117
ham qaratib olgan edi. Bunday bahaybat yirik davlatni boshqarish katta
tadbirlarni talab qilardi. Shuning uchun Doro I mil. avv. 519 yil o‘zining
muhim ma`muriy va finansoviy islohotini o‘tkazadi. Davlat 2 ta
ma`muriy-satrapliklarga bo‘linadi. Bu martaba Kir II Kambiz davrida
ham bor bo‘lib, o‘sha vaqtlari fuqarolik, ma`muriy
huquq va harbiy
funktsiya satraplar ixtiyorida edi. Doro satraplar huquqini chegaralab
qo‘ydi. Satrap va harbiylarning vazifalarini aniqlab berdi. Shunday qilib,
satraplar fuqaro rahbarlar bo‘lib qoldi, xolos. Ularning har biri o‘zlariga
ajratilgan viloyatni boshqarardi, ma`muriy, sudebniy, xo‘jalik ishlarga
rahbarlik qilardilar. Armiya esa harbiy boshliq ixtiyorida bo‘lib,
satraplardan mustaqil edi va armiya ham,
satrap ham faqat podshoga
bo‘ysunardi. Biroq Doro I ning o‘limi keyin harbiy va fuqarolar
vazifalari doimiy birday saqlanmagan. Har bir viloyat mahalliy
hokimiyat tomonidan boshqarilar, soliqlar yig‘ilar, podshoga hisob berib
turardilar. Chunonchi, arab, kalxi, xabash, saklar ular o‘zlarining qabila
dohiylari tomonidan boshqarilardi. Yangi islohotning qabul qilinishi
munosabati bilan markazlashgan idora tizimi yaratiladi. Markazlashgan
davlat markasi Suza shahrida edi.
Podsho saroyi kuz va qish vaqtlari Bobilda,
yozda va bahorda
Suzada, katta tantana bayramlarda Pasargada va Persopolda o‘tkazilgan.
Axmoniylarning ma`muriy tili arameylar tili bo‘lib, xalqaro va davlat
idorasi tili edi. poytaxt Suzadan butun mamlakat bo‘ylab aramey tilidagi
yozuv qo‘llanilardi. Mahalliy o‘lka va satrapliklarda davlat idorasidan
olingan xatlar tarjima qilinardi. Satrapliklararo aloqalar tizimi
o‘rnatilgandi. Yirik yo‘l trassalarida bekatlar bo‘lib, davlat tomonidan
qo‘riqlanardi. Masalan, Sarddan Suzagacha 2470 km masofani tashkil
qilardi, but rassada 111 ta manzilgoh (stantsiya) bor edi.
transport
otchoparlar xabarlarni zudlik bilan etkazardi. Bir kunda 300 km gacha
yo‘l bosish mumkin edi. Sarddan Suzagacha bir haftalik yo‘l edi.
Persopoldan topilgan mixxatlarning mazmuniga qaraganda, mil.
avv. V va V asrlarda davlat pochtasini axmoniylar tasarrufidagi
o‘lkalardan o‘tib, ko‘p hollarda Misrdan Hindistongacha qatnov yo‘llari
ishlab turardi. Bu ishlarni bajarish uchun katta guruh choparlar xizmat
qilardi va ular davlat tasarrufidagi odamlar edi. Tezkor xabarlar uchun
gulxan olovidan ham foydalanardi. Axmoniylar
hukmronligi davriga
doir ko‘pdan ko‘p yozuv manbalar bizgacha etib kelgan. Ammo qadimgi
vaqtlarda pochta xizmati faqat davlat manfaatlari uchun xizmat qilardi.
118
Xususiy yozma xatlar choparlar yoki alohida kishilar tomonidan
bajarilardi.
Axmoniylar sulolasi davrida mustahkam soliq sistemasi mavjud
edi. Mil. avv. 519 yil Doro I yangi solik va o‘lpon sistemasini joriy qildi.
Har bir satrapiya muayan miqdorda kumush hisobidan soliq to‘lardi. Bu
borada foydalaniladigan hosildor erlar, irrigatsiya inshootlari hisobga
olinardi. Gerodotning yozib qoldirgan xabarlariga qaraganda imperiya
tasarrufidagi satrapliklar yiliga 7740 bobil
talanti kumush hisobida
to‘lardi. Bu esa 232.200 kg kumushni tashkil qilardi. Hind satrapii oltin
soliq to‘lardi. Bundan tashqari don, sigir, kiyim-bosh, vino, qoramol,
oltin va kumush idishlar ko‘rinishida ham soliq to‘lanardi.
Doro I butun mamlakatga tanga puli joriy qiladi. Bu muomalaga
8,42 gr oltin tanga kiritilgan. Oltin tangalar mamlakat podshosining puli
edi. oddiy ayrabosh uchun 5,6 gr dan iborat kumush pul qo‘llanilardi.
Kumush tangalarning zarb qilinishi satrapliklarda ham amalga
oshirilardi. Biroq Kichik Osiyodan tashqari kumush chaqalarni zarb
qilish odat bo‘lib, mamlakatda kumu shtanga puli chegaralangan edi.
Axmoniylar davrida Sharqiy Eron va O‘rta Osiyoga «darik» pullar keng
tarqalgan edi.
Axmoniylar davrida savdo-sotiq, ayniqsa, xalqaro savdo,
dengiz orqali savdo qilish rivoj topadi. Hindistondan oltin, fil suyaklari,
Baqtriya va So‘g‘ddan lozurit, serdolik, Xorazmdan bronza, Misrdan
don va mato, Bobildan jun buyumlar, Finikiyadan vino eksport qilinardi.
Finikiya shishasozlari turli idish va ritonlar yuborardi.
Axmoniylar davlatining osoyishta yashashini ta`minlashda
harbiylarga katta e`tibor berilardi. Armiyaning asosiy qismini
midiyaliklar va Eronliklar saqlardi.
Eronliklarning voyaga etgan
erkaklarining aksariyati harbiylar edi. 20 yoshdan boshlab harbiyda
xizmat qilish mavjud edi. Armiyada sharqiy Eronliklar katta kuch edi.
O‘rta Osiyo saklari mergan otliq kamonchilar bilan ta`minlardi. Barcha
strategik markazlar va qal`alar Eronliklar ixtiyorida edi. Armiya
piyodalar va otliqlardan iborat edi. Jangda avval kamonchilar hujum
qilar va so‘ng otliq askarlar hujumga o‘tardilar. Tobe ostiga olingan
mamlakat va satrapliklarda asosan Eronliklar harbiy xizmatni o‘tardi.
Harbiy holat e`lon qilinganda barcha satrapliklardan qo‘shin kuch etib
kelardi. Dengizda Eronliklar xo‘jayin edi. Dengizda bo‘ladigan
janglarda Finikiya floti asosiy kuch hisoblanardi.