Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


Ushbu nazariyada ta'lim uchta asosiy turlarga ajratiladi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə55/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Ushbu nazariyada ta'lim uchta asosiy turlarga ajratiladi:
- birinchi turda - xatti-harakatlarni o’zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material etarli darajada anglanilmaydi, ta'lim oluvchi ta'limning asl mohiyatini tushunib etmaydi;
- ikkinchi turda materialni nisbatan dadil va to’la tushunilishi va material bilan bog’liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi;
- uchinchi tur - tez, samarador va bexato xatti-Harakatlarni o’zlashtirilishini ta'minlab beradi.
V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi uquvchilarni ilmiy tushunchalarni o’zlashtirilishini targ’ib qiladi. Bunda uquvchilar tomonidan ta'lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini o’zlashtirilishi lozim bo’lib, bu o’z o’rnida xususiydan umumiy bilimlarga utilishni ta'minlaydi.
Qator nazariyalar muamoli ta'lim bilan bog’liq bo’lib, L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar talimda muamoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir.
Ta'limning psixolik asoslari muamosi ko’pgina masalalarni qamrab oladi. Ta'limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bog’liq bo’ladi. Avvalo o’quvchining o’qishga bo’lgan munosabatiga to’xtaylik. Bu munosabat diqqatda, His-tuyg’ularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan yo’lida namoyon bo’ladi.
Ta'lim jarayoni avvalo o’quvchilar diqqatini yulga solishni talab etadi. Darslarda ko’rgazmali qurollardan, texnik va EHM vositalaridan foydalanish ta'lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta'lim jarayonida ta'lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki o’quvchilarning darsda utiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o’quvchilarning diqqati o’zgarib turadi. O’qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o’quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.
Ta'lim jarayonining samaradorligi ko’p jihatdan o’qituvchi tomonidan beriladigan ko’rsatmalarga ham bog’liq. O’qituvchining roli shundan iboratki, u o’kuvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolishi keraqligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so’zma-so’z esda olib qolishni, nimaning ma'nosini o’z so’zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko’rsatib o’tishi lozim. Kuzatishlar ko’rsatadiki, bunday ko’rsatmalar berilmaganida, o’quvchilarda ko’pincha noto’g’ri tasavvurlar vujudga keladi.
O’qitishning emotsionalligi talimning muvaffaqiyatliligini ta'minlovchi omillardan biridir. Ta'lim berish jarayoni emotsional jarayon, agar o’quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg’u uyg’otmasa, uni o’quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o’quvchilarning psixik holatlari, ya'ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari - haqida ham borishi kerak, albatga. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o’quv faoliyatini juda samarali qiladi. O’quvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq o’zlashtirib oladilar.
O’tkazilgan tajribalar o’quvchilar hech qanday his-tuyg’u uygotmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagn materialni yaxshiroq eslab qolishlarini ko’rsatadi. O’qituvchi o’quv jarayonyaning emotsional tomoni haqida g’amxurlik qilishi kerak. Bu muamo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta'limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g’oyat kattalapshb ketgan, Uning muvaffaqiyatli o’zlashtirilishiga erishish uchun o’quvchilarning o’quv faoliyatini kuchaytirishi lozim. Ijobiy tuyg’ular o’quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta'sir etadi.
Hafsala bilan bajarilgan beg’araz munozara paydo bo’ladi, bahslashiladi, befarq qaragan yoki undan ham beshbatar, salbiy munosabatda bo’lishgan ishga esa hech qanday hafsala bo’lmaydi.
Ta'lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e'tibor berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faollit bo’lib, unda jonli mushoHadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga o’tiladi, ana shundan so’ng ob'ektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda kurib chiqishimiz lozim bo’lgan karsa o’quv materalini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma'lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi organlariga ta'sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo’lishi bo’lib, idrok etish jarayoni ta'limda turli formalarda o’qituvchining ogzaki hikoya qilishida, suhbat o’tkazishda, leksiya o’qishida, kinodars, televizion parcha, sxemalar va ko’rgazmali qurollar ko’rsatish, ekskursiyalar o’tkazish, o’quvchining o’ziga darsliklar hamda boshqa qo’llanmalarni o’qitish tarzida o’tishi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir. Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli farlqi mavjud bo’ladi.
Ta'lim-tarbiya ishlarining usullari vositalari va tashkiliy formalarini ishlab chiqish hamda pedagogik jarayonlarini boshqarishning samaradorligi psixik rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlar masalasini to’g’ri xal qilishga bog’liqdir.
Bolalarning psixik jihatidan o’sishi masalasi bolalar psixologiyasining markaziy muomosidir. Bu muamoani to’g’ri xal etish bolalar psixologiyasining Fan sifatida yanada tarakkiy etish uchun ham usayotgan avlodni tarbiyalash ishi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning psixik jihatidan o’sishi muomosini chinakkamiga ilmiy asosda xal etish.
A) Bolalar psixikasini o’sishini ta'minlovchi ominlarning rolini va bolalar psixikasining taraqqiy etish qonunuiyatlarini aniqlashga;
B) Shu qonuniyatlarga asoslanib ta'lim va tarbiya tizimsini shuningdek bolalar o’rtasida olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishining mazmuni va formalarini to’zishga imkon beradi.
Inson psixikasi rivojlanishida, bir tomondan tabiiy, biologik, tug’ma xsusiyatlar bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy hayotda ortirilgan xususiyatlarining o’zaro munosabatlarining muammosidan, rivojlanishida tashqi va ichki omillarning (irsiyat va muhitning) roli hamda ularning o’zaro munosabati muammosidan iboratdir. Odamda tug’ma ravishda tashkil topgan xususiyatlar (masalan, ko’rish va eshitish sezgilarining ayrim xususiyatlari, nerv tizimining ayrim xususiyatlari) bilan bir katorda ma'lum hayot sharoiti va faoliyatning ta'siri ostida, ta'lim va tarbining ta'siri ostida tashkil topgan (masalan, axloqiy odatlar) xususiyatlar borligini hech kim inkor etmaydi. Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki ijtimoiy xarakterga egami?
Burjua psixologiyasi psixikaning tabiati biologik omillarga bog’liq degan pozitsiyada turadi,ya'ni psixik xususiyatlar tug’ma paydo bo’ladi,ularning inson dunyoga kelishidan oldinroq unda bo’lgan biologik imkoniyatga bog’liq degan pozitsiyada turadi.
Uning davosicha,inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, biologik strukturalarga joylashtirilgandir, psixik taraqqiyot esa, irsiy yo’l bilan azaldan belgilab borganizmga joylashtirilgan shu xususiyatlarning pishib etilishi jarayonidan iborat emush.. Jumladan, har bir odam qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (imkoniyatlarning nihoyasi, eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan, «qobiliyatlarning tabiiy fondi» tomonidan ilgaridan belgilab qo’yilgan emish.
So’nggi vaqtlarda mikrobiologiyaning nasliy xususiyatning gen bilan bog’liq bo’lgan mehanizmini ochish ishdagi yutuqlari munosabatlari bilan «gen aslahalarining tug’ma darajasi», shaxsning xususiyatlari va qobiliyatlari genlarda dasturlashtirilganligi, kodlashtirilganligi haqida gapira boshladilar. Angliyalik genetik Sh.Auerbax bu fikrni nihoyatda aniq va obrazli qilib ifodalab berishga uringan .
«Xar bir odam, deb yozgan edi u, xuddi kartaboz qo’liga karta olib boshlagani kabi, o’z hayotini, qo’liga genlarni olib boshlaydi. Ba'zan karta shunchalik yomon suziladiki, hatto sal-pal yutuqni ham orzu qilish qiyin bo’ladi. Ayrim hollarda karta shunday ajoyib qilib so’ziladiki, muvvafaqiyat qozonish uchun hech qanday harakat qilmasa ham bo’laveradi». Uning fikricha «aqliy taraqqiyot darajasi, maxsus qobiliyatlar shaxsiy sifatlar – bo’larning hammasi genetik faktorlar bilan muhit faktorlari munosabatining natijasidan iboratdir». Bu fikrdan:yuksak iste'dodli kishilarning ko’payishiga xayrihohlik bildirish lozim. Insoniyatning eng yaxshi namoyondalarini ko’paytirish kerak (jamiyat har ikki jinsga tegishli iste'dodli kishilarning yakinlashishiga har tomonlama yordam berishi kerak», «iste'dodsiz» kishilar esa ko’payishdan o’zlarini saqlashlari kerak –degan xulosa chiqadi .
Bola psixik xususiyatlarining tug’ma tabiati haqidagi nazariya turli burjua olimlari tomonidan ba'zi bir to’zatish va izohlar bilan har xil tusda, har xil aktsentda tushuntirilishiga earamay, shu vaqtga qadar hozirgi zamon burjua maktab pedagogikasining asosi bo’lib kelmoqda. Bu nazariyaning maddohlari bo’lgan burjua olimlari, o’quvchining nimaga qodir ekanligini bilib olib, undan so’ng ta'lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish kerak deb hisoblaydilar.
O’quvchilarning aqli istedod darajalariga qarab har-xil tipdagi maktablarga yuborish uchun sortlarga ajratish (masalan Angliyada ana shundan kelib chiqqanki buni progressiv pedagogi va psixologi B.Saymon keskin tanqid qilgan Angliyada yuksak darajada aqliy iste'dodga ega bo’lgan bolalar universitet ma'lumotini olish imkoniyatiga yo’l ochib beradigan, grammatik maktab deb ataladigan maktablarda o’qiydilar; o’z tabiati jihatidan aqliy va ijodiy faoliyatga «noqobil», ya'ni aqlliy iste'dod darajasi past deb topilgan bolalar universitetga kirish uchun etarli tayyorgarlik bermaydigan, hozirgi zamon maktablari deb atalgan «xalta ko’cha» tipidagi maktablarda ta'lim olish bilan qanoatlanishlari lozim bo’ladi.
AQShda (testlar yordami bilan aniqlanadigan) aqliy iste'dod koyefitsenti jihatidan bir xil bo’lgan o’quvchilarni bir sinfga to’plab o’qitish amaliyoti davom etib kelmoqda. Aqliy iste'dod bolalar uchun ochilgan odatga ko’ra, badavlat ota-onalarning bolalari o’qiydigan sinflarning o’quv dasturlari jiddiy materiallar bilan tuldirilgan, mustaqil ishlarga ko’p etibor beriladi. O’rtadan past aqliy iste'dodga ega bo’lgan o’quvchilar o’qiydigan sinflarda ta'lim «suyultirilgan« dastur asosida, ya'ni nazariy materiallarsiz olib boriladi. AQShda aytishlaricha, «test ba'zilarni janatga, ba'zilarni esa do’zaxga junatish uchun berilgan ruxsatnomadir».
Hozirgi zamon burjua psixologlarining asarlarida garchi ta'lim-tarbiyaning roli, muhit va atrofdagi ijtimoiy hayotning roli haqida juda ko’p gapirilsa ham , shunga qaramay, bu asarlarning hammasida psixik rivojlanishning chegaralari tug’ma biologik potentsial tomonidan belgilanadi va hech qanday sharoitda bu chegaradan tashqari chiqish mumkin emas, deb tasdiqlanadi.
So’nggi vaqtlarda juda ko’p chet el psixologlari 20-30 yillarda nomi chiqqan amerikalik psixolog E.Torndaykning ayrim fikrlariga murojat etmoqdalar. Hozirgi zamon burjua psixologi o’z qarashlarini niqoblashni yoqtiradi.
E.Torndayk esa nihoyatda aniq yozar uning qarashlarida hech qanday ikkilanish holatlariga yo’l qo’yilmas edi. «Arifmetika o’qituvchisining yangi metodlari» va psixologiyaga asoslangan tamoyillari» degan asarlarida E.Torndayk to’g’ridan to’g’ri o’quvchilarning «tabiiy kuchlari»ga, ularning «tug’ma mayllari»ga shama qiladi. E.Torndayk muhitning ta'siri haqida tarbiyaning ta'siri haqida gapirgan lekin bu faktorlarning ta'siriga ochiqdan ochiq ikkinchi darajali, tobelik rolini bergan o’qitish qanchalik yaxshi bo’lishiga qaramay, ayrim o’quvchilar hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmaydilar, boshqa bir o’quvchilar esa,o’qitish qanchalik yomon bo’lishiga qaramay muvaffaqiyatga erishadilar. Mutlaqo ochiq-oydin fikr! Shunday qilib o’qituvchining roli yo’qqa chiqarilmoqda va oldingan pedagogik brak oqlanmoqda .
Torndayk bularni bundan yarim asr chamasi oldin yozgan, lekin hozir ham burjua olimlari uning fikrlarini deyarli so’zma-so’z qaytarmoqdalar. «Yaxshi aqliy qobiliyatlar nasliga ega bo’lgan bolalar hatto maxsus ta'limsiz ham yuksak intelektlli kishilar bo’lib etiladilar,yaxshi genlar nasliga ega bo’lish baxtiga muyassar bo’lmagan bolalar esa hatto eng yaxshi ta'limdan ham foydalana olmaydilar».
Burjua psixologining fikricha, tug’ma biologik imkoniyat ya'ni gen aslaxalarining darajasi asosiy xal qiluvchi ahamiyatga egadir. Psixik xususiyatlarning taraqqiyoti bu imkoniyatlarning pishib etilishi o’z o’zicha rivojlanishi demakdir. Buning uchun tegishli tashqi sharoitlar bo’lsa, bas. Chunonchi ta'lim va tarbiya bu tug’ma imkoniyatni namoyon qilish va amalga oshirishning zaruriy shartlaridandir. Shunday qilib burjua psixologiyasida muhitga faqat «inson tabiatiga joylashtirilgan»va inson o’zi bilan dunyoga olib kelgan tug’ma imkoniyatni voyaga etkazadigan tashqi sharoitlik roligina berilgan. Yaroqsiz ovqat jismoniy taraqqiyotni to’xtatib qo’yish mumkin bo’lganidek tevarak-atrofdagi muhit ham ichki sabablar asosida yuzaga keladigan aqliy taraqqiyotga xalaqit berishi mumkin, deb uqtiriladi.
Buning misoli tariqasida tuxum bilan quyidagicha uxshatish keltiriladi: tuxum qanchalik yuqori sifatli bo’lmasin lekin, o’z o’zidan ma'lumki faqat ma'lum muhit sharoitida, chunonchi ma'lum temperatura bo’lganidagina undan jujja chiqishi mumkin.
Bizda V.N.Kolbanovskiy, A.R.Luriya, A.N.Mironovlar tomonidan bir tuxumdan bo’lgan egizaqlar ustida o’tkazilgan tajribalar boshqacha axvolni ko’rsatdi, bir tuxumdan bo’lgan egizaqlardan bir xil tabiiy sharoitda, ta'lim metodlariga qarab ijodiy ya'ni kombinatorlik) faoliyatni ayrim turlarida mutlaqo har xil natijalarini olish mumkin bizning zamonimizda progressiv frantso’z psixologi R.Zazzo bir tuxumdan bo’lgan egizaqlar ustida shunga uxshash tajribalar o’tkazib, psixik xususiyatlarning tug’ma xarakteri nazariyasiga qqatik zarba berdi.
Pedologiya bolalarning psixik xusuiyatlariga irsiyat yo’li bilan mustahkamlangan bolaning o’zlashtirishigina emas balki hayotiy mehnat istikbolini ham oldindan belgilab beradigan xususiyatlar deb karadi. Hozirgi zamon pedagogik psixologiyalarida boshqa bir yo’nalish qobiliyatlarning taraqqiyotini faqat tevarak atrofdagi muhitning ta'siri bilan tushuntiradi. Bu yo’nalish o’z zamonasi uchun progressiv xisoblangan 18 asr fransuz filosofi K.A.Gelvetsi ta’limotidan boshlangan. Gelvetsi ta’limotiga ko’ra, hamma odamlar aqliy va axloqiy taraqqiyot uchun tugilishdanok mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo’ladilar. Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina muhit va tarbiyaning turlicha ta'sir qilishi bilan vujudga keladi, tushuntiriladi.
Bu konsepsiya odamlarning psixik va ruhiy demak sotsial tengsizligi ularning tug’ma xususiyatlari degan va usha davrlarda hukmron bo’lgan idealistik nazariyalarga qarshi qaratilgan edi. Bu nazariyaning chet ellardagi hozirgi turli namoyondalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy muhitning g’oyat darajada muhim roli borligini etirof etadilar. Biroq ijtimoiy muhit burjua psixologlari tomonidan metafizik tarzda, ya'ni o’zgarmaydigan inson taqdirini ilgaridan belgilab beradigan bir narsa tarzda tushuniladi. Insonga muhit ta'siri ostida bo’lgan passiv ob'ekt sifatida qaraladi. Shuni aytib o’tish kerakki genetikaning qo’lga kiritgan yutuqlari munosabati bilan so’nggi vaqtlarda bizning mamlakatimizda psixik xususiyatlarning masalan, qobiliyatlarning tabiati haqidagi psixik taraqqiyotning tabiy imkoniyatlari haqidagi masalalari keng muhokama qilinmoqda va biologlar filosoflar, psixologlar mediklar, yuristlar ishtiroqida munozaralar o’tkazilmoqda.
Ana shu mavzuga oid turli materiallar nashr etilmoqda, munozara jarayonida psixologiya uchun xarakterili bo’lgan qarshi psixik xususiyatlarning tabiatiga diolektik va materialistik nuqtai-nazaridan qarash aniqlanadi lekin shuning bilan birga, oshkora kurinib turgan ozchilik tomonidan himoya qilinayotgan ikkita so’nggi nuqtai-nazar borligi ham ma'lum bo’ldi.
Bu nuqtai-nazardan biri – psixik xususiyatlar va qobiliyatlarning tabiatini tug’ma va nasliy deb hisoblaydi. Bu pozitsiyada asosan ayrim biolog genetiklar turadilar bu pozitsiya tarafdorlari psixik xususiyatlarning tarkib topishi va taraqqiyot jarayonini odam genetik dastursining amalga oshirilishidir, deb tushuntiriladi. Mana shu fikrga muvofiq talant genlarning mufaqiyatli kombinatsiyasida (kushilmasidan) iboratdir. Psixik xususiyatlar bir manoda genotip bilan ya'ni odamning genetik xususiyatlari bilan belgilanadi. Psixik xususiyatlarning tarkib topishi va taraqqiyoti gen aslahalari spetsifikasi bilan belgilanadigan sifatlarning (tegishli muhit sharoitlarida) namoyon bo’lish jarayonidir.
Barcha izohlarga qaramay, bu mulohazalar mantiqiy ravishda quyidagi xulosaga: har bir odam psixik taraqqiyotning spetsifikasi darajasi ma'lum darajada uning gen imkoniyatlari bilan ilgaridan belgilangan bo’ladi.,yuegan xulosaga olib keladi. Bu esa ta'lim va tarbiyaning hayotiy sharoiti va faoliyatining rolini ochiqdan ochiq kamsitishga yuksak iste’dodli kishilarni sun'iy ravishda etishtirish va yirik xujayra yadrolarini transplantatsiya qilish (kuchirish) metodi asosida o’ziga xos intellektual elitalarni sun'iy tarzda hosil qilish tamoyilial jihatdan mumkinligi haqidagi goyalarning ishlab chiqilishiga olib kelmoqda. (ma'lumki, bu sohada sodda organizmlar ustida muvaffaqiyatli eksperimentlar o’tkazilgan).
Agarda barcha odamlarga o’z qobiliyatlarini rivojlantirish uchun to’la imkoniyat yaratib berilsa ularning hammalarida ichki imkoniyatlar bir xil bo’lsa unday holda har bir normal odam to’g’ri tashkil qilingan ta'lim va tarbiya orqali har qanday sohada istagan yuksaqlikka erishishi mumkin bo’lar edi. Agar odamlarning turli qobiliyatlariga ega bo’lishlariga faqat ularning turli hayot va tarbiya sharoitlari sababchidir deb uylaydigan bo’lsak u holda, ehtimol, har qanday odamni nihoyatda to’g’ri (ideal) tashkil qilingan ta'lim va tarbiya orqali muzika sohasida xuddi Betxovendek genial odam, matematika sohasida xuddi Labochevskiydek genial odam Repin va Eynshteyn kabi kabi genial odam qilib etishtirish mumkin bo’lar edi, deb xulosa chiqarar edik. Bu nazariya psixik rivojlanishning, qobiliyatlar taraqqiyotning borishi va yo’nalishiga ta'sir qiluvchi tabiiy imkoniyatlardagi individual farqlar haqidagi tushunchani batamon imkor etadi.
Psixologlar va pedagoglar ixtiyorida bo’lgan juda ko’p faktlar u yo’nalishining ham, bu yo’nalishning ham sheklangan va bir yoqlamaligini ko’rsatadi. Odamning genetik xsusiyatlari bir ma’noda uning psixik xsusiyatlarini belgilaydi, deb hisoblash xatodir. Ammo buning teskarisi ham, ya'ni psixik taraqqiyotning tabiiy imkoniyatlardagi individual farqlarni batamom imkor qilish (masalan, qobiliyatlarning nishonlanadigan individual farqlarni imkor qilish) va odamlardagi g’oyat xilma-xil barcha individual – psixologik xususiyatlarni faqat tashqi ta'sirotlar natijasidir, deyish ham noto’g’ridir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin