7.6.
Madaniyat va din
Mil. avv. I ming yillikning 1-yarmida Sharqiy Eronda yoki O‘rta
Osiyoda otashparastlik dini paydo bo‘lib, uning asoschisi Zaroastr edi.
Arxeologik ma`lumotlarga qaraganda otashparastlik dini Eronning O‘rta
Osiyoni bosib olganiga qadar ham mavjud bo‘lgan bo‘lib, o‘sha
zamonlarda va keyinchalik paydo bo‘lgan dinlarga, madaniyatga o‘z
ta`srini o‘tkazib kelgan. Avestoda – Zoroastriyalar kitobida axmoniylar
termini – shevasi yo‘q. Bu kitobda pul masalasi, soliq masalalari, sotsial
tuzilmalar, davlat institutlari, Midiy va Ahamoniylar podsholari
eslatilmaydi. Avesto juda qadimgi bo‘lishidan qat`iy nazar temirni,
shahar hayotini, yirik davlat birlashmalarini o‘z matnida eslatmaydi.
To‘g‘ri, Avesto ko‘p qatlamli yodgorlik. Avestoning eng qadimgi qismi
(gotlar) o‘zining shakli va mazmuni bo‘yicha Avestoning boshqa
qismlaridan farq qiladi. Avesto yozuvlari she`rlar shaklida bo‘lib,
Zoroastraning o‘z aytganlaridan iborat. Avestoning eng katta qismi
Kchik Avesto hisoblanadi. U balki mil. avv. V asrning oxirgi qismida
tuzilgan bo‘lishi mumkin. Kichik Avestoning ko‘pgina asarlari biroz
keyingi davrlarga, ya`ni arshakidlar davriga, taxminan mil. avv. III
asrlarga tegishli.
121
Otashparastlik paydo bo‘lishdan boshlab uzoq evolyutsion yo‘lni
bosib o‘tdi. Zoroastra ta`limoti gotlarda talqin qilingan. Uning
mazmuniga ko‘ra Zoroastr (Zardusht) Axuramazda (yunoncha mazmuni
- Xurmuz) xudodan din buyurtmasini olib, qadimgi sig‘inishlardan voz
kechgan. U muhim diniy islohot o‘tkazadi va yangi mazmundagi
sig‘inishni targ‘ib qilib, bu jarayonda Axuramazda (Zardusht)ning
g‘alabasini ta`minlash va qabilaviy xudolarga sig‘inishni bekor qilib,
Zardusht xudolarning xudosi deb targ‘ib qiladi. Axuramazda
Zardushtning ta`limoti bo‘yicha ilohiy yagona xudo bo‘lib, haqiqat,
to‘g‘rilik, yorug‘lik, ezgulik xudosidir. U olamning paydo bo‘lishigacha
mavjud bo‘lib, u olamni yaratgan. Uning bilan bir vaqtda qadimdan
berahm (yovuz) ruh mavjudligi aytiladi. Bu Avestoda Angrimanyu
(yunoncha Axriman) bo‘lib, u doim yomonlik, o‘lim, g‘azab
keltiradigan devlardir. Zoroastra u bilan doim kurash olib borgan.
Odamzod Zoroastra tomonidan yaratilgan. Uning hayoti xursandchilik
bilan birga xafagarchilikda bo‘lishi mumkin bo‘lib, xafagarchilikda
devlar ta`sir ko‘rsatib boradi. Zoroastraning ta`limoti odamzod doim
Angrimanyu bilan va uning maslakdosh devlar bilan kurash olib borishi
lozim. Bulardan tashqari Zardusht safdoshlariga murojaat qilib,
ko‘chmanchi qabilalarning kishilar chorvasiga hujum qilmaslik
nasihatlarini qiladi, qoidalar yaratadi. U hayvonlarni, jonzotlarni behuda
o‘ldirmaslik, ziyon etkazmaslik, behuda hadyalar qilmaslik va har bir
inson jonivorlarga ozor bermaslikni targ‘ib qiladi. Gotlarda Sharqiy
Eron va O‘rta Osiyo viloyatlarida ibtidoiy jamiyatning emirilishi,
chorvador qabilalar bilan dehqonlar o‘rtasidagi urug‘ boshliqlari uchun
kurashlar tafsiloti eshitiladi.
Zardushtiylar kohinlari turli sxolastik ta`limotlarni ilgari suradi.
Masalan, bu ta`limotga binoan dunyo tarixi 12 ming yildan iborat bo‘lib,
uning dastlabki 3 ming yili oltin davr bo‘lgan – o‘sha zamonlarda sovuq
ham, issiq ham bo‘lmagan. Axuramazda zamonida chorvachilik behad
ko‘p bo‘lgan. So‘ng oltin asr tamom bo‘ladi, Angrimanyu ochlik,
sovuqlik, kasalchilik, o‘lim kabilarni keltirib chiqardi. Ammo dunyoni
Zoroastra urug‘idan qutqarib qoladigan kishi etishib chiqadi va oqibatda
ezgulik ziyon keltiruvchi kuch ustidan g‘alaba qozonadi. Quyosh abadiy
porlaydi, yovuzlik abadiy yo‘qoladi. Zardushtizm avvalo Midiya,
Persiya va Eron dunyosining boshqa joylariga tarqala boshlaydi. Midiya
122
podshosi Astiaga davrida (mil. avv. V asr 1-yarmi) Midiyaning dini
zardushtiylik edi.
Mil. avv. VI-V asrlarda butun Eron dunyosi tabiat xudosi Mitra
(Quyosh va dunyo xudosi)ga sig‘ina boshlagan. Bundan tashqari,
hosildorlik, suv xudosi Anaxitaga topinishgan. Zardushtizm Eronga mil.
avv. VI-V asrlarda, Doro I podsholik davrida tarqalgan. Avvallari
qabilaviy sig‘inish xudolar bo‘lgan bo‘lsa, Doro I davrida yagona xudo
Axuramazdaga sig‘ina boshlagan. Eron podsholari bosib olgan
mamlakatlardagi hukmron dinlarga ham hurmat ko‘rsatgan. Bu
ahamoniylarning siyosati bilan bog‘liq edi. Bu siyosiy tobe bo‘lgan
mamlakat aholisini muayan tizimda saqlab turish, noroziliklarning oldini
olish bilan bog‘liq siyosat edi. Ayrim holatlarda bu tamoyil buzilgan
ham. Masalan, podsho Kserks mil. avv. 482 yilgan bo‘lgan xalq
qo‘zg‘olonini bostirish bilan bir qatorda Bobildagi bosh ibodatxona
esagilini vayron qilib, xudo Marduk haykalini Eronga olib ketgan.
Yunon-Eron urushi yillari ham Kserks yunonlarning ayrim cherkovlarini
buzib tashlagan. Eron ahamoniylari davrida imperiyaga 80 dan ko‘proq
xalqlar tobe bo‘lib, bu hodisa etnik tarkiblarning o‘zgarishiga, madaniy
aloqalar, savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga muayan ta`sir ko‘rsatdi.
Eron ham bu davrga kelib, o‘zining rivojlangan sivilizatsiyasiga ega
bo‘ldi. Eronliklarning bu sohada erishgan yutuqlaridan biri – Qadimgi
Eron mixxatining yuzaga kelishi edi. Eron mixxati akkad mixxatidan
farqli (600 belgi) 43 ta belgidan iborat edi. Eron mixxati bilan
podsholarning solnomalari, davlat idora ishlari hisob-kitobi olib
borilardi. Podsho mixxatlaridan biri Kambiz davri va Doro I ning
dastlabki podsholik yillariga tegishli yozuv – bu Bexustun yozuvidir. Bu
yozuv tekislangan qoya toshga bitilgan bo‘lib, uning relefi 7,8 metr, eni
22 metr edi. Bu yozuv qadimgi Eron, elam va akkad tillarida bitilgan.
Bundan tashqari, elefantina orolida shu yozuvning oromey varianti,
Bobilda toshda yozuv, akkad variantida, topilgan Bexustun yozuvi
Hamadon va Kermanshix tog‘lari orasidagi Bexustun yozuvi topilgan
bo‘lib, uning balandligi yo‘l sathidan 105 metr balandlikda joylashgan.
Yozuvning ustki qismida, barcha surat yozuvlar ustida Axuramazda
xudosi tasvirlangan. Bu yozuv yodgorlik aslida Bobil bilan Midiya
o‘rtasidagi karvon yo‘li ustida bunyod etilgan. Doro I odam sifatida
yirik qilib surati solingan. Suratda sak qabilalarining Doroga qarshi
qo‘zg‘olon ko‘targan odamlarning kishanlangan tasviri keltirilgan.
123
Ahamoniy podsholarining yana boshqa yozuvlari Naqshi
Rustamda, Persopolda, Suzada, ekbatonda ham topilan. Bunday yozuv
Misrda hm topilgan. Naqshi Rustamdagi yozuv Doro I qabr toshida
bitilgan bo‘lib, u Persopoldan 5 km shimoliy-sharqroqda joylashgan.
Maqbara 20 metr balandlikda qurilgan. Maqbara Eron an`analariga ko‘ra
qoyatoshga o‘yib qurilgan. Maqbarada 3 ta qabr bo‘lib, biri Doro I niki,
2 tasi uning yaqin qarindoshi bo‘lishi mumkin. Tasvirlar yozuv bilan
jihozlangan.
Doro I haqida topilgan uchta xatda uning buyrug‘i bilan Nil
daryosidan Qizil dengizgacha oraliqdagi suv kanali haqida yozuv.
Suzada Doro I ning haykali topilgan bo‘lib, u qachonlardir saroy
tantanavorligi maqsadida qo‘yilgan bo‘lgan.
Mil. avv. VI asrda qadimgi Eron kalendari paydo bo‘ladi. Bu oy
kalendari edi. U 12 oydan iborat bo‘lib, 29 yoki 30 kun bo‘lgan. 12 oy
354 kun hisoblanib, quyosh kalendaridan 11 kun kalta yoki kam bo‘lgan.
Har 3 yilda oy va quyosh o‘rtasidagi farq 30-33 kun bo‘lgan. Bu
kunlarni hisobga olish uchun har 3 yilda 1 oy qo‘shilgan. Har bir oyga
nom qo‘yilgan bo‘lib, ular qishloq xo‘jalik ishlari yoki o‘simlik,
hayvonlar nomlari bilan atalgan. Bu kalendar sosoniylar davriga kelib,
umumiy kalendarga aylandi.
Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyo xalqlari va shimoliy-g‘arbiy
Hindiston birinchi bor oromiy yozuvi bilan tanishdilar. Qaysiki, bu
yozuv davlat idoralari tiliga aylandi. Kelgusida oromey tilida parfiya,
sug‘d, xorazm ideografik yozuvlari kelib chiqdi.
Eron me`morchilik yodgorliklaridan mashhurlari – Pasargard,
Persopol, Suzada qurilgan. Pasargard 1900 mentr dengiz sathidan
balandlikdagi tepalikda bunyod etilgan. Pasargarddagi yodgorliklar
orasida Kir II dafn qilingan maqbara sanaladi. Persopolning qurilish
ishlari mil. avv. 520 yilda boshlangan va 450 yilgacha davom etgan.
Uning maydoni 135 kv m. Uning qurilishi uchun 12 kv metr qoyatosh
maydon tekislangan va shahar ikki karra mudofaa devori bilan o‘rab
olingan. Shaharga ko‘tarilish uchun 110 ta zinapoyani bosib o‘tish lozim
bo‘lgan. Doro I ning 3600 kv metrdan iborat hashamatli bezalgan zali
bo‘lgan. Uning ship-tomini 72 ta chiroyli ustunlar ko‘tarib turgan. Bu
ustunlarning har birining balandligi 20 metr bo‘lgan. Bu zal tantanalar
o‘tkazish, davlatning eng yuqori mansabdor mehmonlari qabul qilinardi.
124
Persopolda podshoning saroylari bo‘lgan. Xizmatchilar uchun binolar,
kazarmalar bo‘lgan.
Doro I Suzada katta qurilishlar olib bordi. Uning ko‘rgazmasi bilan
bir necha saroylar qurilgan, ularni qurish uchun 12 mamlakatdan zarur
materiallar keltirilgan, usta-hunarmandlar jalb qilingan. Masalan, kedr
daraxt materiallar Livandan, oltin Lidiya va Baqtriyadan, serdolik va
lozuriy Sug‘diyonadn, biryuza Xorazmdan, kumush va noyob taxtalar
Misrdan, fil suyaklari Habashistondan, Hindiston va Araxosiyadan
keltirilgan. Hunarmandlar orasida ioniyaliklar, lidiyaliklar, midiyaliklar,
misrliklar, bobilliklar bor edi. Ular mashhur ustalar bo‘lgan.
Ahamoniylar davrining eng muhim yutuqlaridan biri san`atning
rivojlanishi edi. Ayniqsa, Pasargard, Persepol, Suza shaharlarida
saroylarning yuksak san`at darajasida bezatilishi, yog‘och o‘ymakorligi,
metall o‘ymakorlagi, har xil metall va tosh o‘ymakorligi, medal-
tangalarni zarb qilish ancha rivoj topgan edi. Ko‘p hollarda
podsholarning bahaybat maxluqlar bilan qilgan janglari, harbiy
mahoratlar, fantastik haykallar ko‘p sohalarda uchratiladi. Maqbaralarni
bezash ishlari avjida bo‘lgan. Bu sohalardagi san`atning rivojlanishi
asosan mil. avv. VI-V asrlarga to‘g‘ri keladi. Ahamoniylar sulolasining
san`atida Misr, Lidiya, Midiya, Urartu usta-san`atkorlarining ta`siri
sezilarli ko‘rinadi. Ayniqsa, bu davrda yaratilgan tsilindr shaklidagi
podsho muhrlari, turli yasan-tusan ashyolar diqqatga sazovordir.
|