68
«To`g`ri va ratsional ravishda tuzilgan jamiyatda, - deb yozgan edi, u - oltin,
kumush yoki kredit qog`ozlari almashinuv vositasi sifatida hech - qachon
ishlatilishi mumkin emas». Ouenning normativ nisbatga yondashgan almashinuvi,
xususan uning «Almashinuv, mehnat xarajatlariga mutanosib ravishda amalga
oshirilib, adolatsiz kapitalistik jamiyatda mehnat narxi qonuniyati buzilishi
kuzatiladi. Ba`zi tovarlar, ularga mehnat sarflanganligiga qaramay, sotilmaydi,
boshqa tovarlar uchun esa xarajat qilingan narxdan pastroq baho belgilashadi».
Adolatsiz kapitalistik bozorga muqobil bozor sifatida, Ouen 1832 yilda
adolatli almashinuv milliy bozorini tashkil etishni taklif etadi. Mazkur bozorga
ishlab chiqaruvchi o`z tovarini olib keladi va uning tovarni obro`li komissiya
tomonidan baholanadi xamda tovar narxi haqida ma`lumotnoma beriladi (mehnat
mablag`lari). So`ngra, ishlab chiqaruvchi tovarini bozor omborxonasiga adolatli
almashinuv uchun topshirib, ishlab chiqaruvchi mazkur ma`lumotnoma asosida,
ilgari topshirilgan tovarlar qatoridan o`z tovariga teng narxda boshqa tovar olishi
mumkin edi. Ammo bozorning faoliyati uzoq davom etmadi, Chunki
omb`orxonada sotilish imkoniyati mavjud bo`lmagan tovarlar yig`ilishi bilan u o`z
faoliyatini tugatdi. Nima bo`lganida ham, bunday bozorlarni tashkillashtirishga
qaratilgan yana ikki harakat Angliyada Dj. Brey va Frantsiyada P.J. Prudon
tomonidan amalga oshirilib, natija esa o`sha - o`sha bo`lib qolaverdi.
Daromadlar. Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq Ouen, daromadni
uchta sinflar orasida ish haqi, daromad va rentaga bo`linishini adolatsiz deb
hisoblagan. «Ishchi o`zi ishlab chiqargan mahsulotga sarflagan mehnatiga muvofiq
ravishda maosh olishi kerak».
Realizatsiya. Sismondi kabi, Ouen ham kapitalizm sharoitlarida to`la realizatsiya
mavjudligini tan olmagan, va talabning taklifdan orqada qolishini inqiroz belgisi
sifatida qabul qilgan. Bunday qoloqlik sababini u kapitalizmda daromadlarning
adolatsiz ravishda taqdirlanishida deb bilgan. «Jamiyatda mavjud bo`lgan tuzilish,
- deb yozgan edi u, - ishchiga mehnati uchun etarli darajadagi mukofotni
ta`minlab bera olmaydi, va buning oqibatida bozorlar rivojlanmaydi».
Dostları ilə paylaş: