Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə4/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

5.Faol o’qish faoliyati. O’quvchining dars davomidagi faol faoliyati bilimni ongli, tushunib o’zlashtirishga yordam beradi. Faol faoliyat tufayli o’rganilgan bilimdan o’quvchilar amaliy faoliyatda to’g’ri foydalanadilar.
6.Qiziqtirish. Ta’lim materialga qiziqish o’quvchilarning o’qish jarayoniga faol munosabatida ifodalanadi. O’rganilayotgan bilimning amaliy ahamiyatini to’la tushunish o’quvchinin qiziqtirishning muhim shartidir. Buni o’qituvchi turli usullar, qiziqarli amaliy mashg’ulotlar yordamida amalga oshiradi.
7.Xotira. Bilimlarni o’zlashtirishning muhim shartlaridan biri o’quvchining xotira faoliyatidar. Bu faoliyat esga olish, esda saqlash, qaytadan esga tushurish kabi fazalarni o’z ichiga oladi. Xotira faoli yati o’quvchi bilimining to’laligi, aniqligi va mustaqilligini ta’minlaydi.
O’quvchi bilimni logik tarzda esga olishi shart. Olingan ta’lim materialini esda saqlab turish va undan amaliy faoliyatda sunumlm foydalanishning yagona sharti takrorlashdir. Takrorlash faol, unumli va maqsadli bo’lishi kerak.
Ko’nikma va malakalar. O’quvchining bilimlarni o’zlashtirishda ko’nikma va malakalarning ahamiyati kattadir. Maqsadga muvofiq ravishda bilim olshga qaratilgan xarakat usullari ko’nikmalardir. Ko’nikma o’quvchining amaliy xarakatlarida nomolyon bo’ladi. Bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda amaliy faoliyat ko’nikmasi tarbiyalanadi.
O’quvchining bilimi ko’nikmasiz bo’lishi mumkin, lekin ko’nikma bilmsiz bo’lmaydi. M: daraxtni o’tqazish tufayli ko’kartirib o’stirishni o’quvchi biladi, ignaga ip o’tkazish oddiy ko’nikma, o’sha orqali buyumtikish murakkab, qog’oz va qalam bo’lsa, istagan rasmini chizish mumkin, lekin chiza olmaydi. Ko’nikmalar o’quvchining malakasiga aylanadi va uning ongli irodaviy harakatlarini ifodalaydi. Malakalilik o’quvchining og’zaki, yozma nutqida, hisoblash, chizish faoliyatida aks etadi. O’quvchidagi bilimning biror sohasiga nisbatan bo’lgan malaka uning faoliyatinig boshqa sohalariga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin