Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə130/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

2.Axborot-ma’ruza tushunib olish esda qolishi kerak bo’lgan bilimlar zaxirasini talabalarga ilmiy ma’lumotlarni bayon etish va tushuntirishga qaratilgan. Bu oliy maktab tajribasida eng odatiy bo’lgan turdir.
3.Obzorli ma’ruza – bu aniqlashtirish va detallashtirishsiz fan ichidagi va fanlararo aloqalarni ochib berishdagi bayon etiladigan ma’lumotlarni anglab etish jarayonida ko’p sonli assosiativ bog’liqliklarga asoslanishi mumkin. Yuqori darajada hisoblangan ilmiy bilimlarni tizimlashtirishdir. Odatda bayon etiladigan nazariy qoidalar asosini butun kursning yoki uning katta bo’limining ilmiy-tushunchali va konseptual asosi tashkil etadi.
4.Muamoli ma’ruza. Bu ma’ruzada bilimlar masalaning, savol yoki vaziyatning muamoliligi orqali beriladi, shu bilan birga idrok etish jarayoni o’qituvchi bilan hamkorlik suhbatlari bilan tadqiqotchilik faoliyatiga yaqinlashadi. Muamoning mazmuni uning echimini izlashni tashkil etish yo’li bilan yoki an’anaviy va zamonaviy nuqtai nazarlarni qo’shish va tahlil qilish yo’li bilan ochib beriladi.
5.Ma’ruza-vizual-aloqa. Ma’ruza materiallarini O’TV vositalari yoki audio-video texnikalari yordamida ko’rsatib etkazib berishdan iborat bo’ladi. Bunday ma’ruzani o’qish ko’rilayotgan materiallarni keng va qisqacha izohlab berishdan iborat bo’ladi.
6.Binar ma’ruza – bu ma’ruzani ikki o’qituvchi suhbati shaklida o’qish turi hisoblanadi, ya’ni ikki ilmiy maktab vakillari sifatida, yoki olim va amaliyotchi, o’qituvchi va talaba o’rtasida va boshqalar.
7.Oldindan xatolar ko’zda tutilgan ma’ruza talabalarni berilayotgan ma’lumotlarni doimiy kuzatib borishga rag’batlantirishga mo’ljallangan (mazmunida xatoni izlash: metodologik, metodik, orfografik). Ma’ruza yakunida tinglovchilarni diagnostika qilish va yo’l qo’yilgan xatolarni tahlil qilish amalga oshiriladi.
8.Ma’ruza-konferensiya - oldindan qo’yilgan muamo 5-10 minut davom etadigan axborotlar tizimi bilan ilmiy-amaliy mashg’ulot sifatida o’tkaziladi. Har bir chiqishi o’qituvchi taqlif etgan dastur doirasida tayyorlangan mantiqiy yakunlangan matndan iborat bo’ladi. Beriladigan matnlar birgalikda muamoni har tomonlama yoritib beradi. Ma’ruza yakunida o’qituvchi talabalarning mustaqil ishlari va chiqishlarini to’ldirib yoki taqlif etilgan ma’lumotlarga aniqlik kiritib yakun yasaydi va asosiy xulosalarni shakllantiradi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin