Hayotiy ma’nolar – bu inson uchun uning borliq bilan befarq bo’lmagan shunday aloqalari majmuasiki, ularda insonning uni o’rab olgan voqyeilikdan obyektiv bog’liqligi sifatida ham, uning ehtiyojlari va intilishlari ko’rinishida ham o’z aksini topadi. Biz kundalik hayotimiz davomida hattoki, ko’p hollarda o’zimizning turmush psixologi ekanligimizni ham unutgan holda ulardan juda ko’p foydalanamiz. Bu o’rinda «turmush» so’zidan tashqari «kundalik psixologiya» yoki «odatiy psixologiya» deyish ham mumkin. Turmush (odatiy) psixologiyasi kundalik ong tarkibiga kiradi.
Xotira – insonning o’tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish, saqlash va qayta eslashga yo’naltirilgan ko’plab psixik jarayonlari, hatti-harakatlari, holatlaridir.
Hatti-harakat – insonning axloqiy o’z-o’zini ko’rsatish momenti bo’lib, bunda u boshqa kishiga nisbatan munosabati, o’z-o’ziga, guruh yoki jamiyatga, umuman tabiatga nisbatan shaxs sifatida o’zini namoyon qiladi. Hatti-harakat faoliyat yoki faoliyatsizlik; so’zlarda bildirilgan pozisiya; imo-ishora ko’rinishida, qarash, nutq ohangi, matnning ma’nosi shaklidagi biron narsaga nisbatan munosabatda jismoniy to’siqlarni yengib o’tish va haqiqatni izlash tomon yo’naltirilgan harakatda kabilarda ifodalanadi. Hatti-harakat – sosial hulq-atvorning asosiy birligidir, uning hamisha guvohlari bo’ladi: o’zining sosial ifodasini topmagan ichki yechimi hali hatti-harakat bo’la olmaydi. Shuning uchun hatti-harakat orqaga qaytmas xarakterga ega, uni «qayta o’ynab» bo’lmaydi – aynan shu yerdan sodir etilgan hatti-harakat uchun shaxsiy javobgarlik vujudga keladi. Hatti-harakatda inson shaxs sifatidagina namoyon bo’lib qolmasdan, balki ushbu sifatda shakllanadi ham.
Qayta hosil qilish – kuzatish mumkin bo’lgan u yoki bu belgilar shaklidagi faollashgan mazmunning qayta tiklanishi va qayta qurilishidan iborat bo’lgan aqliy hodisadir.
O’ylar – insonning hayotidagi kelajak hayot manzaralarini aks ettiradigan shirin tasavvurlari, fantaziya va orzu-niyatlaridir.
Shaxsiy kontakt – o’zaro hamkorlarni yagona sosial butunlikka (ikki, uch yoki ko’proq kishilardan iborat) birlashuv darajasini anglatuvchi shaxsiy munosabat tavsifidir.