9.Ma’ruza-konsultasiya turlicha ssenariyda o’tkazilishi mumkin. Birinchi varianti «savol-javoblar» usulida amalga oshiriladi. Ma’ruzachi butun ma’ruza vaqti davomida bir bo’lim yoki bir kurs bo’yicha talabalarning savollariga javob qaytaradi.
Bunday ma’ruzalarning ikkinchi varianti «bahs-munozara» usulida o’tkazilib bu uch xilda olib boriladi: ma’ruzachi yangi o’quv ma’lumotlarini bayon etadi, savol qo’yiladi, qo’yilgan savolga javob izlashda tortishuvlar, muhokama tashkil etiladi.
Maktabda o’quv jarayonini tashkil etish turlarining juda ko’pligi va turli tumanligiga qaramay ularning har bir turi va ko’rinishi ma’lum didaktik masalalar to’plamini hal etadi va o’z vazifasini bajaradi. Ularning turli-tumanligi amalda maktab va oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarining ijodi va mahorati haqida xabar beradi, o’z ishlari samaradorligidan mafatdorliklarini bildiradi. Shunga ko’ra o’quv ma’ruzasi uning tuzilish komponentlari haqida ma’lumot berishi lozim.
Jumladan, 1.O’quv ma’ruzasi tuzilishi (V.Ya.Lyaudis bo’yicha) 1.Ma’ruza mavzusi, mavzusini tanlashni asoslash.
2.Mavzuning butun kurs tizimidagi o’rni va ahamiyatini aniqlash (konspekt).
3.Mavzu bo’yicha adabiyotlarni tanlab olish (o’qituvchi uchun adabiyotlar, talabalarga tavsiya etiladigan adabiyotlar).
1.Auditoriya (tinglovchilar tayyorgarligi xususiyatlari va darajasi).
2.Ma’ruzaning maqsadlari (butun fan mazmunini birlashtiruvchi) ma’ruzaning mazmuni, asosiy g’oyalari.
3.Asosiy mazmunini amalga oshiruvchi ma’ruzaning vazifalari: a) vazifaning tarkibi va ketma-ketllik tartibi. b) vazifalarning xususiyatlari: informasion-analitik, tizimlashtiruvchi, muamoli; v) ko’rsatilgan vazifalarni hal etish uchun talabalarga zarur bo’lgan vositalar; g) qo’yilgan masalalarni hal etishda tinglovchilarda o’qituvchi yuzaga keltiradigan emosional holatlari va munosabatlari.
4.Ma’ruzani tashkil etish shakli: a) fikrni monologik bayon etish; b) evristik suhbat elementlari bilan monolog; v) evristik suhbat; g) audio-video namoyish etish vositalariga tayanilgan monolog; d) dialog-tortishuv (muhokama etilayotgan muamo bo’yicha ikki qarama-qarshi nuqtai nazarni ifoda etuvchi ikki o’qituvchining tortishuvi).