Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə136/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Bahs usuli yoki o’quv bahslari evrestik suhbat kabi namoyon bo’ladi, to’g’rirog’i maxsus dasturlashtirilgan erkin nazariy savollarni muhokama qiladi, odatda savol qo’yish bilan evrestik suhbatni boshlanishi kabi boshlanadi. Uni doimo baxsga aylanish, - darsdagi me’yoriy holatdir. Psixologik nuqtai nazardan qaraganda bahs qanday xususiyatga ega?
Birinchidan, bahs – bu faoliyatning dialogik shakli bo’lib, turli fikrlar orasida boradigan shiddatli ko’rashni, suhbatni yuzaga keltirishdir. Fikrlar almashinuvi oddiy suhbatdagi kabi izchil va salmoqli ketmaydi, bahsda esa, bir fikrni boshqasi bilan to’qnashuvi bir muncha asabiy ko’rinishga ega. Bahsni alohidaligi shundaki, bahslashuvlarning fikri bu bahslashayotganlarni faol fikrlashlarini yuzaga keltiruvchi yoki fikrni dalil bilan isbotlashdir.
Ikkinchidan psixologik jihatdan shunisi qiziqki, ayni fikrlar to’qnashuvi baxsni yuzaga keltiradi, u esa baxsga olib keluvchi turli xil fikrlarni tug’ilishidir. Bahs va fikrlashni - faoliyatdagi sababli bog’lanish deb tushunishadi, bunday yondashuv L.S.Vыgotskiy tomonidan ilgari surilgan, lekin nutq faoliyatini tekshirganlarida bunga to’xtalib o’tmaganlar, ayniqsa muamoli bahsdagi fikrlash va diologni o’zaro bog’liqligini analiz qilmaganlar.
Odatda fikrlash orqali bahsda e’tirozchini gapiga javob tug’iladi, shuning uchun turli fikrlar bahsni yuzaga keltiradi, deb taxmin qilinadi. Natijada esa vaziat mutlaqo aksincha: bahs munozara fikrni tug’diradi fikrlashni faollashtiradi, o’quv bahslari esa ustiga ustak o’quv materialini fikrlash mahsuli sifatida anglab o’zlashtirishni ta’minlaydi. Bunday psixologik alohidalik bahslashuv va fikrlashni o’zaro bog’liqligi A.K.Markov izlanishlarida ko’rsatilgan.
Munozarani vaziyatga aloqadorligi mulohaza qilishni faollashtiradi, ularni dalillar tizimiga aylantiradi. Afsuski psixologning bunday xulosasi natijasida bu usuli na maktab, na pedagogika – psixologiya oliy o’quv yurtlari amaliyotida keng doirada qo’llanilish imkoniyatini bermayapti.
Baxs usuli darslarning guruhiy shaklida amaliy mashg’ulotlarda yoki laboratoriya mashg’ulotlarida, talabalar gapirish imkoniyati bo’lgan darslarda foydalaniladi. Ba’zan ma’ruzada ham foydalaniladi, unda ma’ruzachi mavzuga oid savollar bilan auditoriyaga murojat qilishi orqali yuzaga keladi. Bahsni ma’ruza darslarida to’la qo’llab bo’lmaydi, lekin auditoriyadan savollarga javoblarni tezlik bilan javob oladigan natijasida, ulardan mazkur muamoga fikr bildirish orqali qo’llash mumkin. Endi bu munozarali savolga javob berish, jamoaviy fikrlash va ma’ruzachini xulosasini tinglash psixologik muhitni yaratadi. Turli xil dars shakllarida bir necha munozarali savollarni qo’yishni namuna sifatida ko’rsatamiz. Dastlab ma’ruzada kullanilgan munozarali savoldan boshlaymiz.
Ma’ruzachi tashkiliy qismda nazariy faoliyatga bag’ishlangan savolni talabalar oldiga qo’yadi. «Biz hozirgina faoliyatni mavjudotni o’rab turgan borliq bilan o’z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan hamkorligi ekanligini aniqladik. Bunday faktlar faoliyatni turli xilligi hisoblanadi: nafaqaxo’r sayr vaqtida oyoqlariga dam berish uchun o’rindiqka o’tirdi; chumoli o’z iniga o’lgan pashshani olib ketayapti; tuyaqush kallasini qo’yniga tiqib olib nafas olayapti; talaba «faoliyat» tushunchasini o’rganayapti, vaholangki unga nima bo’lganda ham quruq yodlash emas, aksincha tushunib esda olib qolish keraqligini ogohlantirishgandi; o’quvchi adabiyot darsida uyga yodlash uchun berilgan she’rni o’rganyapti; qo’mondon o’z qo’shiniga qanday harakat qilish keraqligini aytish uchun; raqibini hammasini kutayapti; ular kutish vaqtida biror bir faoliyat bilan band deb bo’ladimi? Ana shu hamma vaziyat haqida kim nima o’ylayotganini darrov aytishingizni so’rayman».
Keyin o’qituvchi aytgan subektlarini harakatini ketma-ketlikda o’tkaza boshladi («nafaqaxo’r», «chumoli», «tuyaqush», «talaba», «o’quvchi», «qo’mondon») talabalar esa «ha» yoki «yo’q» deb javob berdilar. Barcha «faoliyat» tushunchasini ham ancha tushuntirish talab etishini va bu mavzuga boshqa darslarda yana to’xtalish lozimligiga amin bo’ladilar, lekin bu etarli bo’lib, ma’ruzachi maqsadga erishadi. U talabalarni faoliyat tushunchasini psixologik asosini faqat lug’aviy ma’nosini yodlab olish emas, balki jiddiy hayotiy vaziyatlarda tahlil qilinadigan ish ekanligiga ishontirdi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin