Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI
Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadigan fan.
Mehnat faoliyati psixologiyasi – bu psixologiyaning bir sohasi bo’lib, inson shaxsini mehnat subyekti sifatidagi shakllanishi xususiyatlarini, mehnatning shart-sharoitlari, yo’llari va usullarini ilmiy jihatdan o’rganadi.
Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o’zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat.
Mutaxassislik – faoliyatning aniq shakli bo’lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mehnat subyekti (egasi) – bu faol harakat qiluvchi, anglash va o’zgartirishga layoqatli, ong va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruh.
Muloqot – ikki yoki undan ortiq odamlarning o’zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Melanxolik – temperament turlaridan biri bo’lib, psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchanlik, xatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Monologik nutq – bir odamning o’z fikrlarini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi.
Monolog – ma’ruzachi tomonidan nutq so’zlanishi, ma’ruzachi aktiv, tinglovchi passiv bo’lgan jarayon.
Mobil shaxs – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o’tish va moslashish imkoniyatining yuqori darajada kuzatilishi.
Negativizm – individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o’zicha mustaqil fikr, mavqyeni namoyon qilishi.
Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning o’zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko’zda tutilishi.
Noverbal - nutqsiz ifodalangan harakat, mimika, xolatlarning boshqa shaxsga yo’naltirilishi.
Nizolar – o’zaro ta’sir ko’rsatayotgan kishilarning qarama-qarshi turishi, bunda fikrlar, pozisiyalar, qarashlar teskariligi kuzatiladi.
Nizo turlari – nizolarning kimlar orasida yuzaga kelishiga ko’ra farqlari: shaxslararo, guruhlararo, shaxsiy, etnik, milliy; namoyon bo’lish xususiyatiga ko’ra: ochiq, yopiq, uzoq muddatli, qisqa; mavqye yoki darajaga ko’ra: vertikal va gorizontal; yo’nalishiga ko’ra: destruktiv va konstruktiv.
Nizo bosqichlari – uch bosqichda, ya’ni nizo oldi, nizo va nizodan keyingi bosqichlar.
Nizo hal etish yo’llari – komromiss, ya’ni kelishuv; joyida hal etish; nizodan chekinish; orqaga surish; qochish.
Operativ xotira – xotira turlaridan biri bo’lib, faoliyat bajarish jarayonida uzoq xotiradan vaqtincha foydalaniladi.
Oila – turmush qurish, qarindosh-urug’chilik asosidagi kichik guruh.
Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi bo’lib, uning mohiyati tuyg’ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko’rinishida aks ettirishdan iborat.
Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.
Psixodiagnostika – psixologik tashxisning amaliy jihati bilan bog’liq bo’lgan psixologning maxsus faoliyatidir. P. – amaliyotda turli psixodiagnostik usullardan foydalanish mumkin bo’lgan psixologik bilimlar doirasini ham ifodalaydi.
Psixometriya – psixik jarayonlarning vaqtinchalik xarakteristikasi.
Psixologiya – odamning obyektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’u-hissiyot va boshqa psixik xolatlar orqali aks ettirish jarayonini o’rganadigan fan.
Psixologik tashxis – individual-psixologik mohiyatni aniqlash va shaxsning o’ziga xosligini baholash maqsadida yo’naltirilgan, izlanishlar asosida keyingi rivojlanishi darajasi bo’yicha axborot berish hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish jarayonigida psixolog ish faoliyatining natijasidir.
Psixik holatlar – psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.h. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo’lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.