Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar psixologiya kursini o’qitishning ajralmas qismi hisoblanadi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə133/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar psixologiya kursini o’qitishning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularda ma’ruzalarda olingan nazariy bilimlarini faollashtiradi, mustahkamlaydi va aniqlashtiradi
Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar psixologik tadqiqotlarning oddiy usullari va ko’nikmalarini o’zlashtiradilar, ulardan keyinchalik maktabda kundalik ishlarida foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Bu erda ular o’tkaziladigan tajribalarda tekshirilayotganlar sifatida ishtiroq etadilar va ularni mustaqil o’tkazishga o’rganadilar. Tajribalarda ishtiroq etish va turli test topshiriqlarini echish talabalarda alohida qiziqish uyg’otadi, chunki bu ularga o’zlarini anglab etishga, mavjud psixologik sifatlarini o’rganishga, o’zining rivojlanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Turli psixologik masalalarni echishda ham talabalar o’z bilimlarini amalda ko’rsatishlari mumkin. Shunga o’xshash masalalarni hal etib, talabalar yana bir bor bo’lajak amaliy ishlari uchun psixologik bilimlarning zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Amaliy mashg’ulotlarda masalalardan foydalanish o’qituvchiga ham o’quv materialini o’zlashtirib borishi va shu bilan bu jarayonni nazorat qilishni kuchaytirishga yordam beradi.
Amaliy mashg’ulotlarda kompyuter texnikasidan foydalanish talabaning butun intellektual imkoniyatlarini maksimal darajada jamlaydi, faqatgina nazorat qilish va amalga oshirishni ta’minlaydi, bu talabani o’ziga baho berishini shakllanishiga va uning shaxsini tarkib topishiga yordam beradi.
Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishda qo’llanilishi mumkin bo’lgan ishlarning turli xillari mavjud. Ularning har biri aniq mashg’ulotni tanlab olish, mashg’ulot mavzusini va o’qituvchining real imkoniyatiga, shu jumladan texnik imkoniyatlarga ham bog’liq bo’ladi. Umumiy talablar esa o’qituvchining talabalarni tayyorlash hamda har bir mashg’ulot oldidan tekshirish kiradi.
Tajriba ishlarini bajarish uchun talabalar ikkita daftarga ega bo’lishlari kerak: ish davomida yozuvlarni qayd etib borish uchun va ishlari natijalarini yaxshilab ishlab chiqib, tartibga solib hisobot berish uchun kerak bo’ladi. Hisobot daftarida bayonnoma rasmiylashtiriladi. U yoki bu usul bilan maktabda olingan ma’lumotlar asosida mashg’ulotlarni maktab materiallarida o’tkazsa yaxshi bo’ladi. Bu psixologiya bo’yicha o’quvchi bilimlarini chuqurlashtiradi va aniqlashtirish imkonini beradi, yosh psixologiyasi masalalariga qiziqishini oshiradi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin