Makkajo’xori uni. Bugungi kunda makkajo’xori uni tayyorlashda don murtakfan xalos etilib, un navli maydalash usulidan foydalaniladi. Bunda unning umumiy chiqish miqdori 85% ni, shulardan unning “Eksta” tipi 15%, dag’al tortilgan 60, mayin tortilgan esa 10% ni tashkil etadi. Makkajo’xori unlarining sifat ko’rsatkichlarini aniqlashda organaleptik ko’rsatkichlari, namligi, kul moddasi miqdoridan tashqari murtagidan qanchalik xalos etilganligini bildiradigan ko’rsatkich yog’ miqdori ham aniqlanadi.
Soya uni. Dunyo miqyosida dukkakli ekinlar orasida ishlab chiqarish hajmi va ekin maydonlari bo’yicha ham soya birinchi o’rinni egallaydi. Respublikamizda soya asosiy ekin hisoblanmasada, keying yillarda soya ekini maydonlarini uzluksiz kengaytirib borilmoqda.
Kimyoviy tarkibi bo’yicha soya boshqa donlardan farq qiladi. Uning tarkibida oqsilning miqdori o’rtacha 40% ni tashkil etadi. Aminokislota tarkibi bo’yicha soya oqsili go’sht oqsiliga, hazm bo’lish darajasi bo’yicha esa sut kazeiniga juda yaqin turadi.
Soyadan xilma-xil maqsadlarda foydalanish uning kimyoviy tarkibining o’ziga xosligi bilan tushuntiriladi. Soyadan ozuqabop yog’ olinadi. Yog’ olingandan keyin qolgan yog’sizlantirilgan massadanesa oqsil izolyatlari va konsentratlari olinadi. Ba’zi mamlakatlarda esa soya suti, soya tvarogi va boshqa mahsulotlar olishda qo’llaniladi.
Soyadan asosan uch xil un olinadi: yog’sizlantirilmagan, yarim yog’sizlantirilgan va yog’siz unlar. Yog’sizlantirilmagan un soya urug’idan, yarim yog’sizlantirilgan un avval yog’ini presslab moyi olingandan keyin qolgan massadan olinadi. Yog’siz unlar olishda esa soya urug’idan ekstraksiya usuli bilan moyni ajratgandan keyin qolgan massadan foydalaniladi.
Yog’ miqdori soya unining turini belgilovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Bu ko’rsatkich yog’sizlantirilmagan unda 17% ni, yarim yog’sizlantirilgan unda 5-8% ni, yog’sizlantirilgan unda esa 2 % dan kamroqni tashkil etadi.
Oqsil miqdori unning yog’ligiga bog’liq bo’lib, bu ko’rsatkich yog’sizlantirilmagan unda 38 % ni, yarim yog’sizlantirilgan unda 43 % ni, yog’sizlantirilmagan unda esa 48 % ni tashkil etadi.