Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xirandnomai Iskandari», «Tuhtaful ahror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb- hunar o’rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan.
Alisher Navoiyning «Xazoyinul maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa asarlarida yetuk barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, o’zgalarga munosabati, iste’dodi va kobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolat qaror topish uchun muhim ahamiyatga ega ekani takidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota- onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr mulohazalari alohida o’rin egallaydi.
Navoiy «Hamsa»sining har bir dostonida buqilmas iroda, qa’tiyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy xayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek Mahmud Qoshg’ariy, Ulug’bek, Naqshbandiy, Ogahiyning yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot, kishilararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin.
Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog’liq psixologik muammolari yirik rus olimlari, faylasuf va yozuvchilarni ham muntazam jalb etib kelgan. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va G’arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog’liq turli asarlarda shakllanib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII diniy-axloqiy negizda yoritilgandir. V.N.Tatiщyev, A.N.Radiщyev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotning o’ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo’g’rilgandir.
Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to’g’risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til nutqining mavqyei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog’liqligi ko’rsatilgan.
A.N.Radiщyev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yo’sinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayohat» kitobi bu boada pedagogik-psixologik sirasidan munosib o’rin egallaydi. Yozuvchining fikricha inson tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo’sinda uning tafakkuri, ulg’ayib shakllanadi.