Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə8/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog’liq bo’lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tamonlama yaxlit va o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan qismlardan iborat deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug’ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy xislatlari, harakteri, dini, urf–odatlari, ma’lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o’z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli fikri, ruhiy yuksalishining eng yetuk mahsuli bo’ladi deb ta’kidlanadi.
Abu Rayhon Beruniy ta’lim va trbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqyei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirada yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg’unlik tamoyillarini mutafakkirining barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi.
Beruniy ta’lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosiga qurilgan o’qitsh tabiatga uyg’unligini uqtiradi.
Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt–saodati, ta’lim–tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo’lgan.
O’rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, jang va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi undaga nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.
Yusuf Xos Hojibning bosh masalalarida biri komil insonni tarbiyalashdir. Adib o’z asasrlarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda u o’z tamoyillarini izchil bayon etadi. «Qudadg’u bilig» («Saodatga yo’llovchi») asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo’l–yo’riqlarini usullarini, chora tadbirlarini o’zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma’naviy manbadir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin