Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov


Malayya arxipelagida tashkil topgan ilk sinfiy jamiyat va



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
8.2. Malayya arxipelagida tashkil topgan ilk sinfiy jamiyat va 
davlatlar 
Malayya arxipelagidagi bu o'lkaning qadim tarixi, diniy e'tiqodi, 
davlatchiligi va madaniyati taraqqiyoti to'g'risida so'z borganda, dastlab 
uning jug'rofiy xususiyatlarini inobatga olib fikr yuritmoq maqsadga 
muvofiq. Chunki qariyb uch mingdan ziyod orollardan tashkil topgan 
Indoneziya xalqlarining turmush tarzi va milliy an'analari aynan mavjud 
orollarning o'ziga xos tabiiy shart - sharoitida shakllangan.
Mahalliy aholining o'zaro munosabatlariyu suv yo'llari orqali uzoq 
o'tmishdan olib borilgan tashqi dunyo bilan savdo aloqalari ham mavjud 
muhitga moslashgan holda kechgan. Shu bois ham tabiiyki, 


135 
Indoneziyadagi dastlabki davlatlar minglab orollarning faqat eng 
yiriklarida vujudga kelgan. Bular - Yava, Sumatra, Kalimantan, Sulavesi 
va boshqalar. 
Ma'lumki, davlatchilikning vujudga kelishi ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni qay yo'sinda paydo bo'lib, qanday asoslarda 
rivojlanganligiga bog'liq jarayon hisoblanadi. Xususan, arxipelag 
orollarining jug'rofiy jihatdan joylashuvi ularda yashagan jamoalarning 
nisbatan o'z holicha mustaqil hayot kechirishini taqozo qilgan. Ya'ni, 
yerlik tilda ta'riflaganda, har bir "Desa" - jamoa o'z hududidagi yer, 
o'rmon, yaylov va suv zahiralariga o'zlari egalik qilib, ulardan mustaqil 
foydalanganlar.
Jamoadagi ijtimoiy tamoyillarga ko'ra, u yoki bu oroldagi kishilar 
doim hamjihatlikda mehnat qilib, ular shuningdek, o'zaro yaqin 
qarindosh -urug'chilik rishtalarini bog'laganlar. Balki xuddi shu 
sababdan Indoneziya quldorlik formatsiyasidan xoli qolgan bo'lishi 
kerak. Qolaversa, orollardagi yerlarning sharoiti va qamrovi ham qullar 
mehnatidan foydalanish imkonini bermasdi. 
Lekin ertami-kechmi “Desa”larga Indoneziya hududiga yaqin 
bo'lgan Janubiy va Sharqiy Osiyo davlatlarida joriy tabaqalanishga 
asoslangan feodal munosabatlarining ta'sir ko'rsatishi turgan gap edi. 
Amalda bu jarayon orollarda qabila sardorlarining savdo va harbiy 
harakatlarida orttirgan boyliklari tufayli jadallashdi.
Binobarin, agar bir tomondan, mavjud sharoit bois aholi o'rtasida 
tabaqalanish ruhi sezila boshlangan bo'lsa, ikkinchi tomondan, 
hududlarning kengayishi bilan fuqarolar soni ham orta borgan. Natijada 
aholi sonining ortishi va jamoa hududining kengayishi hukmdorlar va 
fuqaro o'rtasidagi munosabatlarda boshqaruv hamda huquqiy tizimning 
joriy etilishiga olib keldi. ''Desa"larning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi 
yiriklashuvning dastlabki belgilari, keyinchalik ilk indonez davlatchiligi 
poydevori sifatida takomillashdi. 
Ilmiy adabiyotlar ta'kidicha, bu yerdagi davlatchilikning paydo 
bo'lishida rojalarning aholi tushunchasidagi ilohiylik mavqei muhim 
ahamiyat kasb etgan. Demak, sobiq jamoalar sardori shaxsiyati va uning 
davlatchilik faoliyatidagi huquqiga ilohiy ixtiyor ham uyg'unlashgan. Bu 
fikrning amaliyotini qadimda toshlarda o'yilgan bitiklar matni misolida 
ko'rish mumkin: “Bu - Tarum davlatining qudratli va bemisl hukmdori 


136 
Purnavarmananing oyoq izlari, bamisoli tangri Vishnu poyi izlaridek 
muqaddas”. 
Milodning I-VI asrlarida indonez orollarida asosan ikki guruhga 
taalluqli davlatlar faoliyat ko'rsatgan: g'arbiy va sharqiy. Bu ikki guruh 
davlatlari taraqqiyotining ayrim o'ziga xos xususiyati shundan iborat 
bo'ldiki, agar ularning birida - Sumatradagi g'arbiy davlatlarga xos 
markazlashuv nisbatan yuqori bosqichga ko'tarilgan bo'lsa, Malakdagi 
sharqiy davlatlar esa o'z qo'shnilariga nisbatan hali mazkur jarayondan 
ancha uzoq edi. Ammo shunda ham, markazlashgan va kichik davlatlar 
suv yo'llari yuzida bo'lganliklari uchun, ularda tashqi dunyo bilan savdo 
ishlari yaxshi olib borilgan. Shuningdek, g'arbiy Yavadagi Taruma va 
Kalimantandagi davlatlarda agrar tizim ustuvor bo'lgani uchun 
dehqonchilikka mo'ljallangan ekin yerlarining fuqarolarga bo'lib 
berilishi va suv inshootlari qurilishi masalasi doim davlat zimmasida 
bo'lgan. Sababi, "orol-davlatlar"dagi yer va bo'lak tabiiy resurslar bari 
qonunan davlat mulki hisoblangan. 
Garchi arxipelag davlatlari xususidagi manbalarda ma'lumotlar u 
qadar ko'p bo'lmasa-da, lekin o'tmish sayyohlaridan qolgan xabarlarda 
Indoneziya davlatlari haqida juda ko'p ijobiy fikrlar bildirilgan. Masalan, 
saroylarning bezagi, podsho qo'shinlarining harbiy qudrati, madaniyat 
borasida, aytaylik, shahar aholisi orasida adabiy asarlarning o'qilishi, 
buddizm va hinduizm matnlarining o'rganilishi va o'zlashtirilishi hamda 
g'arbiy Indoneziya davlatlarining sharq va g'arb mamlakatlari bilan 
diplomatik-savdo aloqalari haqida fikrlar bildirilgan. 
Antik ma'lumotlarda ko'rsatilishicha, birinchi mingyillikning 
o'rtalarida orollar mamlakatida yettitadan o'ntagacha, aslida esa, 
undanda ko'proq davlatlar faoliyat ko'rsatgan. Davlatlarning son-sanog'i, 
ularning jug'rofiy hududlari va nihoyat, tarixi haqidagi ma'lumotlarda, 
afsuski, aniqlik yetishmaydi va buning o'z sabablari bor. Ulardan eng 
muhimi va murakkabi, orollar sonining ko'p bo'lganligi tufayli o'tmish 
davlatlarining sarhadlarini aniqlash muammosi. Ya'ni, qadim indonez 
davlatlari va ularning qay darajada taraqqiy topganligini tasavvur etishda 
eng ishonchli manbalardan biri - bu ibodatxonalar, boshqa me'moriy 
obidalar va mehnat qurollari qoldiqlari. 
Janubiy-Sharqiy Osiyodagi ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar 
deyarli saqlanmagan. Xitoy yilnomalari va Hind manbalarida qisqa, 
yarim afsonaviy ma'lumotlar mavjud bo'lib, bu hududlardagi ilk 


137 
davlatlar tarixini asosan arxeologik ma'lumotlar asosida o'rganish 
mumkin. Arxeologik ma'lumotlardan shu narsa ma'lumki, shimoliy 
V'etnamda Xongxa (qizil) daryo quyi oqimida mil.av. VII asrda ilk 
davlat birlashmasi bo'lgan YuE davlati tashkil topadi. Bu davlat 
strukturasi sodda tuzilishga ega bo'lib, yerga jamoa bo'lib ishlash xo'jalik 
hayotida ustun mavqega ega bo'lgan.
Mil.av. IV-III asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyoda Dongshon 
madaniyati gullab yashnagan davrlarda Vanglang (keyinchalik Rulak 
deb atalgan), Tayau, Namvet davlatlari tashkil topadi. Bu davlatlarda 
Xitoy madaniyati ta'siri sezila boshlanganini ko'rish mumkin. Ushbu 
davlatlarda hukmron tabaqani mayda ishlab chiqaruvchilar tashkil etgan 
holda, qulchilik munosabatlari, urug' a'zolarining ham qulga aylantirish 
o'sib borgan. 
Lakvet (v'etnamliklarning ajdodlari) davlatlari tepasida veong 
(monarx) turgan bo'lib, uning hokimiyati oqsoqollar tomonidan cheklab 
turilgan. Keyingi pog'onalarda yer egalari, aristokratlar va amaldorlar 
turgan. Lakvetlar e'tiqodida ota-bobolar ruhiga e'tiqod, timsoh-ajdodga 
e'tiqod va ayrim qushlarga e'tiqod qilish mavjud bo'lgan. Mil.av. 221-
214 yillarda Aulak, Tayau, Namvet davlatlari Sin imperiyasi bilan 
urushlar olib boradilar.
Janubi-sharqiy Osiyodagi faqatgina Aulak davlati o'z mustaqilligini 
saqlab qoladi. Mil.av. 207 yil Namvet o'z mustaqilligini tiklab Aulak 
davlati bilan birlashadi. Bu davrlarda davlat apparati, ijtimoiy, sinfiy 
struktura murakkab ko'rinishga ega bo'ldi.
Ushbu davlatlarda qulchilik (no-le) davlat va xususiy qullarga 
bo'linadi. Mil.av. II asrda Namvet Xan imperiyasi bilan kurash olib 
boradi. Mil.av. 111 yil Xan imperiyasi qo'shinlari Namvetni bosib oladi.
Mil.av. III-II asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyoning tog'li hududlarida 
Tay-Avstroosiyo xalqlariga oid qabilalarida ham ilk davlatchiligi Diyen 
va Yelan vujudga keldi. Bu yerda dehqonchilikdan ko'ra ko'proq 
chorvachilik ustun mavqega ega bo'lganini ko'rish mumkin. Qullar safini 
bo'ysundirilgan qabilalar hisobidan to'ldirib borganlar.
Diyen davlati yozuvi Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarining 
hozirgacha saqlangan yagona yozuvi bo'lib, u Xitoy yozuvidan keskin 
farq qiladi. Xan imperiyasi mil.av. I asrda bu hududlarni bosib oladi. 
Shimoliy V'etnamda mil.av. 44-40 yillarda ikki opa-singillar Chinglar 
qo'zg'oloni bo'lib, uni lashkarboshi Ma Yuan katta qiyinchilik bilan 


138 
bostiradi. Xan imperiyasi parchalangan aristokratlarning Xitoy 
madaniyatiga intilishi ham pasayib boradi.
Miloddan avvalgi III-V asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasiga 
yangi din, buddizmning kirib kelishi bilan Dongshon madaniyati izlari 
ham asta-sekin yo'qolib boradi. Aholi orasida budda dini va Xitoy 
madaniyati katta ta'sirga ega bo'la boshlaydi. 
Janubiy-Sharqiy Osiyodagi ilk davlatlar haqida Xitoy manbalarida 
Chjou davlati elchilari Bakpoga kelganliklari, sovg'a salomlar 
almashingani haqida ma'lumotlar mavjud. Lakvetlarning Vanglang 
davlatida mil.av. IV asrda hunarmandchilik rivojlangani, temirga ishlov 
berish taraqqiy qilgani ham qayd etilgan.
Bundan tashqari, Vanglangda hokimiyat tepasida Xuonviong 
dinastiyasi turgan bo'lib, vyung Xitoyga van (knyaz) ekanligi, mil.av. 
258 yil tashkil topgan Aulak davlati uni bosib olishi, Aulakni Txuk 
sulolasi boshqargani, davlat poytaxti Ko-lao shahri pishiq g'isht devor 
bilan o'ralgani haqidagi ma'lumotlar ham Xitoy manbalarida uchraydi. 
Milodimiz boshlarida Mon-Kxmerlarda xo'jalik taraqqiy etib, 
temirga ishlov berish kuchayadi. Ijtimoiy asosni kichik qishloq 
jamoalari tashkil qilgan. Dastlabki paydo bo'lgan Bopnam (Funan) Shrik 
- shetra (tarekittara), Suvannabxumi, Tyao-Praye va boshqa davlatlar 
dastlab tekisliklardagi, aholi zich yashaydigan sholichilik taraqqiy qilgan 
hududlarda tashkil topdi. Qirg'oq bo'yidagi kichik qishloqlar dengiz 
savdosi natijasida yirik shaharlarga aylandilar.
Mamlakat hukmdori barcha yerlarning egasi, dunyoviy va diniy 
boshqaruvning yetakchisi ham edi. Hukmron tabaqa va erkin 
jamoachilar jamiyatning asosini tashkil qilganlar. Qullar hali xo'jalikda 
asosiy mavqeni egallamaganlar, ekspluatatsiyaning asosiy shakli renta - 
(mahsulot solig'i) bo'lib, uni davlat rahbarlari va yer egalariga to'langan. 
Mon-Kxmer davlatlarining ko'pchiligi milodiy I asrda tashkil 
topadi. Ularning orasidan hududi va kuch qudrati bilan Bopnam davlati 
ajralib turgan. Xitoy manbalarida bu davlat Funan deb nomlanadi. U 
o'zining eng qudratli davrida butun Janubiy Hindixitoyni egallaydi. 
Bopnam kurungi (monarx)xi Fanshiman kuchli flot tuzib, istilochilik 
yurishlari olib borgan. IV asrgacha Bopnam eng qudratli davlat bo'lgan. 
V-VI asrlarda shimoliy Mon-Kxmerlar kuchayib, asta-sekin Bopnam 
davlatini istilo qiladi. 


139 
Bapnam davlati bilan bir vaqtda Iravadi daryosi deltasida Pegu 
davlati tuziladi. Hind manbalarida u Ramaniya-Desha deb tilga olinadi. 
Molluk yarim oroli shimolida Menam daryosi deltasi botqoqliklarida 
Dravati davlati milodiy IV asrda vujudga keladi. Xuddi shu davrda 
janubiy Hindixitoyda Srok-Kxmer davlati ham paydo bo'ladi.
Xitoy yilnomalarida Mon-Kxmerlar past bo'yli, tim qora tanli, 
jingalak sochli odamlar degan ma'lumotlar saqlanib qolingan. Mon-
Kxmerlarga mansub Tyamna xalqlari ham milodiy IV asrda Hind 
madaniyatiga beriladi, braxmanizm keng yoyiladi, hind yozuvi tarqalib, 
sanskrit tili davlat tili deb qabul qilinadi. 
Indoneziya orollarida milodiy I-VI asrlarda shakllangan davlatlarni 
shartli ravishda ikki qismga g'arbiy (malayya) va sharqiy (Yava)ga 
bo'linadi. G'arbiy guruhga Sumatra oroli va Molluk yarim oroli 
janubidagi ilk davlat birlashmalari kiradi. Bu davlatlar xo'jalik 
hayotidagi dengiz savdosi katta ahamiyatga ega bo'lgan. Mon-Kxmerlar 
va indoneziyaliklar o'z davrining mohir dengizchilari edi. 
Hindlar Indoneziyani Samudradesha “dengiz mamlakati” deb 
nomlaganlar. Hind manbalarida Shalmaladvipa (Molluk yarim 
orollarining qadimda Hind manbalarida nomlanishi)ning mil.av. II 
asrdagi ilk davlati Lankasuka, Kataxa, Tambralinga bo'lgan. Bu 
davlatlarda Sanskrit tili, yozuvi, buddizm, hinduizm dini keng tarqalgan. 
Yava, Kalimantan orollarida Taruma va Mulavarman davlatlari eng 
ko'zga ko'ringan davlatlar bo'lib, ularning ijtimoiy-siyosiy tuzumi 
Bapnom davlatiga o'xshab ketgan. 
Davlat irrigatsiya inshootlari qurilishiga homiylik qilgan. Tяmpa 
davlati Hindixitoy yarim oroli sharqiy qismida bo'lib, dengiz savdosida 
faol ishtirok etgan. Agrar va ijtimoiy jihitdan Vet jamiyatiga o'xshab 
ketgan. 
Milodiy IV asrda shimoliy-g'arbiy Yavada Taruma davlati tashkil 
topdi. 415 yilda mahalliy podshoh Purkavarman boshchiligida janubiy 
Borneoda ham davlat tashkil topgan. Indoneziyaning Palenbang orolida 
tashkil topgan Banka shahri dengiz yo'llari kesishgan savdo markazi 
bo'lgan. Hind madaniyati, tili, yozuvi katta ta'sir ko'rsatgan. Sanskrit-
malay alfaviti, qadimgi pallav alfavitidan mahalliy yozuv vujudga 
kelgan. 
Hind qurilish arxitekturasi keng qo'llanilgan. Hind manbalarida 
Sumatra Suvarkadvipa - oltin orol, Yava esa Yavadvipa - javohir orol 


140 
deb nomlangan. Indoneziya aholisi asosan savdo-sotiq bilan 
shug'ullangan. O'rta Osiyoda ishlab chiqarilgan tovarlar arxeologlar 
tomonidan Indoneziyadan topilgan. Indoneziyaliklarning bir qismi 
Madagaskar oroliga borib, u yerda madaniyat jihatidan malayyaliklarga 
yaqin bo'lgan malgash xalqi va madaniyati tashkil etdi. Indoneziyalikda 
ham malgashlarda ham kastachilik tizimi mavjud bo'lgan. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin