Til – inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga yetkazib berish vositasi bo’lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.
Unutish – eslash va yod bo’lib qolgan yoki o’zlashtirilgan materialni qayta xotirlash imkoniyatining asta-sekin so’nib borishini aks ettiruvchi jarayondir.
Fantaziya-hayolning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir.
Fizionomika – odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning xususiyatlarini o’rganish.
Faoliyat – insonning voqyeilikni, o’zini o’zi ijodiy o’zgartirish, takomillashtirish, mukammallashtirishga yo’naltirilgan faolligi. Psixologik jihatdan ichki ehtiyojni qondirish deya talqin etiladi.
Xarakter (grekcha charakter – bosish, zarb qilish) – insonning faoliyati va munosabati tufayli shakllanadigan va namoyon bo’ladigan barqaror individual xususiyatlari yig’indisi bo’lib, unga xos bo’lgan hulq-atvor va hayotiy holatlarga javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda inson uchun xos bo’lgan, standart vaziyatlarda qo’llaniladigan, hayotiy vazifalarni qo’yish va yechish usullari o’z ifodasini topadi.
His-tuyg’u – insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs sifatidagi taraqqiyoti davomida shakllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga mosligi bilan farq qiladigan yuksak o’zaro madaniy bog’langan hissiyotlaridir.
Hayajonlanish – (lot. emoveo – hayratga solmoq,hayajonga solamoq) – psixik hodisalarning alohida toifasi bo’lib, subyekt tomonidan bu hodisalar, predmetlar va vaziyatlar insonning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun bevosita qiziqqon kechinmalari ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Xayol – insonning subyekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan yoki sezgi a’zolari yordamida idrok etila olmaydigan obyektlarning in’ikosining (tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarning) yoki jo’rttaga paydo bo’lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir. (mas., kelajakni mo’ljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan yoki umuman mavjud bo’lmagan dunyoning voqyealari – miflar va ertaklardagi hayri-tabiiy personajlar va b.)