqari ziynat, aql ozligiga
dalolat etib, oila boshi bo„lgan er uchun bir katta harajat, zo„r
tanglikka tushuviga sabab bo„ladir”
“Bola uylanuvining yodgori, er ila xotin orasidagi
muhabbatning bir jonli dalilidir. Bolaning tarbiyasi oilaning
saodatiga insonlardan yig„ilgan madaniy jamiyatning baxtliligiga
ham sabab bo„lajagidan bolalarga naqadar ko„p ahamiyat bermak
lozim. Bolalarni keragicha tarbiya qilganlar vazifalarini tamom ado
qilgan bo„ladilar. Bolalar oilaning ziynati, ota-onalarning zo„r
ko„ngil yupunchidir. Shuning uchun bolalar juda qimmatli
mevadirlar. Lekin ularga ziynat bermak uchun go„zal tarbiya
qilinuvlari shartdir”
1
.
Haqiqatdan ham bola er bilan xotinning muhabbatining jonli
dalili. Shuning uchun onaning eng asosiy vazifasi bolani oilaga,
jamiyatga mos tarzda barcha ziynatlar asosida to„g„ri tarbiyalashdir.
Bola er-xotinning hayotini davom ettiruvchi jonli aqlli zot
hisoblanadi. Hayotdagi nuqsonlarni bartaraf qilishning asosiy
tayanchi bo„lmog„i kerak. Bu oilani, millatni qolaversa davlatni
rivojlantirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Shuning uchun bolani
komil inson etib tarbiyalash eng to„g„ri yo„ldir.
Qizlarni yoshligidanoq har xil hunarlarga o„rgatish kelajakda
baxtli bo„lib, oila qurishlariga, boshqalarga tobe bo„lmay o„z
vazifalarini bajarishga olib keladi. “Bir xonim o„qib yozishni, din
hikmatlarini, qo„l ishlarini, osh pishiruvni va shuning kabi butun
kerak ishlarini o„rgangandan so„ng mumkin bo„lsa, muzika
o„rganishga ham tirishmog„i kerak. Ish bo„lmagan zamonlarda
qizlarning nomusli va odobli muzika birla turgan xonimdan birorta
muzika asboblarini o„rganuvi maslahatdir.Yoki bo„lmasa, o„zi
kuylab yursa, butun uy xalqiga bir shodlik va xursandchilik berurga
1
Ризоуддин ибн Фахруддин. Оила. - Тошкент: «Меҳнат», 1991. 73-75 б.
26
yordami bordir. Lekin, to„ylarda yoki odamlar yig„ilgan erlarda
o„yin o„ynashi, kuylamakni hunar etib tutmak eng katta ayb, sharafi
haysiyat (qadr, e‟tibor)ga hilofdir
1
.
Bizning oilalarda tarbiyalanayotgan o„zbek qizlari ham ana
shunday musiqaga oid bilimlarni, hayotiy ko„nikma, odatlarni
o„zlarida tarkib topdirsa maqsadga muvofiq bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |