1.Muammoninig qo’yilishi. Har qanday ilmiy – tekshirish ishlari kabi, chunonchi, psixologiyadan olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muammoni aniqlashdan, shuningdek bu muammo fanda qanchalik ochilganini bilish uchun mazkur mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilishdan boshlanadi.
2.Tadqiqot metodikasini tanlash. Biologik tadqiqotlar turli metodlar (bu metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritaladi) bilan olib boriladi. Tekshirishlarning muvaffaqiyatli chiqishi ko’p jihatdan metodni to’g’ri tanlashga bog’liq bo’ladi.
3.Aniq ma’lumotlarni to’plash. To’plangan ma’lumotlar o’rganilayotgan muammoga mos bo’lishi yoki ularni to’plash maqsadga muvofiq harakterda olib borilishi zarur. Ilmiy ma’lumotlarga bo’lgan asosiy talab ularning obyektiv, to’la va izchil bo’lishidir. To’plangan ma’lumotlar o’rganilayotgan muammoni har jihatdan harakterlab berishi kerak.
4.Aniq ma’lumotlarni ishlash. To’plangan ma’lumotlarni matematik va mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umimiylikni, xususiylikni topish va ularni tasodifiy materiallardan ajratish imkonini beradi. Bunda to’plangan materiallarning o’rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va h.k.z), prosent va boshqalar aniqlanadi, songa oid ma’lumotlar jadvallarda joylashtiriladi, grafik, diagramma va chizmalarda o’z aksini topadi. Murakkab mutanosiblikdagi ma’lumotlarni topishda esa variasion statistika metodlari qo’llaniladi.
5.Qonuniyatlarning ifodalanishi.Bu tadqiqotning eng qiyin va ma’suliyatli bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma’lumotlarning mohiyatiga qanchalik chuqur tushunilganligi, ularning o’zaro bog’liqligini hisobga olib, bosqich ma’lumotidan har turli xulosa chiqarish mumkin. Ko’pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy harakterga ega bo’lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo’ladi.
6.Qonuniyatni amalda qo’llash. Aniqlangan qonuniyatlar ma’lum bir amaliyot sohasida qo’llaniladi. Amalda qo’llash aniqlangan qonuniyatning to’g’riligiga batamom ishonch hosil qilish imkonini beradi. Ko’pincha o’qituvchilar o’z amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy tajribalarini va boshqalarning tajribalarini umumiylashtiradilar. Biroq shunday bo’lsa ham, har holda, bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan yetarli asoslangan bo’lmaydi, ya’ni, muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi.