III. Ma’ruza mazmuni:
1.Ma’ruza mazmuni rejasi va konspekti.
2.Yaxlitligi, tizimliligi, ketma-ketligi, tushunarliligi, yaqqolliligi, isbotliligini ta’minlovchi o’quv vositalari va didaktik uslublari (konspekt chetida ajratib ko’rsatiladi).
IV. Ma’ruza davomida o’qituvchining yaxlitlik obrazi.
1.Ma’ruza mazmunining har bir bo’limi bo’yicha masalalarni yechish jarayonida o’qituvchining talabalar bilan hamkorlik qilish usullari (birgalikda masalalarni yechish, namunaga taqlid qilish, sheriklik).
2.Bayon etishning tipik shakli (leksika, gramatika, stilistika).
3.O’qituvchining auditoriya bilan emosional munosabati, noverbal munosabat vositalari (imo-ishora, mimika, patomimika, vokal mimika, intonasiya, ovozi balandligi, sur’ati, tezligi, pauzasi).
Seminar mashg’ulotlari tuzilishi.
Mashg’ulot mavzusi.
Mavzu tanlashni asoslab berish.
Kurs dasturidagi o’rnini aniqlash.
Mashg’ulot maqsadi, vazifalari: ta’limiy, tarbiyaviy, metodik.
Adabiyotlarni o’qib chiqish, hajmi, matnning murakkabligini hisobga olib adabiyotlarni tanlashni asoslab berish.
Seminarni tashkil etish shakli.
1.Auditoriya tayyorgarligi xarakteri bilan bog’liq seminar o’tkazish shaklini tanlashni asoslab berish:
A) savol-javobli;
B) reja asosida keng suhbat;
V) o’zaro tanqidiy baholab axborot berish;
G) yozma referatlarni munozara elementi bilan muhokama qilish.
D) guruhli muhokama: yo’naltirilgan, erkin o’quv-rolli o’yin.
2.Talabalarni adabiyotdagi mavzu, masalalar, obektlar, mashg’ulot xususiyati, muhokama ishtiroqchilari rollarini taqsimlash, referatlar, hisobotlar, talabalar, mavzuni muhokama qilish shakli va xususiyatiga dastlab yo’naltirish dasturi.
Mashg’ulot borishini rejalashtirish va konspektlar tayyorlash.
1.Mashg’ulot mazmuni dasturi: mavzuning asosiy bo’limlari, uning vazifalari, ko’rilayotgan muamoni hal etilishi davomida asosiy qarama-qarshiliklarni qayd etish.
2.Dastur bo’limlari mazmunini konspektlashtirish. Ko’rilayotgan nuqtai nazarlarni asosliligi va isbotlanganligi, qarama-qarshiliklarni aniqlashni ta’minlovchi didaktik uslublarni ko’rsatish. Guruhli muhokama shaklini ko’zda tutuvchi qoidalar va vazifalarni ko’rsatish. Mashg’ulotning turli bosqichlarida guruxlar aloqalari uslublari.
3.Seminar mashg’ulotida muhokama etilgan mavzu bo’yicha xulosalar,
4.Seminar mashg’ulotini o’tkazgandan keyin uning borishini o’rganib chiqish.
Dostları ilə paylaş: |