69
XULOSA
O„zbek qizlarini oilada onalik faoliyatiga tayyorlashda oila
hayotining, millat hayotining davomiyligini ta‟minlashda bilimlarni,
tajribalarni bolalarga va ayniqsa qizlarga bera olishga o„rgatish
O„zbekiston mamlakatining taraqqayotini tashkil etishning asosiy
sharti hisoblanadi.
O„zbek qizlarini tirishqoq bo„lishi uchun vaqtni o„tkazmay
zehnini o„tkir qilish uning ustiga yuklanadigan qizlik, xotinlik, yosh
onalik kabi ishlarini bajarishda kamchilik keltirmasin. Aksincha
o„zingiz bilgan narsalaringizni, tajribalaringiz uchun hech bir vaqtda
mag„rur bo„lmaslik kerakligini uqtiradi. Agar qizlar ana shu
sifatlarni ya‟ni o„zbek qizlariga xos sifatlarni egallasa, o„zlarida
tarkib toptirsa, bunday qizlar komil onalar ya‟ni insonlar
bo„lganligini ko„rsatadi. Buning uchun ularni ayblash emas, balki
boshqalarga ibrat qilib ko„rsatishga asos bo„lishini qizlar bilishlari
kerak. Aslida millatning, mamlakatning ijtimoiy hayoti ana shunday
sifatli qizlarning tarbiyalariga bog„liq deb xulosa qilsak to„g„ri
bo„ladi.
Bolani o„rab olgan muhitning hammasi-odamlar, narsalar,
voqea-hodisalar, uning onggida, xulq-atvorida ma‟lum iz qoldiradi,
uni o„zgartiradi, va rivojlantiradi. Ota-onaning burchi mana shu
rivojlanishni ziyraklik bilan boshqarib borishdir. Ota-onaning mehri,
muruvvati, g„amxo„rligi bolalar uchun suv va havodek zarur.
Tarbiya ko„p qirrali, uzoq davom etadigan jarayondir.
Ota-onalar oldidagi ma‟suliyatning naqadar muhimligi
shundan iboratki, ular bolaning har bir qadamini, har bir xatti-
harakatini zimdan kuzatib boradilar.Bolalar har qanday janjalni,
yomon so„zlarni uzoq eslab yuradilar. Ayniqsa, qiz bolaning ko„ngli
juda nozik bo„ladi. Shuning uchun ham ular noo„rin ishlatilayotgan
yomon so„zlardan juda tez xafa bo„ladilar. Har bir ota-ona o„z
farzandini sevadi. Hech kim ulardan yomon va baxtsiz insonlar
etishib chiqishini istamaydi. Farzandning har bir yutug„i ota-
onaning yuragini tog„dek ko„taradi, faxr va g„urur tuyg„ularini
vujudga keltiradi. Ota-onaning jamiyatda tutgan o„rni, nufuzi,
farzand tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
70
Oqil ota-onalar oilada farzand dunyoga kelishi bilan uni
tarbiyasini buvisi, buvasi yoki jamoat tarbiya muassasalariga
topshirmay,
bu
ma‟suliyatli vazifa bilan o„zlari jiddiy
shug„ullanadilar. O„z farzandlarini o„zi yashab turgan jamiyatning
munosib kishilari qilib tarbiyalashga intiladilar.
Prezidentimiz
Sh.Mirziyoevning
tashabbuslari
bilan
mamlakatimizda bolalar sporti rivojida, jumladan, qiz bolalarning
muntazam shug„ullanishiga katta e‟tibor berilmoqda. Qizlar
salomatligini, har tomonlama barkamol qilib voyaga etishi - bu
millat genofondini asrash, oilada, jamiatda sog„lom turmush
tamoillarini rivojlantirishning muhim shartidir. Hozirgi kunda
asosan qizlar engil atletika, badiiy gimnastika, voleybol, bastkedbol,
stol tennisi, shaxmat, shashka, sport gimnastikasi, akrobatika, chim
ustida xokkey kabi turlari bilan shug„ullanmoqda. O„zbek
mintalitetimizga mos sport turlarini qizlar orasida keng quloch
yozdirish, millat onasining sog„lom bo„lishiga yordam beradi.
Bugun sportni rivojlantirish u orqali millatning ham qizi, o„g„lini
tarbiyalash, o„zbek oilasini mustahkamlash, jamiyatni poklash,
ma‟naviyatni barqarorlashtirish kabi ishlarni asoslari bilan
bog„lanmoqda. Biz strategik maqsadimiz va milliy genafondni
yaxshilash, va barkamol sog„lom avlod tarbiyasi borasida amalga
oshirayotgan ishlarimizni sifat pog„onasiga ko„taradi.
O„zbek oilalarida bolalarni jamiyatning munosib farzandlari
qilib tarbiyalash bo„yicha ijobiy tajribalar to„plangan. Lekin
kichkintoylar tarbiyasida jiddiy xatolarga yo„l qo„yadigan oilalar
ham uchraydi. Bu esa bolalarning kelgusidagi kamolotiga salbiy
ta‟sir etadi va ularni qayta tarbiyalashdek murakkab muammoni
keltirib chiqadi.
Bunday xatolarning asosiy sababi ota-onalar pedagogik
madaniyatning etarli darajada bo„lmasligi. O„z bolasini yaxshi kishi,
etuk inson qilib tarbiyalash istagini o„zi etarli emas. Buni uddalay
bilish kerak. Oilada qiz bola tarbiyasining o„ziga xosligini hisobga
olishni tarbiyaviy jarayon talab etadi. Qizlar onasiga o„xshashga,
ulardagi yaxshi xislatlarni o„ziga singdirishga intiladilar. Ota
ko„proq bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun qayg„ursa,
ona esa uning yurish-turushi, yon-atrofdagilarga bo„lgan muomalasi
haqida ko„p o„ylaydi.
71
Bizda tarixiy manbalardan ma‟lumki, sharqda ayolga, egachi-
singil, jufti-halol hayot timsoli sifatida qaralgan. Ayollarning or-
nomusi, sha‟ni uchun kurashishni Vatanni himoya qilish bilan
barobar sanashgan. Ajab emaski, «Xalq ayoldan boshlanadi» degan
naql shu ma‟noda kelib chiqqan.
Milliy madaniyat tamoillariga mos ravishda kiyinish, o„quvchi
qizlarning go„zal, latofatli va jasoratli bo„lishini ta‟minlovchi
tarbiya vositasi ekanligi haqida chuqur ilmiy ma‟lumotga ega bo„lib,
uni o„quvchi qizlarga o„rgatish lozim.
Boshqa
millatlarning
kiyinish
tajribasiga
ko„r-ko„rona
ergashmasdan, aksincha har birining o„ziga xosligi milliy madaniy
muhitga,iqlimiga, an‟analariga bog„liq ekanligini bizning bu
boradagi tajribamiz bundan istisno emasligi yoshlarni ishontirish:
milliy kiyinish o„quvchi qizning dugonalari va jamoatchilik
orasida mahallada hurmatli, qadrli bo„lishiga asos ekanligini
anglatish;
milliy liboslar o„quvchi qizning o„z millatiga sadoqatliligini,
munosibligini ko„rsatuvchi belgi ekanligini tushuntirish;
-kiyinish har kimning o„z xoxishini ifodalab qolmay, balki
millat, xalq, davlat manfaatini amalga oshiruvchi ijtimoiy
ahamiyatga molik bo„lgan tarbiyaviy vosita ekanligiga qizlarini
ishontirish.
Dostları ilə paylaş: |